2-laboratoriya ishi.
Mavzu: Barg og’izchalarining harakatini
mikroskopda kuzatish.
Umumiy ma’lumot:
O’simliklar barg og’izcha (ustisa) lari orqali suv bug’latish transpirasiyadeyiladi.
Bundan tashkari, bar epedermisi hujayralaridan ham suv bug’lanadi. Barg plastinkasi
kutin modda bilan qoplanganligi uchun bu qavat orqali sodir bo’ladigan bug’lanishi
kutikulyar transpirasiyasi deyiladi. Ko’pchilik o’simliklarda barg og’izchalari ikkita
loviyasimon hujayradan tashkil topgan bo’lsa, g’alladoshlarda boshqacharoq tuzilgan.
Kerakli o’quv materiallari:
Mikroskop, ustara, buyum va qoplag’ich oynalar, filtr qog’oz, o’simliklar bargi,
gliserinning 5 % eritmasi, paxta, shisha tayoqcha, suvli stakan.
Darsning maqsadi:
Barg og’izchalarini ochilish va yopilishini gliserin eritmasi yordamida mikroskopda
kuzatish.
Ishning bajarilishi:
Geran, tradeskansiya yoki boshqa biror bir o’simlik yorug’ va nam joyda saqlanadi.
SHu o’simlikdan barg olib, bargning epidermis ya’ni ustki po’sti ustara yoki
lezviya
bilan avaylab shilib olinadi, olingan epidermis buyum oynasiga tomizilgan 5 %
gliserin eritmasiga qo’yiladi va ustidan qoplag’ich oyna bilan yopiladi (oradan 15-20
minut o’tgach). Tayyorlangan preparat mikroskopning 8 x li yoki 40 x li ob’yektivlari
orqali tekshiriladi. Gliserin eritmasining konsentrasiyasi hujayra shirasining
konsentrasiyasiga nisbatan yuqoriroq bo’lganligi uchun, hujayra shirasi tarkibidagi
suvni gliserin o’ziga tortib oladi. Natijada hujayrada plazmoliz hodisasi ro’y beradi,
shu vaqtda barg og’izchalari yopiladi. Oradan 15 minut vaqt o’tgach gliserin
sitoplazmadan o’tib hujayra shirasida to’planadi. Hujayra shirasining konsentrasiyasi
ko’tariladi va tashqi eritmadagi suvni o’ziga tortib oladi. Natijada barg og’izchasi
hujayralariga suv kirib deplazmoliz hodisasi ro’y beradi, chunki gliserin barqaror
plazmoliz hosil qilmaydi, shu sababli barg og’izchalari qaytadan ochiladi. Agar
qoplag’ich oynaga bir tomchi suv tomizilib, gliserin filtr qog’oz bilan shimdirib
olinsa, barg og’izchalari
kengroq ochiladi, chunki suv qo’yilishi natijasida tashqi
gliserinning konsentrasiyasi hujayra shirasining konsentrasiyasiga nisbatan pasayib
qoladi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Transpirasiya nima?
2.
Transpirasiya prosessining boshqarishda barg
og’izchalarining harakati qanday sodir
bo’ladi?
3.
Barg og’izchalarining harakati qanday sodir bo’ladi?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy
mashg’ulotlar. T. 1990.
2.Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar.
T.1976.
3. Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
4.Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975.
5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan
yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.