2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ta'rifi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tamoyillari



Download 100,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.04.2023
Hajmi100,58 Kb.
#929738
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Мавзу иқ-иж

tarixiylik 
turadi. Bu prinsip makon va zamon birligidan kelib chiqadi. Zero, har qanday hodisa 
ma‟lum bir vaqtda va muayyan bir joyda sodir bo'ladi. Shuning uchun geografiyaga 
tarixiy yondashuv kerak. Sababi, hozirgi voqelik o'z-o'zicha birdaniga vujudga 
kelmagan. Mavjud voqelik qachon va qanday sharoitda paydo bo'lgan va u qanday 
rivojlanish bosqichlarini bosib o'tgan – bularning hammasini hozirgi borliqdan kelib 
chiqqan holda, aniqlab olmasdan turib asosiy masalani hal etib bo'lmaydi. Faqat 
o'tmishni tahlil etish orqali hozirgini baholab bo'ladi, bu esa o'z navbatida kelajakni, 
istiqbolni ilmiy bashorat etishga yo'l ochadi. 
Tarixiylik tamoyilining muhimligini N.N.Baranskiy ham ta'kidlagan. Bu olim: 
«Mamlakat va rayonlar iqtisodiy geografik ta'rifini shunday beringki, u oyog'i bilan 
yerga – geologiya, geomorfologiya va tuproqshunoslikka taqalib, tanasi bilan tarix 


orqali o'tishi, boshi bilan esa mafkuraga tayanishi kerak» deb uqtirgan edi. Ko'rinib 
turibdiki, tarixiylik iqtisodiy geografik ta'rif va tavsifning asosiy qismini tashkil etadi. 
Aytish lozimki, geografiyaga tarix qanchalik kerak bo'lsa, tarix uchun ham 
geografiya shunchalik zarur. Biroq geografiya tarixga, tarix esa geografiyaga 
aylanmasin. Shu bois gcografiyada tarixiy yondashuv o'tmishning barcha mayda-
chuydasini emas, balki hozirgi holatning yuzaga kelishida aynan qaysi tarixiy voqea 
va bosqichlar sabab bo'lganini aniqlashi yetarlidir. Masalan, agar respublikamiz 
poytaxti Toshkent shahrini iqtisodiy-geografik ta'riflamoqchi bo'lsak, uning ilk 
vujudga kelganidan keyin, so'nggi muhim tarixiy voqealar inobatga olinsa kifoya. 
Ular: o'tgan asming ikkinchi yarmida (1865-y.) Turkistonning Rossiya tomonidan 
bosib olinishi va Toshkent Turkiston general gubernatorligining poytaxti vazifasini 
bajarishi, 1917-yil sotsialistik inqilob yili, 1924-yil O'rta Osiyo respublikalarining 
tashkil etilishi, 1930-yil O'zbekiston Respublikasi poytaxtining Samarqanddan 
Toshkentga ko'chirilishi, Ikkinchi jahon urushi yillari, 1966-yil Toshkent yer 
qimirlashi, va, nihoyat, 1991-yil-O'zbekistonning mustaqillikka erishgan yili, 
Toshkentning mustaqil davlat poytaxtiga aylanishi va shular kabi. Ana shu burilish 
yoki tarixiy voqealar bugungi Toshkentga, uning hududi, xo'jaligi va aholisi, shahar 
qurilishiga ozmi-ko'pmi o'z ta'sirini o'tkazgan, iz qoldirgan. Qolgan oraliq voqealar 
esa bizga, ayni paytda, uncha zarur emas. Binobarin, ularni tarix fani uchun qoldirish 
kerak. 
Geografiyada tarixiylik tamoyili tarixiy geografiyaning o'rnini olmasligi lozim. Bu 
yerda tarixiy yondashuv o'rganilayotgan hodisaning o'tmishiga qisqacha «safar 
qilinishini» anglatadi, tarixiy geografiya esa o'tmishning alohida pog'onalarida tabiat 
va, xususan, xo'jalik tarmoqlari, aholi va boshqalar qay darajada rivojlangan va 
qanday joylashgan kabi masalalarni tahlil etadi va ko'z o'ngimizda gavdalantiradi. 
Shu bilan birga, tarixiylik geografiyaning tarixi ham emas. Chunki, geografiyaning 
tarixi deganda so'z ko'proq geografik kashfiyotlar to'g'risida boradi. 
Shunday qilib. tarixiylik tamoyili, tarixiy geografiya va geografiya tarixidan farq 
qiladi, u bu yerda qo'yilgan maqsadga to'laroq qanday erishish asoslaridan birini 
ifodalaydi, o'tmishga bugungi kun nuqtai nazardan emas, balki unga o'sha davr va 
muhitdan kelib chiqqan holda baho berish. mavjud-voqelikka tarixiy qarashni talab 
etadi. 
Aslini olganda, tarixsiz geografiya (geografiyasiz tarix) bo'lmaydi. Demak, ular bir-
birlarini to'ldiradi. Ammo ularga alohida-alohida qarash ham noto'g'ridir. Chunonchi, 
nemis olimi A.Gettner geografiyada tarixiylikni inkor etgan, u xronologiyani rad etib, 
xorologiyani tan olgan. Bu jihatdan u nemis olimi, faylasuf I.Kant g'oyalariga 
asoslangan. Albatta bunday bir tomonlamalik ham nojoizdir. Hatto an'ana bo'lib 
qolgan «Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishi» iborasi ham bu 
ikkilikning chambarchas bog'liqligini bildiradi. Bu yerda agar rivojlanish tarix bo'lsa, 


joylanish geografiya demakdir. Har qanday rivojlanish ma'lum bir hudud doirasida 
amalga oshadi, joylashuv esa rivojlanishning hududdagi aksidan boshqa narsa emas. 
Geografiya fanining tamoyillaridan yana biri 

Download 100,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish