Bog'liq 2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari
Texnologik sxemasi. Romansement ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida mergellerdan tashqari ohaktoshlar bilan gilning sun’iy aralashmalaridan ham foydalanish mumkin. Shu bilan texnologik jarayon ham tegishlicha o‘zgaradi.
Mergellardan foydalanganda romansement ishlab chiqarish sxemasi ko‘p jihatidan so‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak tayyorlash sxemasiga o‘xshaydi.
Shaxta pechlar ishlatayotganda 40 dan 120 mm gacha o‘lchamda, aylanma pechlar ishlatayotganda 15 dan 20 mm gacha o‘lchamda bir sidra maydalab olingan mergel kuydiriladi. Kuydirish temperaturasi mergel turiga bog‘liq. Ohaktosh mergel ishlatayotgan bo‘lsa, 11000C temperaturada, magnezial ya’ni magniy karbonat ko‘p mergel ishlatayotgan bo‘lsa, magneziyani kuydirib yubormaslik uchun past, taxminan 9000C temperaturada kuydiriladi; romansementda o‘ta kuygan MgO bo‘lishi gidravlik ohakdagiga qaraganda juda xavflidir. Gidravlik ohak bir sidra so‘ndirib olinishi tufayli MgO ning zararli ta’siri (hajman notekis o‘zgarishi) birmuncha kamayadi.
Mergellerdan foydalanayotganda gil aralashmalar qanchalik tekis joylashgani va nechog‘li dispersligi katta ahamiyatga ega. Ohaktoshda gil yirik aralashmalar yoki mayda-mayda zarrachalar holida bo‘lishi mumkin. Mayda-mayda zarrachalar holida bo‘lsa, gil ohaktoshda tekis joylashadi. Gil yirik kesak holida bo‘lsa, romansementning sifati pasayadi. U vaqtda ohak bilan gil faqat kesaklar yuzasidagina o‘zaro ta’sir etishishada. Shunda, hatto gidravlik moduli ancha past bo‘lsa xam, romansementda talaygina miqdorda erkin ohak qolishi mumkin. U keyinchalik sement qotayotganda hajman notekis o‘zgarishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Gilning bir qismi esa ballast holida qola beradi. Shuning uchun ham mergel sifatini aniqlayotganda undagi gil zarrachalar yig‘indisi (gidravlik modul mikdori)nigina emas, shu bilan birga disperslik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Mergelni kuydirish uchun aylanma va shaxta pechlardan foydalaniladi. Ohaktosh mergellari kuydirilayotganda xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan shaxta pechlar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Magnezial mergellar qo‘llanilayotganda o‘txonasi tashqariga chiqarilgan shaxta pechlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Chunki bunday pechlarda kuydirishning belgilangan rejimiga aniq rioya qilish va past temperaturada kuydirish mumkin bo‘ladi.
Har qanday mergelni ko‘ydirishda ishlatish mumkin bo‘lgan aylanma pechlar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga qura, ya’ni yoqilg‘i ko‘p sarf bo‘lish, uni qurish uchun katta mablag‘ talab qilinishi sababli, romansement ishlab chikarishda unchalik ko‘p qo‘llanmaydi.
Romansementni xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan shaxta pechlarda kuydirish uchun shartli yoqilg‘idan taxminan kuydirilgan mahsulot og‘irligining 12-14% miqdorida, o‘txonasi tashqariga chikarilgan pechlarda 14-16%, aylanma pechlarda esa 16-20% va bundan ortiq sarflanadi.
Kuydirilgan mergelni tuyishdan oldin ma’lum vaqt (3-5 kun) omborda saqlab turgan ma’qul. Shu vaqt ichida erkin ohak havo nami ta’sirida qisman so‘nishi mumkin. Shu bilan romansementning sifati yaxshilanibgina qolmasdan, uni tuyish ham osonlashadi. So‘ndirilayotgan vaqtda ohakning hajman kengayishi natijasida kuydirilgan mergel bir oz yumshayadi.
Romansementni maydalash uchun shar tegirmon ishlatiladi. Gips yoki gidravlik qo‘shilmalardan foydalanayotganda ular kuydirilgan mergel bilan birgalikda maydalandai. Shunda bir xil jinsli mahsulot hosil bo‘ladi.
Tuyishdan oldin qo‘shilmalar quritish barabanlarida quritiladi: gips-namligi 10% gacha, gidravlik qo‘shilmalar-2% gacha.
Romansement ikki xil sxemada, ya’ni maydalangan materialni elamasdan (ochiq sikl) va elab (yopiq sikl) tuyiladi. Elaganda yirik donalari ajralib chiqadi va qayta tuyishga yuboriladi. Shu bilan mahsulotning sifati ancha yaxshilanadi, tuyuvchi agregatlarning ish unumi esa oshadi; separatorlarda elanadi.
Romansement ishlab chiqarish uchun ohaktosh bilan gil sun’iy aralashmasidan foydalanayotganda ularning xom ashyoda tekis joylashishi uchun shar tegirmonlarda aralashiga tuyiladi. Xom ashyo aralashmasi shaxta yoki aylanma pechlarda kuydirilishi mumkin. Xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan shaxta pechlarda kuydirilsa ham bo‘ladi, ammo yoqilg‘ini aralashmada qo‘maloq tayyorlashdan oldin bevosita xom ashyo aralashmaning o‘ziga qo‘shgan yaxshi. Shunda kuydirish sharoitlari yaxshilanadi.
Aylanma pechlarda ham xom ashyo aralashma qumaloqholida kuydiriladi. Lekin birmuncha kichik, ya’ni 20-30 mm gacha o‘lchamda bo‘ladi. Yoqilg‘i ularda presslanmaydi, balki chang-havo aralashmasi holicha bevosita pechga uzatila beriladi. Kuydirilgan mahsulot shar tegirmonlarda gips va gidravlik qo‘shilmalar bilan yoki ularsiz tuyiladi.
Ko‘rinib turibdiki, sun’iy yo‘l bilan tuzilgan aralashmadan romansement ishlash texnologiyasi tabiiy mergellardan ishlashga qaraganda birmuncha murakkab. Bundan tashqari, xuddi ana shuncha mablag‘ sarflash va ana shu uskunalarning o‘zidan foydalanish bilan nisbatan ancha sifatli bog‘lovchi olish mumkin. Bu usul asosan mahalliy yoqilg‘i (o‘tin, torf, past kaloriyali ko‘mir va slanets) dan foydalanilgani taqdirdagina o‘zini oqlaydi.