2-laboratoriya ishi. Mavzu: Barg og’izchalarining harakatini



Download 122,39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.01.2022
Hajmi122,39 Kb.
#323703
Bog'liq
2-lab ishi



2-laboratoriya  ishi. 

 

 

 



Mavzu: Barg og’izchalarining harakatini

 

 



mikroskopda kuzatish.

 

 



 

Umumiy ma’lumot:

 

 



O’simliklar barg og’izcha (ustisa) lari orqali suv bug’latish transpirasiyadeyiladi. 

Bundan tashkari, bar epedermisi hujayralaridan ham suv bug’lanadi. Barg plastinkasi 

kutin modda bilan qoplanganligi uchun bu qavat orqali sodir bo’ladigan bug’lanishi 

kutikulyar transpirasiyasi deyiladi. Ko’pchilik o’simliklarda barg og’izchalari ikkita 

loviyasimon hujayradan tashkil topgan bo’lsa, g’alladoshlarda boshqacharoq tuzilgan. 

 

Kerakli o’quv materiallari:

 

 

Mikroskop, ustara, buyum va qoplag’ich oynalar, filtr qog’oz, o’simliklar bargi, 



gliserinning 5 % eritmasi, paxta, shisha tayoqcha, suvli stakan. 

 

Darsning maqsadi:

 

 

Barg og’izchalarini ochilish va yopilishini gliserin eritmasi yordamida mikroskopda 



kuzatish. 

 

Ishning bajarilishi:

 

 

Geran, tradeskansiya yoki boshqa biror bir o’simlik yorug’ va nam joyda saqlanadi. 



SHu o’simlikdan barg olib, bargning epidermis ya’ni ustki po’sti ustara yoki lezviya 

bilan avaylab shilib olinadi, olingan epidermis buyum oynasiga tomizilgan 5 % 

gliserin eritmasiga qo’yiladi va ustidan qoplag’ich oyna bilan yopiladi (oradan 15-20 

minut o’tgach). Tayyorlangan preparat mikroskopning 8 x li yoki 40 x li ob’yektivlari 

orqali tekshiriladi. Gliserin eritmasining konsentrasiyasi hujayra shirasining 

konsentrasiyasiga nisbatan yuqoriroq bo’lganligi uchun, hujayra shirasi tarkibidagi 

suvni gliserin o’ziga tortib oladi. Natijada hujayrada plazmoliz hodisasi ro’y beradi, 

shu vaqtda barg og’izchalari yopiladi. Oradan 15 minut vaqt o’tgach gliserin 

sitoplazmadan o’tib hujayra shirasida to’planadi. Hujayra shirasining konsentrasiyasi 

ko’tariladi va tashqi eritmadagi suvni o’ziga tortib oladi. Natijada barg og’izchasi 

hujayralariga suv kirib deplazmoliz hodisasi ro’y beradi, chunki gliserin barqaror 

plazmoliz hosil qilmaydi, shu sababli barg og’izchalari qaytadan ochiladi. Agar 

qoplag’ich oynaga bir tomchi suv tomizilib, gliserin filtr qog’oz bilan shimdirib 



olinsa, barg og’izchalari kengroq ochiladi, chunki suv qo’yilishi natijasida tashqi 

gliserinning konsentrasiyasi hujayra shirasining konsentrasiyasiga nisbatan pasayib 

qoladi. 

 

 



Nazorat uchun savollar:

 

 



1.

 

Transpirasiya nima? 



2.

 

Transpirasiya prosessining boshqarishda barg 



og’izchalarining harakati qanday sodir 

 

bo’ladi? 



 

3.

 



Barg og’izchalarining harakati qanday sodir bo’ladi? 

 

 



 

Foydalanilgan adabiyotlar.

 

 



 

1.Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy 

mashg’ulotlar. T. 1990. 

 

2.Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. 



T.1976. 

 

3. Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972. 



 

4.Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 

 

5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975. 



 

6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan 

yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977. 

 

 



Download 122,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish