2. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]



Download 59,41 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi59,41 Kb.
#650418
Bog'liq
555 24.11.2004




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, axborot xizmatlarining tobora kengayib borayotgan turlari, ko‘lamlari va hajmlarini hisobga olgan holda, axborotlarning tezkorligi, qulayligi va ishonchliligini, axborot infratuzilmasini hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tuzilmasida xodimlarning eng ko‘p soni 89 nafardan iborat bo‘lgan “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
LexUZ sharhi
1-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 724-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiyalar vositalari faoliyatining, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internetning global tarmog‘i, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalarining hamda matbaa mahsulotlarining tizimli monitoringini olib borish;
ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallari mazmunining axborot muhitida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishni, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzg‘unchi salbiy axborot-ruhiy ta’sirning oldini olishga, milliy-madaniy an’analarni saqlab qolish va ularning uzviyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqish;
mamlakatimizning ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, milliy axborot bozorining har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir takliflarni ishlab chiqish;
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati monitoringi natijalari bo‘yicha umumlashtirish hamda qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari bo‘yicha tavsiyalar, ogohlantirishlar va xulosalar berish;
yangi texnologiyalar joriy etilishiga qarab ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirish, axborot resurslarini, axborotni uzatish va tarqatish tizimlari va vositalarini shakllantirish;
qonun hujjatlarini, axborot sohasida normativ-huquqiy ta’minlashni takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda ommaviy kommunikatsiya vositalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud Internet tarmog‘i Reyestrini yuritish;
Qonunchilikka muvofiq, ishchi organ sifatida axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida kompleks ekspertiza o‘tkazilishini tashkil etish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi Nizomi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, Markaz yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, axborot xizmatlari bozori subyektlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i Reyestrini yuritadi, shuningdek, Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajaradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Markazning viloyat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
3. Belgilansinki, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining xulosalari:
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan axborot xizmatlari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish, litsenziyalar berishni rad etish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish yoki ularni bekor qilish, shuningdek ommaviy axborot vositalarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomalar berish haqida qarorlar qabul qilinishi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi organlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mansabdor shaxslar tomonidan axborot sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hamda qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berishi uchun asos hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) ikki oy muddatda:
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring tizimini, shu jumladan Internet tarmog‘idagi axborot resurslarini, yo‘ldosh tizimlarni, axborotlar, shuningdek matbaa mahsulotlari yetkazib berish va tarqatishning boshqa zamonaviy vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazini yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin hamda Markaz hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnik jihozlanishini ta’minlasin;
Markazni aloqaning tegishli turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan, shuningdek uning Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tuzilmasidagi Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazi, shuningdek Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘linmalaridagi ommaviy axborot vositalari monitoringi va texnik xizmatlar bo‘limlari tugatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligini moliyalashtirish ko‘rsatkichlariga va uning xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-yanvardagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan tasdiqlanadigan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shu jumladan, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi uchun davlat bojlari to‘lashdan tushadigan hamda monitoring va nazorat organlarini saqlab turishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
6. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov), O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shog‘ulomov) Davlat mulki qo‘mitasi (M.A. Asqarov) bilan birgalikda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining tugatilayotgan Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazining televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarini yozishni va arxivga qo‘yishni amalga oshirish uchun texnika vositalarini O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining yangidan tashkil etilayotgan Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markaziga berish va qabul qilib olinishini ikki oy muddatda belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Markazni bosma va kitob mahsulotining bepul nazorat nusxalarini oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-noyabr,
555-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-yanvardagi 5-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga
2-ILOVA
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) ommaviy kommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga, texnik reglamentlar yoki standartlarga, litsenziyalar shartlariga rioya etishi ustidan monitoring olib boruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz shuningdek Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) ishchi organi funksiyalarini bajaradi, Markaz boshlig‘i esa Komissiya kotibi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-oktabrdagi 273-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi normativ hujjatlarga, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining buyruqlari va normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
3. Monitoring yakunlari bo‘yicha Markaz tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tayyorlangan xulosalar vazirliklar, idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli qarorlar qabul qilishi uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga idoraviy mansub tashkilotdir va mustaqil balansga, bankda hisob raqamiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Markaz tarkibiga uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan tasdiqlanadigan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shu jumladan, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi uchun davlat bojlari to‘lashdan tushadigan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida monitoring va nazorat organlarini saqlab turishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiyalar vositalari faoliyatining, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internetning global tarmog‘i, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalarining hamda matbaa mahsulotlarining tizimli monitoringini olib borish;
ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallari mazmunining axborot muhitida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishni, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzg‘unchi salbiy axborot-ruhiy ta’sirning oldini olishga, milliy-madaniy an’analarini saqlab qolish va ularning uzviyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqish;
mamlakatimizning ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, milliy axborot bozorining har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir takliflarni ishlab chiqish;
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati monitoringi natijalari bo‘yicha umumlashtirish hamda qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari bo‘yicha tavsiyalar, ogohlantirishlar va xulosalar berish;
yangi texnologiyalar joriy etilishiga qarab ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirish, axborot resurslarini, axborotni uzatish va tarqatish tizimlari va vositalarini shakllantirish;
qonun hujjatlarini, axborot sohasida normativ-huquqiy ta’minlashni takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda ommaviy kommunikatsiya vositalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i Reyestrini yuritish;
Qonunchilikka muvofiq, ishchi organ sifatida axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida kompleks ekspertiza o‘tkazilishini tashkil etish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
7. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
radio va teledasturlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladigan boshqa ommaviy axborotni (kosmik va yo‘ldosh aloqa, ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan Internet va boshqalar) tayyorlash, shakllantirish, qayta ishlash, qayta uzatish, eshittirish va saqlash, shuningdek axborotni istalgan uzatishda (audio va videokassetalar, kompakt-disklar va boshqalar) ommaviy foydalanish uchun davriy matbaa va kitob mahsulotlari, audiovizual mahsulotlar va fonogrammalarni ishlab chiqarish, tarqatish va saqlash sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishining doimiy monitoringini tashkil etish va olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy kommunikatsiya vositalari (shu jumladan Internet-nashr va ommaviy axborot vositalarining elektron bosma turlari) va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa subyektlar tomonidan litsenziya talablari va ro‘yxatdan o‘tkazish shartlariga, ommaviy axborot va reklamani ishlab chiqarish va tarqatish sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek texnik reglamentlar yoki standartlarga rioya etilishi monitoringini belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan axborot tarqatuvchi Internet tarmog‘i resurslarini Reyestrga kiritish va undan chiqarishni amalga oshirish;
ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallarining axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga, milliy-madaniy qadriyatlar, an’analar va merosni saqlab qolishga yo‘naltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan kompleks ekspertizaga materiallarni tayyorlash va uni o‘tkazishni tashkil etish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ommaviy kommunikatsiyalar sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil etishning har xil usullarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda qo‘llash;
litsenziyalar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar egalariga aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;
respublikaning ommaviy kommunikatsiya tizimlarida milliy o‘zlikni anglashni buzishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar va urf-odatlardan ajratishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni nobarqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot tarqatilishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
milliy axborot makonida Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi, suverenitetini buzishga, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy nifoqni avj oldirishga, davlat tuzumiga qarshi qaratilgan boshqa tajovuzlar sodir etilishiga ommaviy da’vat etuvchi materiallar mavjudligini, shuningdek urush, zo‘ravonlik, pornografiya va yovuzlikni, terrorizm va diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan axborotni aniqlash;
ommaviy kommunikatsiya vositalarining buzg‘unchi ta’sir ko‘rsatuvchi va fuqarolarning jismoniy yoki ruhiy salomatligiga zarar yetkazuvchi qasddan sodir etilgan yoki qasddan sodir etilmagan xatti-harakatlarni aniqlash;
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida subyektlar faoliyati to‘g‘risidagi xulosalarni, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzishlarni bartaraf etishga doir takliflarni tayyorlash hamda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga belgilangan tartibda taqdim etish;
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarning va xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va ularni bekor qilish borasida qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash;
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida takliflar tayyorlash hamda qonunlar va normativ hujjatlar loyihalarini, shuningdek texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziyalar shartlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Markaz xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, ommaviy kommunikatsiya vositalarini rivojlantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi masalalari bo‘yicha seminarlar, konferensiyalarda qatnashish;
ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullarini qo‘llash, yangi texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan, xorijiy tajriba asosida ommaviy kommunikatsiya vositalari monitoringi sohasida Markaz faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
monitoring natijalari, zarurat bo‘lganda — qo‘shimcha axborotlar va tahliliy materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini va Komissiya majlislarida ko‘rib chiqish hamda Komissiyaning tegishli xulosasini tayyorlash uchun kiritilishini ta’minlash;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-oktabrdagi 273-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 415-modda)
axborot sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
III. Markazning huquqlari
8. Markaz quyidagi huquqlarga egadir:
efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, davriy matbaa nashrlari, kitob mahsulotlari, hujjatli materiallar (plyonkalar, kassetalar, disklar, tele va radioeshittirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnallari va boshqalar), reklamani tayyorlash va joylashtirish materiallarining nazorat nusxalarini belgilangan tartibda bepul olish;
ommaviy kommunikatsiya vositalari faoliyat ko‘rsatishi masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etgan holda zarur ekspertizalar o‘tkazilishini tashkil etish;
monitoring natijalari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga quyidagi hollarda:
a) O‘zbekiston Respublikasining mavjud Konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga da’vat etuvchi, urush va zo‘ravonlik, yovuzlik, milliy, irqiy va diniy dushmanlik targ‘ib qilinishiga yo‘l qo‘yuvchi, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oshkor etuvchi axborot tarqatilganda, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortishga olib keluvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etilganda;
b) fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali haqorat qilinganda, ularning shaxsiy hayotiga aralashilganda;
v) prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatnomasisiz dastlabki tergov materiallari e’lon qilinganda, sudning qarori qabul qilingungacha muayyan ish bo‘yicha natijalarni oldindan ma’lum qilib qo‘yish yoki sudning qarori yoki hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar sudga boshqacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish, uning nomini oshkor qilmaslik sharti bilan axborot bergan manba oshkor qilinganda (oshkor qilish sudning talabi bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno);
g) ommaviy axborot va axborotlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari buzilganda;
d) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan matbuot, axborot va reklama sohasidagi qonun hujjatlari buzilganda;
e) ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa hollarda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan ommaviy kommunikatsiya sohasi subyektlariga, nashriyotlar va matbuot muassasalariga chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish.
9. Markaz va uning xodimlari ommaviy kommunikatsiya vositalarining muassislari, hammuassislari va homiylari bo‘lish, har qanday moliyaviy taqdirlash, homiylik yordami ko‘rsatish va olish, shuningdek olingan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas.
IV. Markazning tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Markazni boshqarish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq tomonidan amalga oshiriladi.
Markaz boshlig‘i bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori tomonidan imzolanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
11. Markaz boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq:
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi, o‘z o‘rinbosarlarini hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan kelishgan holda Markazning shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Markaz xodimlarini har yili attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
Markazga va uning tarkibiy bo‘linmalariga umumiy rahbarlik qiladi;
barcha xodimlar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Markazning kreditlari va mablag‘larini tasarruf etadi;
mehnat va xo‘jalik shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlikda Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya kotibi sifatida Komissiya faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-oktabrdagi 273-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 415-modda)
V. Markazning mol-mulki
12. Markazning mol-mulki davlat mulki hisoblanadi va xo‘jalikni yuritish huquqi bilan Markazga tegishli bo‘ladi.
13. Asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar Markazning mol-mulki hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Markazning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
VI. Hisob va hisobot
15. Markaz o‘z faoliyati natijalarining statistika va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda statistika hisoboti va moliyaviy hisobot tuzadi.
16. Xo‘jalik faoliyatini, moliyaviy hisobotni, buxgalteriya hisobi yuritilishining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun Markaz auditor tashkilotni jalb etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Markaz faoliyatini nazorat qilish har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta rejali kompleks tekshirish o‘tkazish, zarurat bo‘lganda esa faoliyatning ayrim turlarini rejadan tashqari tekshirish yo‘li bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
VII. Markazni qayta tashkil etish va tugatish
18. Markazni tugatish va qayta tashkil etish (qo‘shish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, qayta tashkil etish va nomini o‘zgartirish) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Markaz tugatilgan taqdirda Markazning kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulki O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining balansiga o‘tkaziladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 47-son, 486-modda; 2011-y., 40-son, 415-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)

Download 59,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish