2. Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar


-Rasm. So‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohakning texnologik sxemasi



Download 170,68 Kb.
bet10/14
Sana03.03.2022
Hajmi170,68 Kb.
#480090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari

7-Rasm. So‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohakning texnologik sxemasi

Pechdan olinayotgan kuydirish mahsuloti (so‘ndirilmagan gidravlik kesak ohak deb yuritiladi) hali bog‘lovchi material hisoblanmaydi va qorishma hamda beton ishlashida unda foydalanib bo‘lmaydi. Bog‘lovchi modda hosil qilish uchun so‘ndirilmagan kesak ohak bo‘laklari mayda tuyilishi kerak.


Gidravlik kesak ohak ikki usulda, ya’ni mexanik yo‘l bilan shar tegirmonlarda va so‘ndirish yo‘li bilan tuyilishi mumkin. Birinchi usulda tuyganda so‘ndirimagan tuyilgan gidravlik ohak (u qo‘llanib kelinayotgan standart bo‘yicha tuyilgan so‘ndirilmagan ohak deyiladi), ikkinchi usulda tuyganda esa kukun holigacha so‘ndirilgan gidravlik ohak olinadi.
10-20 mm gacha bir sidra maydalab olingan kuydirilgan kesak ohak zoldirli tegirmonlarining sarflash bunkeriga uzatiladi. Bunkerdan ta’minlagich yordamida zoldirli tegirmoniga keragicha solib turiladi. Maydalangan mahsulot yirik donalarini ayirib tashlash uchun separatorga yuboriladi. Yirik donalari qayta tuyishga, mayda donalari esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Tuyilgan so‘ndirilmagan gidravlik ohak germetik berk metall konteynerlarda yoki bitumlashtirilgan qog‘oz qoplarda tashiladi. Idishsiz jo‘natishda esa maxsus jihozlangan sement tashigich mashinalardan foydalaniladi.
Kukun holigacha so‘ndirilgan gidravlik ohak tayyorlash texnologiyasidan ko‘rinib turibdiki, yuqorida bayon etilgan texnologiyadan tubdan farq qiladi.
Gidravlik ohak ham havoda qotadigan ohak singari qimmatli xossaga ega: unga suv ta’sir qilganida, juda maydalab tuyganda ham shunchalik bo‘lmaydigan darajada, nihoyatda mayda kukunga aylanib ketadi. Biroq gidravlik ohak tarkibiga kirgan erkin kalsiy oksidigina so‘nish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Uning gil oksidlari bilan o‘zaro ta’sir etishish mahsulotlari, ya’ni kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari so‘nish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. So‘ndirilayotganda ular nisbatan yirik va amalda suvga nisbatan mo‘rt, so‘nmagan zarralar holida qoladi. Ayni vaqtda xuddi ana shu birikmalar mayda tuyilganida ohakka gidravlik xossalar beradi. Shuni nazarda tutib, so‘nmagan donalari elanadi, shar tegimonlarida maydalanadi. So‘ngra so‘ndirilmagan ohak kukunni bilan aralashtiriladi. Bu usulda ishlab chiqarish jarayoni quyidagi tartibda o‘tadi.
Kuydirilgan kesak ohak dastlab 10-20 mm gacha o‘lchamda maydalanadi. Kesak ohak maydalashdan oldin bir necha (3-5) kun omborda ushlab turilgani ma’qul. Shunda u havodagi nam ta’siridan qisman so‘nadi, natijada navbatdagi texnologik jarayonlarni bajarish osonlashadi.
Maydalangan mahsulot so‘ndirgich apparatga yuboriladi. Shu maqsadda odatdagi so‘ndirgich shnek qo‘llaniladi. So‘ndirgich shnekka suv yuborib turiladi. Ohakni kukun holigacha so‘ndirish uchun zarur suv miqdori ohakdagi erkin CaO miqdoriga bog‘liq. Kalsiy oksidi ohak og‘irligining 15-25 protsent miqdorida bo‘lishi kerak. Suv minimal nam so‘ndirilgan mahsulot hosil bo‘ladigan miqdorda quyilishi zarur. Aks holda, gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt o‘z-aro ta’sir etishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi.
So‘ndirgich shnekda ohak batamom so‘nmaydi. Ohak undan so‘ndirgich siloslarga yuboriladi va bu erda batamom so‘ndiriladi. Gidravlik ohak sekin so‘nadigan modda bo‘lgani uchun ko‘pincha 10-15 kungacha siloslarda saqlanadi. Issiq suv ishlatish so‘ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi. Shu maqsadda so‘ndirgich shnekda ohak bug‘ bilan namlanadi. Silosdagi massaning isishiga ohak gidratatsiyalanayotgani vaqtida ajralib chiqadigan issiqham yaxshi yordam beradi.
So‘ndirilgan ohak silosdan bir oz so‘nmagan yirik donalar aralashgan kukun holida chiqadi. So‘nmagan donalarini ajratib olish uchun ohak separatorga yuboriladi. 0,2-0,25 mm
o‘lchamdagi mayda tovar fraksiya omborga, yirik so‘nmagan donalari esa shar tegirmonlarga yuboriladi. Sharli tegirmonda maydalanadi, so‘ngra yana so‘ndirgich silosga olib kelinadi.
Mazkur texnologiya bo‘yicha bir yo‘la ikki xil mahsulot, ya’ni kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak olish mumkin. Tarkibida talaygina gidravlik birikmalar bo‘lgan, so‘nmagan mayda tuyilgan donalari butun ohak massasiga aralashtirib yuborilmasdan, tayyor mahsulot sifatida ishlatilsa,bu kuchli gidravlik ohak hisoblanadi. Separatordan olingan mayda fraksiyada gidravlik birikmalar nisbatan kam bo‘ladi va xossalari jihatidan kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi. Tarkibida gil aralashmalar ko‘p (gidravlik moduli ko‘pi bilan 4-5 ga teng) ohaktoshlardan foydalanayotganda bir yo‘la ikki xil ohak ishlab chiqariladi.

Download 170,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish