LOGISTIKA MARKAZLARI VA ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR JAHON AMALIYOTIDA
Reja:
Kirish
1. Mamlakat iqtisodiyotida logistika markazlarining ahamiyati
2. Logistika markazlari joylashish o‘rnini aniqlash modellari
3. Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil topishi va ularning tasniflanishi
4. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari: Erkin hududlar, industrial hududlar va yangi iqtisodiy shaharlar
5. Jahondagi yirik erkin iqtisodiy hududlar va ularning ahamiyati
6. Jahonda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishning milliy asoslari
Kirish
Ma’lumki, jahonda hozirga kelib 4500 dan ortiq erkin iqtisodiy va maxsus hududlar mavjud bo’lib, globallashuv jarayonida ularning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Birgina ularda mavjud bo’lgan tovar aylanmasini oladigan bo’lsak, yillik 6,5 trln $ ni tashkil qiladi. Bundan tashqari erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilish natijasida hosil bo’lgan iqtisodiy rivojlangan hududlar – Dubay, Gong Kong, Singapur, Antverpen, Rotterdam, Busan, Guauchjou, Shanhay va boshqalar bevosita o’zining alohida tashkil qilinish tarixi va tajribasiga ega. Iqtisodiy “katalizator” vazifasini bajaruvchi bu vositani o’rganish jarayonida uni tashkil qilish borasida jahon amaliyotini o’rganish maqsadga muvofiqdir…
1. Mamlakat iqtisodiyotida logistika markazlarining ahamiyati “Logistik tashkilotlar oxirgi yillarda iqtisodiy jamiyatning diqqat markazida juda ko’p marta paydo bo’lmoqda. Xususan, Yevropa bozori logistika xizmatlarining umumiy aylanmasi 600 mlrd yevrodan oshadi. Iqtisodiyotning deyarli barcha sohalari bo’ylab logistika kompaniyalar tomonidan 30 % logistik vazifalar bajariladi. Yevropada logistika operatorlari xizmatlariga bo’lgan talabni sanoat va savdo sohalari amalga oshiradi, har yili logistikaga qilingan xarajatlar 120-140 mlrd yevroni tashkil qiladi…“ (“Rossiyadagi logistika markazlari”. G.Manjosov, N.Ovcharenko. “KIA-center”) Oxirgi yillarda logistika tushunchasi iqtisodiy faoliyatda faol ishlatilayotgani, ko’pgina matbuot yig’ilishlarida va konferensiyalarda asosiy kun tartibidagi masalaga aylangani bejiz emas. Buni 007-yilda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “Transport va logistika. TransO’zbekistan-2007” xalqaro ko’rgazmasi, 008-yilda Novosibirskda bo’lib o’tgan “ProLogSiberia” 3-xalqaro transport logistika konferensiyasi, shu yilning iyul oyida bo’lib o’tgan UVK Brovari (AISI capital) xalqaro loyihasi va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.Qanaday qilib tovarlarni yangi bozorlaga kamroq xarajat bilan olib chiqib sotish mumkin, xavfsiz holda etib berish yo’llari qanday, qaysi hudud yoki bozorga qancha miqdorda sotgan maqul degan savollar barcha ishlab chiqaruvchilarni birdek qiziqtiradi. Bu birgina ishlab chiqaruvchilar uchun emas, balki iste’molchilar uchun ham muhim masaladir. Yuqoridagi keltirilgan nazariy va amaliy ma’lumotlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, jahon hamjamiyatini qiziqtirayotgan jiddiy sohalardan biri ham logistikadir. Davlat iqtisodiyotida logistika markazlarining ahamiyati juda katta.
Logistika markazlarning muhimligi shundaki, markazlar tovar yoki xom-ashyoni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga yetib borgunigacha bo’lgan barcha jarayonlarni qamrab oladi. Bu jarayonlar sirasiga tovarlarni sotish, ularni tashish va saqlash, tarqatish, tayyor mahsulot yoki yarimfabrikatlarni bozorga olib chiqish, qayta ishlash va yig’ish kabilar kiradi. Logistika markazlarini faoliyati juda keng miqiyosida bo’lib, ko’pincha ular makro yoki mikro xo’jaliklar sifatida xalqaro aks etishi mumkin. Logistika markazlarining yuqoridagi xususiyatlari va imkoniyatlari tufayli korxonalar tovarni raqobatbardoshligini va kam xarajatlar bilan eng qulay joyga eng qulay miqdorda va narxlarda sotish va saqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Yana markzada eltib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, tovarlarni tarqatish, ma’lumot berish yoki olishlari ham mumkin. Logistika kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan ko’pgina kompaniyalar butun ishlab chiqarish siklini ular bilan ratsional tashkil qilishga erishishgan. Logistika markazlariga keltirilgan tovarlar saqlanishi uchun hech qanday soliqqa tortilmaydi. Qachonki tovarlar iste’molchiga yetkazilsa, yoki jo’natilsagina belgilangan tartibda soliqqa tortiladi, yoki kechiktirilgan holda soliq to’lanadi. Hududda tashkil etilgan korxonalar, qayta ishlash va qayta yig’ish zavodlari ma’lum imtiyozlar(soliqlarning keskin kamaytirilishi, investitsiya yoki dotatsiyalar va boshqalar) berilishi orqali ishlab chiqarishga stimul beriladi. Bu esa logistika markazining taraqqiyotiga juda katta xissa qo’shadi. Xatto markazga xom-ashyo sifatida keltirlib ularni qayta ishlovchi yoki yig’uvchi zavodlar orqali shu yerning o’zda tayyor mahsulotga aylantirish mumkin! Bu esa nafaqat ishlab chiqaruvchilar xarajatini qisqartiradi, balki markaz joylashgan hududning iqtisodiy infrastrukturasini rivojlantiradi va bu bilan shu hudud joylashgan davlatning YAIMini oshirishi, ishsizlikning oldini olishi va aholi farovonligini ta’minlashga xissa qo’shishi mumkin.
Bundan tashqari logistika markazlari orqali o’sha hududda yangi bozorlar yoki xom-ashyo manbalari tashkil etilishi mumkin. Logistika markazlari orqali bozor iqtisodiyotining tez o’zgaradigan sharoitlarida ishlab chiqarish atrof-muhit sharoitlariga juda tez moslashadi. Korxonaning logistika xarajatlarni 1%ga qisqartirishi tovarlar realizatsiyasini 10%ga ko’paytiradi. Ko’pchilik logistiklar tasdiqlagan logistikaning olti qoidasi ham buni isbotlaydi:
Kerakli tovar yoki yuk.
Kerakli miqdorda.
Qoniqtiradigan sifatda
Aniq ko’rsatilgan vaqtda eltish.
Kerakli joyga.
Minimal xarajatlar bilan.
Logistika xizmatlariga ketadigan xarajat tovarning turi va yaratilgan sharoitlarga qarab tovar tannarxining o’rtacha 10-12%igacha bo’lishi mumkin. Logistika markazlarining tashkil qilinishi o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, uni tashkil qilgan davlat yoki hudud barcha sohalarni va faktorni hisobga olishi va nazorat qilishi lozim. Kirib kelayotgan tovarlar xavsizligini himoya qilish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli holatlar(fors-major yoki boshqa) larda riskni qaysi tomon o’z zimmasiga olishini aniqlab olish lozim. Buning uchun hududda sug’urta kompaniyalari bilan shartnomalar tuziladi. Yana bir murakkab taraflaridan biri hududga past narxda kirib kelgan tovarlar ichki bozorga zarar yetkazishi mumkin. Buni esa logistika markazi joylashgan davlat o’zining bojxona nazorati bilan boshqarishi lozim bo’ladi.
Logistika markazlari odatda kamida uchta transport tarmoqlari kesishgan hududlarda barpo qilinadi(avtomagistral, havo, suv, temir yo’l va boshqa). Lekin logistika markazini faqat bitta transport vositasi bilan ham qurish mukin. Bunday logistika markzalari “quruq portlar” deb ham ataladi. Masalan ikkita davlat chegaralarida yoki ular o’rtasidagi qulay joyda. Bu esa o’sha yerdagi mahalliy hududning tashqi savdosini rivojlantiradi va bu bilan ham katta iqtisodiy foyda olish mumkin. Bunday markazlarni Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ko’plab uchratishimiz mumkin (xususan Rossiyada).
Zamonaviy texnologiya rivojlangani sari jahon iqtisodiyoti ham yanada globallashib bormoqda. Endilikda savdoning yangi turi bo’lgan elektron savdo ham rivojlanmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlarining ko’pida savdo elektron yo’lda amalga oshiriladi. Shu sababdan logistika markazida yangi tarmoq-elektron savdo tarmog’i ham shakllanmoqda. Bu esa kelajakda yangi istiqbollar va imkoniyatlarni yaratadi. Tavorlar va yuklar zavodda turib ham elektron usul bilan harid qilinib, istalgan joyga logistika markazi orqali elitb berilishi mumkin. Bu esa jahon iqtisodiyotida logistika markazlari ahamiyatini yanada oshiradi.