2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ta'rifi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tamoyillari



Download 100,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana18.04.2023
Hajmi100,58 Kb.
#929738
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Мавзу иқ-иж

komplekslik
dir. Biroq, bu yerda 
kompleks ishlab chiqarishning ijtimoiy yoki hududiy tashkil etish shaklini emas, 
balki masalaga, fan obyekti va predmetiga yondashuv ma'nosini anglatadi. Ayni 
paytda, komplekslilik geografiya uchun alohida usul (metod) ham emas, aksincha, u 
fanning asoslaridan biri bo'lib, uning o'ziga xos va tub mohiyatini ifodalaydi. 
Shu bilan birga, ba'zan «kompleks geografik (yoki iqtisodiy geografik) tadqiqot» 
iborasi ishlatiladi-ki, nazarimizda bu ham ortiqcha yoki xatolikdir. Chunki geografik 
tadqiqot hamma vaqt kompleks bo'ladi, busiz u o'z mohiyatidan ajralib qoladi. 
Ekologik yondoshuv asosida ham komplekslilik yotadi va bu uni geografik 
dunyoqarashga juda yaqinlashtiradi. 
Kompleks qarash o'rganilayotgan obyektga atroflicha yondashuv, uni aloqadorlikda 
ko'rishni taqozo etadi. Shu ma'noda, u tizimli (sistemali) qarashga ham yaqinlashadi. 
Ammo bu tamoyildan to'g'ri va oqilona foydalana olish lozim. Aks holda, tadqiqot 
natijasi «har sohadan bir shingil» sayoz, yuzaki va quruq bo'lib, ba'zan o'zi nimani 
o'rganish kerakligi ham sezilmay qolinadi. Binobarin, ushbu tamoyil mohiyatini misli 
daraxt shaklida tasavvur qilmoq zarur: daraxt tanasi o'rganilayotgan asosiy hodisa 
bo'lsa uning shoxi va shoxchalari shu muammo bilan bevosita aloqador masalalar 
majmuasidir. Bunda daraxt tanasi o'ta yo'g'onlashib, shox-shabbasiz va, aksincha 


shoxlar kattalashib, uning tanasi ko'rinmay qolmasligi kerak. Birinchi holda 
komplekslikning o'zi bo'lmaydi, ikkinchisida esa haddan tashqari masaladan chetga 
chiqib ketish ayondir. Masalan, bog'dorchilik geografiyasida temir yo'l transporti 
yoki aholining tug'ilishni chuqur o'rganish aslo talab qilinmaydi. Xuddi shunday 
hududiylik tamoyilining ham nozik jihatlari mavjud. Bu yerda biz tadqiqot obyekti – 
hududning juda kattalashib ketmasligini nazarda tutmoqdamiz. Chunki bunday holda 
ham tadqiqot natijasi yuzaki, «umurtqasiz» bo'lib qoladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda, umuman, geografiya fanida ko'proq katta 
hudud «kichraytirib» o'rganiladi. Fanda buning aksi, kichik joyni kattalashtirib, yirik 
masshtabli tadqiqotlarni o'tkazish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (Germaniya Yaponiya AQSh va boshqalar) tajribasi, 
aynan, shundan dalolat beradi. 
Bu mamlakatlarda bizdan farqli o'laroq, asosan mikroiqtisodiyot, mikrogeografik 
yondashuv ustuvor turadi. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak, tadqiqotlar natijasi 
aniq, puxta va amaliy jihatdan yuqori bo'ladi. To'g'ri, tadqiqot obyekti sifatida 
kattaroq hududni ham olish mumkin. Lekin bunday holda hududning barcha qismini 
emas, aksincha muhim muammolarni uning ayrim va turli nuqtalari misolida 
chuqurroq tahlil qilish va shu negizda o'rganilayotgan obyekt va unga o'xshash 
joylarga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni asoslab berish maqsadga muvofiqdir. 
Shunday qilib, hududiylik va komplekslilik geografiya fani uchun o'ta zarur. Biroq 
ular o'z me'yorida bo'lishi kcrak. Boshqacha qilib aytganda, ushbu yondashuvlar 
hamma vaqt aniqlik bilan birga olib borilishi to'g'riroq bo'ladi. Professor E.B.Alayev 
aniqlikni (konkretlikni) geografiyaning alohida tamoyili sifatida ko'rsatadi. Biz esa 
uni yuqoridagi ikki asosiy tamoyilning umumiy maxraji, mezoni yoki «2 + 1» 
shaklida ko'rishni istar edik. Chunki muammo qancha keng va chuqur, ma'lum bir 
maqsad doirasida atroflicha har tomonlama va, ayni paytda, aniq tahlil etilsa, uning 
xulosalari hamma vaqt yuqori bo'ladi. 
Geografiyaning ikki asosiy tamoyili hududiylik va komplekslilikdan so‟ng 

Download 100,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish