A hindiston b angliya c xitoy d fransiya



Download 25,5 Kb.
Sana09.03.2020
Hajmi25,5 Kb.
#41868
Bog'liq
test tarix

TEST

1. O’rta asrlarda qaysi davlatdagi yirik shaharlarda maktablar tashkil etilib, ularda bo’lajak amaldorlar tayyorlangan va o’quvchilardan matematika, grammatikadan tashqari, falsafa va adabiyotni bilish talab etilgan?

A)Hindiston B)Angliya C)Xitoy D)Fransiya

2. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang.

1)inklar Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soldilar 2) Mali davlati inqirozga uchrab parchalanib ketdi .3)Songai davlati nihoyatda kuchayadi . 4) Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil – kesil o’rnatildi .5)Niderlandiya , Angliya va Germaniyada shaharlar vujudga keldi

A) 1,3 B) 1,4 C ) 2,5 D) 2,4

3. Papalarning Avinon tutquni davri to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang .

A) 1309 -1379 yillar B) 1307 – 1317 C ) 1337 – 1453 yillar D ) 1309 – 1377 yillar

4 .Tampliyerlarning buyuk magistri qatl etilgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang .


  1. Rim papalarining qarorgohi Avinonga ko’chirildi

  2. O’zbekxon islom dinini qabul qildi

  3. Silla qirolligida mashhur Pulguksa ibodatxonasi qurib bitkazildi

  4. Musumlmon bo’lgan Chjan Xe Makkani ziyorat qildi

5. Aksum davlatida mahalliy yozuv islohoti o’tkazilgan (IV) davrida bo’libo’tgan voqealarni toping.

1)Pekcha markazlashgan davlatga aylandi. 2)Parxe davlati parchalanib ketti. 3)German qabilalari orasida mulkiy tengsizlik kuchaydi. 4)Xristian dinida cherkov yig’inlari chaqirila boshlandi. 5)Dastlabki xristian monastirlari qurila boshladi. 6)Dastlabki german davlati-Vestgot qirolligi tuzildi.

A) 1,3,5 B) 1,2,3 C)4,5,6 D)2,4,6

6.Quyidagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlardan qaysilari KIyev Rusida Yaroslav boshqaruvi davrida amalga oshirilgan ?

1) Xazar xoqonligi mag’lub etildi .2) mamlakat gullab –yashnadi , maorif yuksaldi 3) Bijanak qabilalari uzil – kesil mag’lub etildi 4 ) Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan bilim yurti ochildi 5) Kiyevda , so’ngra Novgorodda yilnomalar tuzila boshlandi .6) Dastlabki yozma qonunlar to’plami -tuzildi

A)1,3,4,6 B) 2,3,5,6 C ) 1,2,4,5 D ) 2,3,5,6

7. Quddus deyarli 5 asrdan beri musulmonlar qo’lida edi . Mahalliy hukmdorlar va aholining ziyoratchilarga munosabati yomon bo’lmasa-da XI asr oxiridan boshlab xristianlar ziyoratlari tobora xavfli tadbirga aylanib borishining asosiy sababini toping .

A) Mo’g’ullar tomonidan arab xalifaligining bosib olinishi

B) Yarim asrdan buyon davom etib kelayotgan salib yurishi

C) Vizantiya tomonidan Kichik Osiyoning bosib olinishi

D) Musulmon hukmdorlarining o’zaro urushlari

8 . XII asrdan boshlangan ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi natijasida Germaniya shaharlari qaysi mamlakatlar bilan qizg’in savdo – sotiq olib brogan ?



  1. Angliya 2) Fransiya 3) Rossiya 4 ) Niderlandiya 5) Italiya 6 ) Polsha 7 ) Vengriya 8) Boltiqbo’yi davlatlari 9 ) Bolqon yarim oroli davlatlari

  1. 1,3,5,7,9 B) 1,2,3,4,5 C) 5,6,7,8,9 D ) 2,4,5,7,9

9 . XIII asrda Malida Sundiata Keyt ko’p sonli qo’shin tuzgan . Bu qo’shin yordamida qayerlarni bosib olgan ?

  1. Karvon yo’llari o’tadigan hududlarni 2) tuz konlarini 3 ) Oltin konlarini 4 ) Gana yerlarini 5 )Songai yerlarini

A ) 2,4,5 B) 1,3,4 C ) 1,2,4 D ) 2,3,5

10 . Pekche qirolligi qachon markazlashgan davlatga aylangan ?



  1. Mil.av III asrda B) Milodiy IV asrda C) Mil.av IV asrda D ) Milodiy V asrda

11. Ilk o’rta asrlarda Xitoyda soliqlarni tartibga solib , pul islohoti o’tkazgan sulolani ko’rsating .

A ) Suy sulolasi B ) Min sulolasi C) U Day imperiyasi D ) Sin sulolasi

12 .O’rta asrlarda hukmronlik qilgan quyidagi qaysi hukmdorlar yangi sulola asoschilari hisoblanadi?

1)Pipin pakana 2)Genrix 3)Buyuk Karl 4)Xuloku 5)Van Gon 6)Ioann 7)Li Yuan 8)Xorun ar-Dashid 9)Boleslav Jasur

A)5,6,7,8,9 B)1,2,4,5,7 C)2,4,6,7,9 D)1,2,3,4,5,6

13. Kanstantinopol shahri salibchilar va usmonli turklar tomonidan egallangan yillar to’g’ri berilgan javobni toping.

A) 1261- va 1402-yillar B) 1204- va 1357-yillar C) 1202- va 1351-yillar D) 1204-va 1453-yillar

14. O’rta asrlarda Rim papasi Innokentiy III bilan deyarli bir vaqtda hukmronlik qilgan hukmdorni toping.

A) Fransiya qiroli Lyudovik VI B) Rus knyazi Vladimir Monamax

C) Germaniya imperatori Fridrix I D) Angliya qiroli Ioann

15. Pekche qirolligi qachon markazlashgan davlatga aylangan?

A)Milodiy IV asrda B)Mil.av. IV asrda C)Mil.av. III asrda D)Milodiy V asrda

16.VII asrda Vizantiyaning zaiflashuvi va Arab xalifaligining hujumlari natijasida qaysi hududlar uning tarkibidan chiqib ketadi?

A) Suriya va Misr B) Ispaniya va Kipr C) Shimoliy Afrika va Ispaniya D) Falastin va Ispaniya

17.O’rta asrlarda yashagan Rim papasi Innokentiy III faoliyati bilan bog’liq voqealarni aniqlang.

1)Katolog cherkovi o’z hukmronligining yuqori cho’qqisiga erishdi. 2)German, Fransuz va Ingliz hukmdorlarini interdict orqali tavba-tazarru qildirdi. 3)Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug’ullanadigan inkvizitsiya o’z qudratining cho’qqisiga erishdi. 4)To’rtinchi salib yurishlarini tashkillashtirdi. 5)Uchinchi salib yurishlarini tashkillashtirdi.

A) 2,3,5 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,3,5

18. Eronda Sosoniylar hukmdori Xisrav I Anushervon (531-579) hukmronlik qilgan yillar oralig’ida Yevropa tarixida sodir bo’lgan voqealar to’g’ri berilgan javobni toping.

1) Suasson jangi bo’ldi. 2) Franklar Burgundiyani istilo qildi. 3) Pipin pakana taxtga o’tirdi. 4) Franklar Provansni istilo qildi. 5) Xilperik hukmronligi boshlandi.

A) 3,4,5 B) 2,4,5 C) 2,3,5 D)1,2,4

19. Koryo qirolligi mo’g’ullar ta’siridan ozod bo’lgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang .

A ) Xenan va Shandun viloyatlarida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi

B ) Xitoyda Min imperiyasi tashkil topdi

C ) Xitoy Vyetnamni bosib oldi

D ) Xitoyda Yuan sulolasi hukmronligi boshlandi

20. Quyidagi qaysi voqea Bolgar podsholigi yirik davlatga aylangan davrda sodir bo’lgan?

A) Somoniylar davlati barham topdi. B) Chexiya davlati tashkil topdi.

C) Arab qabilalari yagona davlatga birlashdi. D) Bag’dodda “Bayt ul-hikma”-“Donishmandlar uyi” tashkil etildi.

21.Quyidagi davlatlardan qaysi biri XV asr o’rtalarida iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi?

A) Choson B) Yaponiya C) Aksum D) Dehli sultonligi

22. Vladimir vafotidan keyin boshlangan taxt uchun kurashda Yaroslav g’olib chiqib hokimiyatni egallaganga qadar bo’lgan vaqt oralig’ida Kiyev Rusini qaysi davlat bosib olgan?

A) Polsha B) Qipchoqlar C) Vizantiya D) Xazar xoqonligi

23. IX asrning 40-yillarida deyarli barcha anglsaks qirolliklarini bo’ysundirgan daniyaliklarga nisbatan o’z qarshiligini davom ettirgan qirollikni aniqlang.

A) Shotlandiya qirolligi B) Bretan qirolligi C) Islandiya qirolligi D) Uesseks qirolligi

24. 1231-yilda Koryo qirolligini bosib olgan mo’g’ullar uni qancha vaqt o’z qo’l ostida ushlab turishgan?

A) 230 yil B) 175 yil C) 143 yil D) 137 yil

25. Quyidagi shaxslar bilan bog’liq bo’lgan voqealarni to’g’ri ko’rsating.

1) Lev III 2) Innokentiy III 3) Grigoriy IX 4) Ioann XII

a)Katolik cherkovi o’z qudratining cho’qqisiga erishdi. b)German qiroli Otton I ga imperatorlik tojini kiygazdi. c) Inkvizitsiya sudi o’zining eng yuqori cho’qqisiga ko’tarildi. d) Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiygazdi.

A) 1-d,2-a,3-c,4-b B)1-b,2-d,3-c,4-a C)1-d,2-c,3-a,4-b D)1-c,2-a,3-d,4-b

26.Ilk o’rta asrlarda Vizantiyaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlagan omilni aniqlang.

A) Imperatorlar, amaldorlar, ibodatxonalar va monastrlarga ko’plab yer mulklar in’om etganligi

B) Savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanib, mafkura darajasiga ko’tarilishi

C) Aholisining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun’iy sug’orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning mavjudligi

D) Imperiyaning barcha fuqarolari tug’ilishidan teng huquqli deb hisoblanganligi

27. Oltin O’rdaning Saroy Botu va Saroy Berka shaharlari qaysi hukmdorlar davrida dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo’lgan?

A) Jonibek va To’xtamish davrida B) Botu va Xuloko davrida

C)O’zbekxon va Jonibek davrida D) Botuxon va Berkaxon davrida

28. G’arbiy Yevropa madaniyati qaysi asrlarda yuksala boshlagan?

A) XIII-XIV asrlarda B) XI-XII asrlarda C) XIV-Xv asrlarda D) XII-XIII asrlarda

29. Quyidagi davlatlardan qaysilari bir asrda vujudga kelgan va bir asrda islomni qabul qilgan, lekin taraqqiyot cho’qqisiga erishuvida uch asrlik farq bor?

1) Gana 2) Songai 3) Asum 4) Mali 5) Dehli sultonligi

30. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo’lgan?

A) Kusko B) Tinochtitlan C) Chichen-Itsa D) Aksum

31. O’rta asrlarda Germaniyadagi Reyn daryosi bo’ylab joylashgan Kyoln, Vorms, Strasburg shaharlari qaysi davlatlar bilan savdo-sotiq olib borganlar?

1) Italiya 2) Angliya 3) Fransiya 4) Vengriya 5) Niderlandiya 6) Rossiya

A)1,2,3 B)4,5,6 C)1,3,5 D)2,4,6

32. Slavyan qabilalarining isyonlarini bostirib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdirgan hukmdorni aniqlang.

A) Vladimir B) Oleg C) Svyatoslav D) Yaroslav

33. O’rta asrlarda Xitoyda buyuk kanalning qurilishi qanday ijobiy natijalarga olib keldi?

1) Mamlakat miqyosida yagona suv yo’lining barpo etilishiga 2) Sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi tufayli dehqonlarning feodallashuviga 3) Imperator va amaldor zodagonlar hokimiyatining mustahkamlanishiga 4)Sharqiy viloyatlarning dengizga chiqishiga

A)3,4 B)1,2 C)1,4 D)2,3

34. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang.

1) Koryo qirolligi mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi 2) Germaniyada Gabsburglar hukmronligining boshlanishi 3) Chingizxonning vafot etishi 4) Ikkinchi salib yurishlarining boshlanishi 5) Papa Grigoriy IX faoliyatining boshlanishi 6) Oqtoyning ulug’ xoqon qilib tayinlanishi

A)2,4,5 B)3,5,6 C)1,3,6 D)1,2,4

35. Quyidagilardan bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang.

1) Vizantiya imperiyasi tugatildi. 2) Boleslav Jasur qo’shinlari Kiyevni egalladi 3) Fransiyada Jakeriya qo’zg’oloni boshlandi 4) Yuz yillik urush tugadi 5) Ikkinchi salib yurishlari boshlandi 6) Yuz yillik urush boshlandi 7) Salibchilar tomonidan Vizantiya shahri bosib olindi

A)1,4 B)2,6 C)3,5 D)4,7

36. Quyidagi sulolalarni hukmronlik qilgan davrlari bo’yicha to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.

1) Tan sulolasi 2)Suy sulolasi 3)Sun sulolasi 4)Yuan sulolasi 5)U Day sulolasi

A)2,1,5,4,3 B)2,1,5,3,4 C)4,2,1,5,3 D)3,1,5,2,4

37. Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy nemis ritsarlari tomonidan bosib olingan Pskov va uning atrofidagi yerlarni kimlarning yordamida ozod etadi?

A)Novgorod otliqlari B)Kiyev qo’shini C)Suzdal qo’shinlari D)Polyaklar

38. O’rta asrlarda nemis hunarmandlari ishlab chiqargan buyumlardan qaysilari boshqa o’lkalarda ham qadrlangan?

1)Movut 2)Zeb-ziynat 3)Kulolchilik 4)Surp 5)Metaldan yasalgan qurol-aslaha 6)Ipak gazlamalar

A)1,2,4 B)3,5,6 C)2,4,6 D)1,4,5

39. Quyidagi qaysi davlatda o’rta asrlarda qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilingan?

A) Eron B) Hindiston C) Koreya D) Xitoy

40. Mo’g’ullar davrida suyurg’ol egalari xon qo’shiniga ma’lum belgilangan sondagi jangchilarni jo’natishdan tashqari…

A) soliq va majburiyatlardan ozod qilingan B) aholidan to’plangan soliqlarning bir qismini ham yuborib turgan

C) barcha harbiy yurishlarda ishtirok etgan D) xon kengashining a’zosi ham sanalgan

41.Chingizxon qo’shinlari Dashti Qipchoq hududlariga qaysi hududlarni egallaganidan so’ng chiqqanlar ?

A ) Afg’oniston , Sharqiy Eronni egallab , Kavkaz orqali B ) Afg’oniston , Shimoliy Eron egallanib Xorazm orqali

C ) Yettisuv , Sharqiy Eron , O’rta Osiyo orqali D ) Sharqiy Eron , Xorazm egallanib , Kaspiy sohili orqali

42 .XIII – XV asrlarda G’arbiy Yevropada mavjud bo’lgan Levant savdo yo’li qanday ahamiyatga ega bo’lgan ?

A ) Bu yo’l Ispaniya , Italiya , Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya , Osiyo mamlakatlari bilan bog’lagan

B ) BU yo’l Italiya , Germaniya , Shimoliy Fransiyani Kichik Osiyo , Pireney yarim oroli bilan bog’lagan

C ) Bu yo’l Vizantiya orqali Afrika xalqlarini bog’lagan

D ) Bu yo’l sharqda bosqinchilik yurishlariga boshchilik qilgan

43 .Quyidagi voqealardan qaysilari < Papalarning Avinon tutquni > davrida sodir bo’lganligini toping



  1. Richard II hukmronligi boshlandi .2 . < Mayl End > dasturi e’lon qilindi .3 .Ivan Kalita hukmronlik qildi

4 . Usmonlilar Bolqonga dastlabki bosqinlarni amalga oshirdilar . 5. Li Son Ge Koreyada Li sulolasiga asos soldi

6. Marokash sultoni Abu Bakr Ganani istilo qildi

A ) 1,2,5 B ) 1,3,6 C ) 2,4,6 D ) 1,3 4

44 . O’rta asrlarda qaysi hukmdorlar Rim papalari bilan ziddiyatda bo’lib , hatto ularni tahqirlashgacha borgan ?

1 ) German imperatori Otton I . 2) Fransiya qiroli Filipp IV . 3 ) Angliya qiroli Ioann

4 ) German imperatori Fridrix I 5 ) Fransiya imperatori Buyuk Karl

A ) 2,4 B ) 3,4 C ) 1,2 D ) 1,5


  1. Markaziy Hindistonda Ajanta ibodatxonasi qurilgan davrda bo’lib o’tgan voqealarni belgilang

1. Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi 2 . Xan quldorlik davlati inqirozga uchrab , uning o’rnida uchta mustaqil davlat vujudga keldi .3 . Xanlin akademiyasi tashkil etildi 4 . Selitradan porox olish kashf etildi

5 . Pekinda < Poytaxt axboroti > nomli gazeta chiqarila boshlandi

A ) 1,2 B ) 3,5 C ) 2,4 D ) 1,3

46 . Fransiyada quyidagi qaysi qirolning hukmronligi davrida qirol yerlaridagi feudal urushlar taqiqlandi ?

A ) Karl VII B ) Filipp II C ) Filipp IV D ) Lyudovik IX

47 . Asli vatani Hindiston bo’lgan qaysi ekin dastlab O’rta Osiyoga kirib kelib , so’ngra yurtimiz savdogarlari tomonidan Xitoyga olib borilgan ?

A ) Bug’doy B) Choy C ) Sholi D ) Paxta

48 . Yaponiyada hokimiyatni Mikado-Imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping.

1.Xitoyda ipakdan shoyi so’zana-panno to’qish ixtiro qilindi. 2. Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi. 3. Asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar. 4. Mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi. 5. Nemis feodallari Boltiq bo’yida yashovchi est va lit qabilalariga qarshi urush boshladi. 6. Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi.

A)1,2,3,4 B)3,4,5,6 C)1,3,4,5 D)2,3,5,6

49.Quyidagi qaysi voqealarning sodir bo’lish vaqti Bahlul Lo’diy hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi?

1. “Qizil va oq gullar” urushi. 2. Genrix VII Tyudor hukmronligining tugashi. 3. Moskva Oltin O’rdaga boj yasoq to’lashdan bosh tortishi. 4. Sechjon buyuk hukmronlik davri. 5. Chjan Xe Zond arxipelagi, Shri Lanka va Hindistonga 7 marta yurish tashkil qilishi. 6. Yuz yillik urushning tugallanishi.

A)2,4,5 B)1,3,6 C)1,3,5 D)3,4,6

50. Eng qadimgi akademiyalardan biriga asos solgan mamlakatni aniqlang.



A) Arab xalifaligi B) Xitoy C) Xorazm D)Italiya
Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish