9-AMALIY MASHG`ULOT
Internet tarmog’iga kirish va elektron quticha ochish
Reja:
Internetda ishlash tartibi;
Internetga ulanish va saytlar tuzish bòyicha maslahatlar;
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi;
Internet tarmog’ida axborot qidiruv tizimlari.
Mamlakatimizda Internet yildan-yilga ommalashayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak, yuqoridagi va ularga o‘xshash ko‘plab savollarga javob topish muhimligi o‘z-o‘zidan ravshandir.Butun bir Internetni to‘lasincha OAV qatoriga kiritish to‘g‘ri emas.
Chunki Internet markazlashgan yagona axborot vositasi bo‘lmasdan, turli xildagi, shu jumladan, ommaviy axborot vositasi vazifasiga ega tuzilmalarni ham o‘z ichiga oluvchi muhitdir.Internetda maqsadi faqat axborot, aniqrog‘i ijtimoiy ahamiyatga molik axborot tarqatish bo‘lmagan saytlar ham mavjud. Bular — turli mahsulot va xizmatlar taklif qiluvchi tijorat yo‘nalishidagi saytlar, tarmoqda axborot izlashga yordamlashuvchi qidiruv tizimlari, elektron kutubxonalar va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunida “gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radio eshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir”, deb belgilangan. Ko‘rinib turganidek, nomi tilga olingan axborot vositalaridan boshqalari uchun Qonunda asosiy mezonlar doimiy nomga ega bo‘lmoqlik, davriylik va ommaviylikdir. Internetda esa ushbu tushunchalar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Gazetaning bir haftada necha marta chiqishiga qarab, uning davriyligini bilish mumkin. Lekin veb-saytda bunday davriylik bo‘lmaydi, chunki ma’lum muddat orasida veb-sayt to‘lasincha yangilanmaydi. Faqat uning materiallaridan bir qismi yangilanib turiladi. Shu sababli bu yerda davriylik o‘rniga boshqa tushuncha — axborotni yangilash muddatini kiritish mumkin. Bunda albatta, qanday qo‘lamda va qaysi muddat ichida materiallarni yangilash masalasiga aniqlik kiritish zarur. Chunki oylar davomida yangilanmaydigan saytni OAV qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Ommaviylik tushunchasiga kelsak, u biroz mavhumroq ekanligini tan olish kerak.
Internetdan muntazam foydalanib kelayotganlar sarlavhada qo‘yilgan savolga ijobiy javob berishi aniq. Chunki veb-saytlardan gazeta, radio, televidenie kabi kerakli axborotni olish imkoniyatiga egamiz. Ammo butun bir Internet tarmog‘ini OAV sirasiga kiritish mumkinmi? Internetning huquqiy maqomiga qanchalik aniqlik kiritilgan? Tarmoqda e’lon qilinayotgan materiallarning haqqoniyligi qay darajada? Yolg‘on, tuhmat, shaxsning kamsituvchi, uning sha’ni va qadr-qimmatiga tegadigan xabarni tarqatgan muallif yoki veb-saytning javobgarligi masalasi qanday hal etiladi?
Ommaviy deb hisoblash uchun gazeta tiraji qancha bo‘lmog‘i lozim? Bizda 200 mingta chiqayotgan gazeta ham, 2 mingta chop etilayotgani ham bor. Ayrim viloyat yo tuman gazetalarining adadini gapirmasa ham bo‘ladi. Ularga qaraganda ba’zi veb-saytlarning muxlisi ancha ko‘proq. OAV texnologiyalari sohasi mutaxassislarining ayrimlari Internetning keng tarqalishi an’anaviy OAVning mavqeini susaytirdi, degan fikr bildirishmoqda. Aksariyat mualliflar esa bu fikrga qo‘shilmasdan, Internet gazeta radio, TVni siqib chiqarmasdan o‘z o‘rnini topib olmoqda, deyishmoqda.Bu borada boshqacha fikr ham mavjud. Unga ko‘ra matbuot va Internet bir-biriga raqobatchi bo‘lmasdan, o‘zaro hamkorlik yo‘llarini axtarishi kerak. Masalaning muhim tomoni shundaki, Internet-gazeta egalari 3-4 yildan so‘ng ularning nashrlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini tasavvur ham qilisholmaydi. Chunki internet-gazeta OAVning boshqa turlariga qaraganda ko‘proq yuqori texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog‘liq.
Shu kunlardagi internet-gazeta o‘zining qog‘ozda chop etilayotgan “akasi”ga o‘xshagan, erta-indin esa yuqori texnologiyalar veb-materiallarni ovoz bilan hamda mitti veb-kameralar orqali videotasvirlarni ham qo‘shib uzatish imkoniyatini kengaytiradi. To‘g‘ri, ovoz va tasvir Internet orqali hozir ham uzatilmoqda. Lekin hozircha ular tom ma’nodagi internet-OAVga asos bo‘la olgani yo‘q. Internet-OAV faqat axborot yetkazish bilan cheklanmasdan, kommunikatsiya o‘rnatishga, ya’ni axborot oluvchining fikrini o‘sha zahotiyoq bilishga va shunga qarab material mazmuniga o‘zgartirish kiritishga imkon yaratdi.Internet-jurnalistika matbuot , radio va TV bilan birgalikda jamiyatning informatsion siyosatini belgilaydi. Uning rivojlanishi OAVning boshqa turlari bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. Internetning paydo bo‘lishi bilan ommaviy axborotni tayyorlash va yetkazish sharoitlari o‘zgardi. Birinchidan, ommaviy axborotni tayyorlash faqat professional jurnalistlar jamoasiga xoslik xususiyatini yo‘qotdi. Ikkinchidan, ommaviy axborot bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita qismga ajraldi. Ulardan biri axborot uzatish, ikkinchisi uni qabul qilib olib, o‘sha zahoti javob bera oladigan qismidir.
Shunday qilib, ommaviy axborot ommaviy kommunikatsiyaga aylandi. Uchinchidan, axborot gipermatn tuzilishini oldi. Ya’ni bir matnni o‘qib turib, uning mavzusiga yaqin bo‘lgan boshqa matnlarga o‘tish imkoniyati tug‘ildi. Ma’lum bir mavzu bo‘yicha material izlagan odam Internetdan ko‘plab boshqa materiallar bilan tanishishi mumkin.Shu o‘rinda yana ta’kidlash joizki, Internet an’anaviy OAVga nisbatan qator ustunliklarga ega. Internet: — bir yo‘la matn, tasvir va ovozni birlashtirib yetkazish imkoniyatiga ega;— har qanday kerakli axborotni alohida shaxs yoki bir guruh shaxslarga bevosita yetkazishi mumkin. Natijada o’quvchilarning ehtiyoji va xohishini inobatga olish imkoniyati tug‘iladi;— interaktivlik xususiyatiga ega. Ya’ni u an’anaviy OAV singari monolog emas, balki diolog tarzida ishlaydi.
Xohlagan kishi Internet xabariga o‘sha zahotiyoq o‘z munosabatini bildirishi mumkin;— axborotni tezlik bilan yetkazish imkoniyatini yaratdi.G‘arb tadqiqotchilaridan Marshal Maklyuen “Vositaning o‘zi xabardir” nomli kitobida zamonamiz vositasi (yoki texnologik jarayoni) bo‘lgan elektron texnika ijtimoiy o‘zaro bog‘liqlikka yangi shakl berishini hamda u va shaxsiy hayotimizning har bir jabhasini o‘zgartirishini ta’kidlagan edi. U elektr bilan “o‘rab olingan” yer kurrasi qishloqdan katta emas, degan edi. Uning bu so‘zlariga asoslanib, mutaxassislar Maklyuen global qishloq g‘oyasini bildirgan edi, deb ta’kidlashmoqda. Internet aniq bir huquqiy makonda faoliyat yurgizmaydi. Unga xizmat qiluvchilar, ya’ni uni texnik jihatdan ta’minlovchilardan tortib mualliflaru foydalanuvchilargacha turli mamlakatlardagi tegishli qonunlar sub’ektlari hisoblanishadi. Internetda berilayotgan materiallarni noqonuniy yoki zararli mazmuni turli davlatlarda turlicha talqin etiladi.
Mazmunning zararliligi har bir mamlakat an’analaridan kelib chiqqan holda baholansa, noqonuniyligi mavjud qonunchilik asosida belgilanadi. Ayrim mamlakatlarda provayderlar o‘zini-o‘zi cheklovchi vositalar joriy qilishgan edi. Masalan, Buyuk Britaniyada sanoatchilar tashabbusi bilan Axloq kodeksi qabul qilindi. Bir qator davlatlar qonunchiligi agar provayder berilayotgan materialning noqonuniyligidan xabar topsa, tegishli chora ko‘rishi zarurligini belgilab qo‘ygan. Kanada provayderlari uyushmasi Kodeksida uyushma a’zolariga huquqiy mezonlarga amal qilishni o‘rgatish, ular tomonidan noqonuniy mazmundagi materiallarni tarqatmaslik, foydalanuvchilarning materiallar mazmuni haqida bildirgan har qanday fikrini inobatga olish belgilangan. Frantsiyada o‘sha vaqtlardayoq rasmiy Internet Xartiyasi sayti tashkil etilgan edi. Unda Internetda axborot joylashtiruvchilar va ulardan foydalanuvchilarning ixtiyoriy majburiyatlari tamoyillari belgilab qo‘yilgan.
Rossiya Federatsiyasining “OAV to‘g‘risida”gi qonunida Internet haqida alohida so‘z yuritilmagan. Ammo Qonun moddalarini tahlil qilgan mutaxassislar Internet nashrlarining qaysi holatda OAVga kiritish belgilab qo‘yilganligini uqtirishmoqda. Qonunning 2-moddasi bo‘yicha ommaviy axborot vositasi deganda, davriy matbuot nashri, radio va tele- hamda video dasturlar, kinoxronika dasturi, ommaviy axborotning davriy tarqatiladigan o‘zgacha shakli tushuniladi. Ommaviy axborot deganda cheklanmagan shaxslar doirasiga atalgan bosma, audio, audio-vizual hamda o‘zgacha xabar va materiallar anglaniladi. Qonunda ommaviy axborotga berilgan ta’rif veb-saytlardagi xabarlarga to‘la taalluqlidir. Chunki ularning materiallari cheklanmagan shaxslar doirasiga mo‘ljallangan. Veb-saytning o‘zi esa ommaviy axborot vositasi sifatida tan olinishi lozim, chunki u ommaviy axborotni davriy tarqatadi. Lekin, shu bilan birga, sayt na bosma, na teleradio uzatish tarmog‘iga kiradi. U “OAV to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasida belgilangan o‘zgacha ommaviy axborot vositasi degan guruhga taalluqli. Qonun bo‘yicha veb-saytni tashkil etib, unga xizmat qilayotgalarni OAV tahririyati sifatida, serverning mazmuniga mas’ul bo‘lgan shaxsni bosh muharrir sifatida tan olish mumkin. Ammo sayt xodimlarini jurnalistlar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki Rossiya qonuni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan OAVda faoliyat yurgizayotgan shaxs jurnalist sanaladi. Rossiya saytlarining sanoqlisigina OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ommaviy axborot vositasi to‘g‘risidagi Rossiya qonunchiligi OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan saytlargagina tegishli. Ro‘yxatdan o‘tgan saytning jurnalisti qonunlarda belgilangan barcha huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Veb-saytga mamlakatdan tashqarida asos solish mumkinligi yangi bir huquqiy muammoni keltirib chiqarmoqda. Bu xalqaro huquq normalarini ham inobatga olishni talab etadi. “OAV to‘g‘risida”gi qonun nafaqat mamlakat ichidagi saytlarga, balki Rossiya fuqarolari kirib o‘qishi mumkin bo‘lgan saytlarga ham daxldor. Rossiya fuqarolariga xorijiy saytlarga kirish kafolatlanganligi sababli, barcha saytlarga Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini qo‘llash mumkinligini mutaxassislar uqtirishmoqda. Rossiyada Internet tarmog‘idagi ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatiga olish hakidagi Nizom mavjud. Ro‘yxatdan o‘tgan OAVga tegishli guvohnoma beriladi.Qozog‘iston Respublikasi “OAV to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida Internet ommaviy axborot vositasi qatoriga kiritilgan, saytlarda joylashtirilgan axborot esa ommaviy axborot vositasi mahsuloti deb tan olingan.
Qonunning “Ommaviy axborot vositalari hisobga olish” deb atalgan 10-moddasida veb-saytlardan tashqari barcha OAV ro‘yxatga olinishi zarurligi uqtirilgan. Ozarboyjon Respublikasining “OAV to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida Internet ommaviy axborot vositasi ekanligi qayd etilgan. Qonunning “Ommaviy axborot vositasini ta’sis etish” degan 14-moddasi bo‘yicha bosma nashrlarni ta’sis etish uchun davlat organlarining ruxsati talab etilmaydi. Hamdo‘stlikning boshqa davlatlari va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining ommaviy axborot vositalariga oid qonunlarida Internet haqida alohida so‘z yuritilmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan OAVga oid qonun hujjatlarida tegishli o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritish zarurligi ayon bo‘lib turibdi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 855 ming kishini tashkil etadi. Keyingi bir yil davomida foydalanuvchilar sonining uchdan bir hissaga oshganligi, yuqoridagi ko‘rsatkich yaqin yillar ichida bir necha marotabaga ko‘payishidan dalolat berib turibdi. Bunga hukumatimizning kompyuter va boshqa texnika vositalari va butlovchi qismlarning importi uchun o‘rnatgan imtiyozi ijobiy ta’sir etganligini ta’kidlash joiz. Ana shunday sharoitda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning qonuniyligini ta’minlash uchun qator masalalarni hal etish talab etiladi.
Ma'lumotlarni serverda aniq, mantiqiy tartibga va tizimga ko'ra joylashtirish - hech qanday narsa tartibsiz serverdan ma'lumot qidirishchalik odamni charchatmaydi. Tartibli bo'ling, omadingiz albatta keladi.
Orfografik va grammatik xatolardan holi bo'ling! Buni alohida ta'kidlashimizning sababi shundaki, Internetda yangi paydo bo'layotgan sahifalardagi mislsiz xatoliklarga bir e'tibor bersangiz, siz ham uyalib ketardingiz. Ahir bundan osoni bormi: matnni kiritasiz, yana bir marta tekshirasiz va dunyo e'tiboriga havola qilasiz. Har qalay Biz maktabda yomon o'qimaganmizku...
Mana, Sizning sahifangizni mashxur bo'lishiga kafolat bera oladigan barcha asosiy muhim omillarni sanab o'tdik desak adashmaymiz. Bu yog'I sizga bog'liq: Sizning, firmangizning, klubingizning, xarakatingizning omadi, mashxurligi, reklamasi, hammasini o'zingiz hal qiling!
Mashq sifatida bir qator Internetni sayr qiling, turli sahifalarni yuklanish vaqtini hisoblab ko'ring, tizimini, qulayligini, ma'lumotlarni joylashtirish usullarini o'rganing. Bu sizga zarar qilmaydi. Bizga ishoning, chunki biz doimo siz bilan birgam
Qanday qilib zo'r sahifa yaratish mumkin?
Demak siz Internetda go'zal, chiroyli, qulay va sifatli, shu bilan birga hammabop, mashxur saxifa ochmoqchisiz. Xo'sh, buning uchun nima qilish kerak? Nimalarga e'tibor berish kerak? Oldinda sizni qanday qiyinchiliklar, qanday muammolar kutmoqda? Ishni nimadan, qaerdan boshlash kerak?
Men sizlarga yuqorida sanab o'tilgan savollarga jovob topish uchun bir qancha, mening fikrimcha, muhim omillarni sanab o'tishni lozim topdim.
Ma'lumotlar yoki tarkibiy qism. Bu sahifangizning eng asosiy va muhim qismidir. Agar sahifalaringizda ma'lum bir guruhga mansub foydalanuvchilarni jalb qila oladigan biror bir ma'lumot yoq bo'lsa, unda sahifangizni kerakligi haqidagi savolni bir chetga surib qo'yishimiz mumkin. Axir o'zingiz eslab ko'ring, yaqin orada kirgan saytlaringiz ichida hammasi bo'lib qanchasi sizga kerak bo'lganini? Maslahatim, vaqtni bekor sarflamang!
Dizayn - bu, ikkinchi navbatda, sahifangiz ko'rkini ochadigan eng muhim omil.Sahifangizga qancha foydalanuvchi yana qaytib kirishni istashi sizning sahifangizning tashqi ko'rinishiga juda ham bog'liq. Siz ham ahir biror bir chiroyli saytni ko'rsangiz albatta uni do'stlaringizga taklif etasiz. Eskilardan qolgan bir gap bor: Chiroyli to'n to'ridan tushmaydi yoki kiyimingga qarab joy beradilar.
Chiroyli sahifa qilish uchun esa grafikadan foydalanish hatto shart ham emas. Shunday saytlar borki, eng kam miqdorda (ba'zida hatto birorta ham ishlatmay) grafika ishlatgan holda qulay va foydali sahifa ochadilar, ba'zida esa megabaytlab suratlarga ega bo'lgan keraksiz sahifalar ham uchrab turadi. Web sahifa uchun, qo'yingka barcha dizaynerlik ishlari uchun eng muhimi bu sahifalar uslubi yoki stili muhim hisoblanadi va aynan mana shu yo'nalish unga shaxsiy xususiyat va taniqlilik beradi. Keyinga maslahatlarda men albatta mana shunday sahifalar yaratish xaqida gapirib beraman.
Sahifalaringizni yuklanish tezligi. Shini bir bilib qo'yingki, HECH BIR SO'GLOM FIKRLOVCHI INSON SIZNING SAHIFANGIZ OCHILISHINI BIR SOAT KUTMAYDI! Bundan shunday hulosa chiqadiki, har bir sahifamiz hajmini imkon qadar (albatta aqlga sig'adigan darajada) kamaytirishimiz yoki optimallashtirishimiz kerak. Keling, siz bilan o'rtacha sahifaning yo'l qo'yishimiz mumkin bo'lgan eng yuqori hajmini xisoblab ko'ramiz.
Kop'lab insonlar (va kichik tashkilotlar) Internetga ulanish uchun aloqa tarmoqlaridan, ya'ni telefon tarmog'idan foydalanishini e'tiborga olgan holda (va albatta vaqtbay haq to'lashni ham xisobga olamiz), shuningdek O'zbekistonda o'rtacha modem aloqasi 14.000 KbG’s ekanligini bilgan holda bir kilobayt ma'lumot uchun sarflangan vaqtni xisoblashimiz mumkin. (Bu erda biz ba'zi foydalanuvchilar birdaniga 2-3 oynadan foydalanishini hisobga olmadik, bu holda o'rtacha bog'lanish tezligini oynalar soniga taqsimlash kerak bo'ladi).
Bundan kelib chiqadiki, ortacha yuklash tezligi 14,000 KbitG’s G’ 8 q 1,800 KbaytG’s - bu a'lo darajadagi ko'rsatkich, aslida tarmoq xalaqitlari sababli noto'g'ri olingan ma'lumotlar bo'lagini qayta qabul qilish hisobiga bu ko'rsatkich yana ham tushib ketadi. Shuning uchun o'rtacha uzatish tezligini 1,200 ~ 1,500 KbG’c deb qabul qilamiz. Faqat bu tezlikni sizning sahifangizni yuklanish tezligi deb qabul qilmang, chunki bu tezlik sizdan Internet provayderigacha bo'lgan tezlik hisoblanadi va u xisoblangandan birqancha kamroq bo'lishi mumkin. Chunki ma'lumot Internet tarmog'ida bir qancha kompyuterlar orqali o'tadi (odatda 10-15 ta) va xaqiqiy uzatish tezligi tarmoqdagi eng past tezlikdagi tarmoq bo'g'ini bilan o'lchanadi.
Aytaylik, kunduzi marshrutizatorlar (bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa ma'lumot uzatuvchi kompyuterlar) ish yuklanmasi tundagiga qaraganda ko'proq. Bundan tashqari, agar sizning sahifangiz joylashgan kompyuter provayder bilan 14.000 KbG’s tezlik bilan bog'langan bo'lsa, Internetning boshqa tomonidagi foydalanuvchi hech qachon undan katta tezlikka erisha olmaydi (Proxy serverlar bilan bo'lgan hollarni biz hisobga olmaymiz, chunki ularda asosan doimiy foydalaniladigan ma'lumotlar, masalan qidiruv tizimlari sahifalari saqlanadi). Shuning uchun biz o'z tajribamizga tayangan holda bitta sahifani yuklanish vaqtini 40 soniya deb olamiz. Hisobimizga ko'ra 40*1,200q48 Kb - mana shu bitta sahifa uchun tavsiya qilingan hajmning eng katta qiymati. Bu erda sahifadagi grafikaning hajmi ham qo'shib hisobga olinganini unutmang. Agar bundan ortiqroq hajmdagi sahifani joylamoqchi bo'lsangiz, u holda foydalanuvchini oldindan habardor qilib qo'ying yoki ma'lumotni bir qancha sahifalarga ajrating.
Web saytni aylantirish degani bu sahifangizning dunyodagi mavjud barcha qidiruv tizimlarida va e'lonlar taxtasida joylashtirish emas, balki sahifangizni barcha ommaviy ahborot vositalari orqali reklama qilish, ularni ko'zga ko'rinarli joylarda, reklamalarda, tashrif qog'ozlarida, taklifnomalarda, gazeta va jurnallarda, qo'yingki qaerda iloji bo'lsa o'sha erda hammaga e'lon qilish va foydalanuvchilarna jalb qilish kerak. Albatta sahifangiz shunga loyiq bo'lsa. Bundan tashqari, sahifangizda albatta e-mail adresingiz, yoki hech bo'lmaganda telefon raqamingizni eslatib o'tishingiz zarur. Ahir siz bilan bog'lanishlari kerak-ku?!
Do'stlaringiz bilan baham: |