2. Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar


Ohakning qotishi, xossalari va ishlatilishi



Download 170,68 Kb.
bet11/14
Sana03.03.2022
Hajmi170,68 Kb.
#480090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari

Ohakning qotishi, xossalari va ishlatilishi. Gidravlik ohak tarkibidagi kalsiy oksidi aslida havoda qotadigan ohakning o‘zginasi. Shuning uchun ham ana shu komponent qotayotganida sodir bo‘ladigan jarayonlar havoda qotadigan ohak qotayotganda ro‘y beradigan jarayonlarga o‘xshaydi. Suv bo‘lganida kalsiy oksidi Ca(OH)2 gacha gidratlanadi. Ohak xamiridagi suvning bug‘lanishi Ca(OH)2 ning kristallanishiga va qorishma yoki betonning sekin-asta mustahkamlanishiga yordam beradi. Ca(OH)2 karbonlanishi natijasida yanada mustahkamlana beradi. Qorishma yuzasida kalsiy karbonatning hosil bo‘lishi ohak buyumlar mustahkamligi va suvga chidamliligini birmuncha oshiradi.
Ohakning ikkinchi komponenti-gidravlik moddalar (kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari) o‘zgacha qotadi . Kalsiy silikat, alyuminat va ferritlari suv bilan o‘zaro ta’sir etishganida tegishli moddalarning gidratlarini hosil qilgan holda gidratatsiyalanadi: 2CaOSiO2nH2O; CaOAl2O3nH2O va 2CaOFe2O3nH2O. Gidratlar kolloid, yopishok ko‘rinishda va shu bilan birga plastik massa holida hosil bo‘ladi. Ohak xamir suvi bug‘lananadi yoki gidratatsiyalanadigan moddalar shimganida kolloid massalar koagulyasiyalanadi. Kolloid massalarning yanada mustahkamlanishi ularning kristallanishiga bog‘liq.
Gidravlik ohak qotayotganda avvalo havoda qotish, so‘ngra gidravlik qotish jarayonlari ro‘y beradi. Shu sababli, gidravlik ohak qotishi uchun avvaliga quruqhavo sharoitlari, so‘ngra (kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari gidratatsiyalanishi uchun) nam sharoitlar yaratish talab qilinadi. Ohak tarkibida gidravlik moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa qotishining birinchi davri (quruq-
Romansement
Ohaktosh yoki magnezial mergellarning erib, bir-biriga yopishib qolmaydigan darajada pishganini mayda tuyish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot romansement deyiladi. Bunday bog‘lovchi ishlab chikarish uchun ohaktosh va gilning sun’iy aralashmasidan foydalansa ham bo‘ladi. Tishlashish muddatini keragicha o‘zgartirish uchun romansementga 5% gacha gips, shuningdek 15% gacha gidravlik qo‘shilmalar qo‘shib tuyishga ruxsat etiladi. Shunda sementning suvga chidamliligi yanada oshadi .yoki iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘ladi).
Kalsiy karbonat va gilning tabiiy aralashmasidan iborat bo‘lgan mergellarda gildan 25-60% gacha bo‘lishi mumkin. Romansement ishlab chiqarish uchun esa tarkibidagi gil aralashma 25-30% ga boradigan mergellar ishlatgan yaxshi.
Gidravlik ohak ishlab chikarish uchun 20% gacha gil bo‘lgan ohaktoshlar ishlatilishini, hosil bo‘lgan mahsulotning gidravlik moduli esa 1,7-9 ga teng ekanligini eslasak, u holda romansementning gidravlik moduli 1,7 dan kam bo‘lmaydi. Darhaqiqat, u odatda 1,1-1,7 atrofida bo‘ladi. Demak. gil aralashmalar kuydirish vaqtida hosil bo‘lgan CaO ning batamom bog‘lay oladigan miqdorda, yoki CaO ni kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari holida bog‘lash uchun kerak bo‘ladiganidan ortiqroq miqdorda bo‘ladi. Gidravlik modul 1,3 yoki undan kam bo‘lganida gil aralashmalar ohak bilan bog‘lanmagan, erkin holicha qoladi.
Shunday qilib, gidravlik ohakdan farqli o‘laroq romansementda erkin CaO bo‘lmasligi kerak. Romansementdagi butun ohak gidravlik qota oladigan moddalar, ya’ni kalsiy silikatlari (2CaOSiO2), kalsiy alyuminatlari (CaOAl2O3 va 5CaO3Al2O3) va kalsiy ferritlari (2SaO Fe2O3) holida bog‘langan.
Erkin kalsiy oksidi yo‘qligi va tarkibida talaygina gidravlik moddalar mavjudligi jihatidan romansement gidravlik ohakdan tubdan farqqiladi: romansement so‘nmaydi, lekin undan ishlangan qorishma va betonlar ancha mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi.

Download 170,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish