Suzgich qanotlar skeleti –baliqlarning elka kamari, ham chanoq kamari umrtqa poonasi bilan birikmay balki muskullar orasida erkin turdi. Barcha suyakli baliqlarning elka kamari bir necha qoplagich suyaklar yordami bilan miya quttisiga birikkan bo’ladi.
Muskul sistemasi va elektr organlari – juda hilma-xil gruppalarga kiradigan ba’zi baliqlarda batariya prinstipida tuzilgan maxsus elektr organlari bo’ladi. Ko’pincha ular shaklan o’zgargan muskullardan tashkil topgan bo’lib ulardagi elimshaksimon biriktiruvchi to’qima qatlamlari bilan navbatlashadigan birmuncha qattiqroq to’qima plastinkalari volt elemantidagi mis bilan ruhning o’rnini bosadi. Bu organning hammasi biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan ilof ichida turadi va har qaysi plastinkada tugallangan orqa miya nervlari tufayli, elektr razryadlari hosil bo’ladi. Bu organlarni o’rnashgan joyi juda hilma-xil bo’ladi. Elektrik skatda jabra apparati yonida, uchorda dumining past tomonida, laqqada butun gavda bo’ylab teri ostida joylashgan. Elektr zaryadining kuchi ugorda 300 volt, skatda 70-80 volt bo’ladi. Elektr organlari asosan animini o’ldirishgacha ham olib boradi hatto odamni ham yiqitadi.
Nerv sistemasi –baliqlarning bosh miyasi umuman kichik bo’ladi. Oldingi miyasi yuqori sinflarning miyasiga nisbatan kam takomillashgan. Oraliq miyada epifizning kam takomil etganligi bilan birga pastki bo’laklar va bezli xaltacha bo’lishi baliqlar uchun xarakterlidir. O’rta miya boshqa bo’laklarga nisbatan juda katta, chunki ovqat topishda ko’z katta rol o’ynaydi. Uning ko’ruv bo’lmalari katta bo’ladi.
Yon chiziq organlari - umuman baliqlarda yon chiziq organlari juda yaxshi taraqqiy etgan. Odatda bu organlar dum bilan tana bo’limi bo’ylab ketgan bir yoki bir necha chiziq holida bo’ladi.
Ta’m bilish organlari – baliqlarda faqat oiz bo’shliida bo’lmasdan gavdasining tashqi yuzasida ham bo’ladi. Ta’m bilish organlari epidermisning tashqi yuzasida joylashgan alohida sezuv kurtaklaridan iborat.
Hid bilish organlari – baliqlarning ovqatlanishida katta rol o’ynaydi, barcha xid bilish organlari juft xaltacha bo’lib ichki devori burmali bo’ladi hamda bitta yoki ikkita burun teshigi orqali tashqariga ochiladi. Barcha suyakli baliqlarning burun teshigi ko’zining oldida yoki boshining ikki yonida bo’ladi.