Intreaktiv xizmatlar javoni dasturiy ta’minoti Axborot tizimlardni funkstionalligidan qatiy nazar, ularda umumiy jixatda foydalanuvchiga ko’rsatiladigan xizmatlarni S bilan belgilasak, ushbu S xizmatlarni quyidagicha sinflash mumkin bo’ladi: – xizmatlar to’plami, – ximat turlari soni; – Tizimdagi statistik ma’lumotlar; – Elektron resurslar; – Foydalanuvchini tizimdagi funkstional vazifa xizmatlari; – Interaktiv xizmatlar; – Intellektual xizmatlar; – Pochta xizmatlari; – Axborot tizimlarda boshqa turdagi xizmatlar.
Global tarmoqda foydalanuvchi faoliyati davomida bir nechta axborot tizimlaridan foydalanadi. Jumladan bularga tashkilot axborot tizimdagi ish faoliyati roli, turli tizimlarda foydalanadigan xizmatlar, ma’lumotnomalar, axborot resurslari, elektron pochta va boshqa dinamik, statik axborot tizimlarini kiritish mumkin.
Shuning uchun foydalanuvchilar uchun umumiy vazifaga ega bo’lgan «Elektron Xizmatlar Javoni» (EXJ) dasturiy ta’minotini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. EXJ moduli barcha axborot tizimlari bilan integrastiyalashgan bo’lib, maqsadi foydalanuvchi uchun uz segmentidagi barcha elektron xizmatlarni mujassamlashtirish bo’lib hisoblanadi.
Agar bunday EXM moduli yaratilsa, foydalanuvchi quyidagicha imkoniyatlarga ega bo’ladi: -Bir nechta axborot tizimlariga manzillari bilan alohida alohida kirish vaqtini tejalishi; -Istalgan axborot tizimdagi xizmatlarni tizimga biriktirishi va shu joyning o’zida bitta oynadan foydalanishi; -Biriktirilgan tizimlarga maxsus interaktiv, intellektual va boshqa turdagi xizmatlarni buyurtma qilishi yoki turli xizmatlar ko’rsatishi; -Biriktirilgan xizmatlardagi o’zgarishlardan xabardor bo’lish; -Ijtimoiy tarmoq kabi EXM a’zolari va biriktirilgan axborot tizim foydalanuvchilari bilan guruhli yoki yakka muloqat qilishi savol-javoblar olib borish hamda xabarlar almashishi; -Elektron hujjatlar almashish; -Pochta xizmatlaridan foydalanish; -Biriktirilgan tizim bloklariga izoxlar berishi; -Foydali internet resurslariga yo’llarni saqlashi; -Shaxsiy ma’lumotlarini va turli shakldagi elektron resurslarini saqlashi; -Izlanuvchi ma’lumotlarini kiritish va ularga javob olish; -Foydalanuvchi turli jixatlar bo’yicha boshqa foydalanuvchilarni izlashi va takliflar olishi; -Ish faoliyati bo’yicha buyurtmalar berishi yoki olishi kabi xizmatlardan foydalanishi mumkin.