7-sinf Jahon tarixi
2-Haftalik test. 11-20-§
Quyidagi xalifalarni hukmronlik qilgan yillarini hisoblab, hukmronlik qilgan yilini pastdan yuqoriga qarab joylashtiring.
A) Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali
B) Abu Bakr, Ali, Usmon, Umar
C) Abu Bakr, Ali, Umar, Usmon
D) Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali
Xitoyda qaysi sulola davrida yarmarkalar vujudga kelgan?
A) Tan B) Suy C) Sun D) Xan
Astronomlari Yerning aylana shaklda ekanligi va o‘z o‘qi atrofida aylanishi faraziga kelgan (a) va murakkab o‘lchovlardan foydalanib, yer sharining meridianini o‘lchab chiqqan (b) xalq to‘g‘ri berilgan javobni toping.s
A) a – arab; b – hind B) a – hind; b – xitoy
C) a – xitoy; b – hind D) a – hind; b – arab
O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa shaharlari haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Shahardagi uylarning aksari qismi yog‘ochdan qurilgan
B) Shahardagi uylar juda zich qurilgan bo‘lib, ko‘pincha bir-biri bilan tutashib ketgan
C) Yong‘inlar sodir bo‘lgan vaqtda paxsadan zich qurilgan uylardan tashkil topgan ko‘chalar, mavzelar to‘lig‘icha yonib ketgan
D) Aholining zich joylashishi hamda tozalikning bo‘lmasligi yuqumli kasalliklarning tez-tez takrorlanib turishiga, ko‘plab kishilarning bevaqt o‘limiga sabab olib kelgan
Quyidagi shaharlarni birja ochilgan davri bo‘yicha xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
A) Bryugge, Antverpen, Lion
B) Lion, Anverpen, Bryugge
C) Burse, Antverpen, Lion
D) Bryugge, Lion, Antverpen
Kioto shahri qayerda qurilgan edi?
A) Qal’a yaqinida
B) Budda ibodatxonasi yaqinida
C) Chorraha va karvon yo‘lida
D) Dengiz sohilida
Quyidagi shaharlar orasidan qaysi biri ko‘priklar yonida , daryo sohillarida qurilgan shaharlar qatoriga kiradi?
A) Bremen B) Augsburg
C) Sen-Denu D) Venetsiya
Quyidagi davlatlardan qaysi birida yangi shaharlarning vujudga kelishi kechroq yuz bergan?
A) Fransiyaning shimoli B) Angliya
C) Germaniya D) Vengriya
Xitoyda qaysi sulola hukmdorlari Pxenyan shahrini bosib olgan?
A) Yuan B) Sun
C) Tan D) Suy
Quyidagi davlatlardan qaysi birida usta va savdogarlradan soliqlarni sex oqsoqollari yig‘ib bergan?
A) Yaponiya B) Dehli sultonligi
C) Hindiston D) Germaniya
Eftaliylar Hindistonga hujum qilishidan necha asr o‘tib G‘aznaviylar Hindistonga hujum qilgan?
A) 6 asr B) 4 asr C) 7 asr
D) 5 asr
«Poytaxt axboroti» gazetasi nimaga o‘yib yozilgan matndan ko‘paytirilgan?
A) Tosh
B) Yog‘och C) Shoyi D) Qog‘oz
Arab xalifaligi davrida matematika, astronimiya, geografiyaning taraqqiyoti qaysi sohalarning yuksalishiga olib kelgan?
A) Me’morchilik va halkaltaroshlik
B) Me’morchilik, hunarmandchilik va savdo
C) Savdo va hunarmanchilik
D) Savdo va dehqonchilik
Qaysi davlatda ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko‘rinishida bo‘lmagan?
A) Arab xalifaligi B) Xitoy
C) Germaniya D) Hindiston
Arab xalifaligi qarshi olib borilgan qo‘zg‘olonlardan qaysi birida aholining barcha toifa vakillari qatnashgan qatnashgan?
A) Movarounnahr markazida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon
B) Iroqning Kufa shaharida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon
C) O‘rta Osio janubi Marv vohasida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon
D) Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon
Xitoyda qaysi sulola davrida pul islohoti o‘tkazilgan?
A) Tan
B) Suy C) Sun D) Xan
Ajanta ibodatxonasi necha asr davomida ishlangan?
A) 7 asr B) 5 asr
C) 9 asr D) 8 asr
Quyidagi xaritada nechanchi raqam ostidagi davlat birinchi salib yurishlariga ishtirok etgan davlat qatoriga kirmaydi?
A) Birinchi raqam B) Uchinchi raqam
C) Ikkinchi raqam D) To‘rtinchi raqam
Diniy-ritsarlik ordenlarini tashkil topish davri bo‘yicha ketma-ketlikda joylashtiring.
A) Gospitalyer→Tampliyer→Tevton
B) Gospitalyer→Tevton →Tampliyer
C) Ioanniylar→Nemis→Tampliyer
D) Ioanniylar→ Tevton →Nemis
O‘rta asrlarda qirol farmoniga binoan asosiy yo‘llarga tosh yotqizila boshlagan davlat haqida to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Yevropadagi eng mashhur birja ushbu davlatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan
B) Bu davlatda yangi shaharlarning vujudga kelishi Italiya bilan bir xil davrga to‘g‘ri keladi
C) Bu davlatning qator shaharlarida XII-XIII asrlarda senyorlarga qarshi kurash bo‘lib o‘tgan
D) Levant savdo yo‘li bu davlatni daryo orqali Vizantiya va Osiyo davlatlari bilan bog‘lashga xizmat qilgan
O‘rta asrlarda quyidagi shaharlardan qaysi birida eng ko‘p aholi yashagan?
A) Pekin B) Sheroz C) Parij D) Genuya
Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang.
Usmon Umar
a) Saxiyligi, adolatparvarligi va din masalarida qat’iyligi
bilan shuhrat qozongan;
b) Qur’on oyatlari kitob holiga keltirilgan;
c) O‘z hukmronligi davrida Suriyani bosib olgan;
d) O‘z hukmronligi davrida Dog‘istonga hujum qilgan;
e) Uning davrida arablar Amudaryo sohillariga chiqqan;
f) O‘z hukmronligi davrida Eronga hujum qilgan
A) I-b,d; II-a,c; III-f B) I-b,d; II-a,c; III-e
C) I-a,b; II-d,c; III-f D) I-a,b; II-c,d; III-e
Qaysi davlatda yirik shaharlarda maktablar tashkil etilib, ularda bo‘lajak amaldorlar tayyorlangan?
A) Arab xalifaligi
B) Xitoy
C) Germaniya D) Hindiston
Xitoyda «Poytaxt axboroti» gazetasi chiqqan davrda hukmronlik qilgan sulola to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Suy
B) Tan C) U Day D) Sun
O‘rta asrlarda qaysi xalq tabiblari shivobaxsh o‘simliklardan dori-darmon tayyorlagan?
A) Arab B) Hind
C) Xitoy D) Fransuz
Quyidagi shaharlardan qaysi biri dengiz orqali savdo yo‘lida joylashgan?
A) Tuluza B) Parij C) Padeborn D) Seviliya
Nima ishlab chiqarishning rivojlanishiga xizmat qilgan?
A) Yarmarka B) Birja C) Bank
D) Sex
Quyidagi shaharlardan qaysi birida ishlab chiqarilgan kulolchilik buyumlarini chet el savdogaarlari yuqori baholagan?
A) Samarqand B) Marv
C) G‘ijduvon D) Balx
Rivojlangan o‘rta asrlarda hunarmanchilikning eng muhim sohalari qaysi davlatda yuksak taraqqiy etgan?
A) Xitoy B) Hindiston
C) Arab xalifaligi D) Yaponiya
Quyidagi javdalda qaysi qatorda berilgan ma’lumotlar mos tarz berilgan?