2. Logistika markazlari joylashish o‘rnini aniqlash modellari
Logistika markazlari alohida bir soha sifatida tashqi savdo va transport sohasida o’rin egallagan. Bu borada bir necha olimlar va mutaxasislar ilmiy ishlar olib borishgan. Shunday ekan logistika markazlarining joylashish o’rnini belgilashda ham alohida modellar yaratilgani aniq. Keling hozir shu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Logistika markazlari joylashish o’rnini belgilovchi modellari effektiv bo’lishi uning joylashishiga ta’sir qiluvchi faktorlar darajasiga bog’liq bo’ladi. Bozorlar va xom-ashyo resurslarining mavjud bo’lishi, transport bilan ta’minlanganlik, ishchi kuchi, geohududiy faktorlar va logistika tarmoqlari va zanjirlari hisobi, mavjud ob’yektlarning yangi manzillar sifatida ishlata olish imkoniyati kabi omillar va mavjud iqtisodiy muammolar ko’p qirrali muammolar sxemasi sifatida birgalikda hisoblanmaydi.
Logistika markazlari joylashuvini aniqlashda logistik taqsimot markazlarini tashkil qilish va foydalanishda material oqimini nazorat qilish paytida yuzaga keladigan muammolar to’plamini hal qilish uchun quyidagi metodik vazifalarni qisman bajarish lozim bo’ladi:
“aniq vaqtida” eltib berish nuqtayi nazaridan LTM ishtirokini aniqlashtirish;
ekspluatatsion xarajatlarni tejash maqsadida yuk oqimlari kanalida LTM ishtirokini maqsadga muvofiqligini aniqlash;
tashkil qilingan LTMdagi optimal yuklar partiyasini aniqlash;
LTMning iqtisodiy jihatdan material oqim kanalidagi material oqim kuchiga bog’liqligining samaradorligini aniqlash.
Logistika markazlarining joylashish o’rnini modellashtirishda taqsimot markazlari o’rtasida material tovar oqimini taqsimlashda bir necha aniq bo’lmagan vazifalar paydo bo’ladi. Hosil bo’lgan vazifalar aniq va noaniq vazifalarga ajratiladi va qayta ko’rib chiqiladi. Raqobatli muhit va geohududuy faktorlardagi noaniqliklar qarorni effektivligigga kuchli ta’sir qiladi va buni natijasida adkvat va noan’anaviy usullar bilan muammolar yechiladi.
Umuman olganda muammolarni hal qilish metodlariga quyidagilar kiradi: qaror qiluvchi shaxslar usuli, leksikografik usul, skalyar yoki vektor ko’rsatkichlar bo’yicha noaniqliklarni yechish usuli, matritsali, bimatritsali o’yinlar usuli va boshqalar. Yuqoridagi usullar bilan modellashtirish amalga oshiriladi va logistika markazining joylashish o’rni aniqlanadi.
Endi nazariyadan eng qiziqarli masalaga ya’ni amaliyotga o’tsak. Logistika markazlari dunyoda juda ko’p va ular turli maqsadlarda o’z regionlariga xizmat qiladilar. Dunyodagi logistika markazlarini asosan 3 ta katta guruhga ajratishimiz mumkin: Yevropa, Osiyo va Amerika. Shulardan eng yiriklari Yevropa va Osiyo logistika markazlari hisoblanadi. Hozir esa dunyo logistika markazlarining eng ko’p qismiga ega bo’lgan davlat Rossiya logistikasi haqida to’xtalib o’tsak.
Rossiya dunyodagi eng katta hududga ega bo’lgan va quruqlik va suvdagi eng uzun chegaralarga ega bo’lgan mamlakat hisoblanadi. Unda 100 ga yaqin logistika markazlari, portlar va erkin iqtisodiy zonalar mavjud. Ularning eng yiriklari safiga Moskva, Kamchatka, Sankt-Piterburg, Samara, Krasnoyarsk, Nijegorod, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don, Krasnodar va boshqalarni kritishimiz mumkin. Logistika sistemasi juda yuqori taraqqiy etmagan bo’lsada, umumiy logistika xizmatlarining qiymati 120 mlrd $ ni tashkil qiladi. Logistikaning tarkibi 55% eltib berish xizmati, 13% ombor xizmati va 32% esa yetkazib beruvchilar xizmatidan iborat. Logistika markazalari ichida jahon talablariga javob beradigan eng yirik komplekslardan Milliy logistika Kompaniyasi, FM Logistiks, P&O Trans European, FM Logistik, Kuhne & Nagel, «Velts», «Shenker Russiya», «Pan Alpina», Intercoplex, Tablogistikslarni sanashimiz mumkin.
Logistika markazlari sonini ko’p bo’lishiga qaramay ular to’la rivojlanmagan. Ko’plab markazlar bozor talabini to’la qondirmaydi. Gildiya ekspeditorlarining direktori Semyon Rezerning fikricha, ba’zi markazlarni qurilishida xatolarga yo’l qo’yilgan va buning natijasida Moskva, Sankt-Piterburg kabi yirik shaharlar avtomagistrallarida 30 kmgacha probka hosil bo’ladi, yana ba’zi yirik markazlar juda katta hajmda va yuklanish ostida ishlaydi; ularni yuklanishini ozaytirish va ishning bir qismini yangi markazlarga olish kerak. Rossiya Transport Vazirligi transport-logistika bo’limi boshlig’i muovini Aleksandr Nesnov shuni ta’kidlaydi:”…BMTning ma’lumotlariga ko’ra Rossiya hududida logistika tizimi mukammal yo’lga qo’yilmagan. Mamlakatning transport-logistika tizimini rivojlantirish uchun faqatgina regional ma’muriyatning xususiy investitsiyalari emas, balki bu muammoga umummilliy deb yondashish zarur.” Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun yagona multimodal logistika tizimini shakllantirish, qurilishi lozim hududlarga logistik komplekslarni qurish va logistikaga oid tadqiqotlarda to’plangan ma’lumotlarni kengroq ko’lamda o’rganish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |