2. Dunyoqarashning tarixiy shakllari Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli


Mifologik dunyoqarash va unga xos bo‘lgan xususiyatlar



Download 50,23 Kb.
bet5/11
Sana06.04.2023
Hajmi50,23 Kb.
#925623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2. Dunyoqarashning tarixiy shakllari Dunyoqarash olamni diniy, f (1)

1. Mifologik dunyoqarash va unga xos bo‘lgan xususiyatlar. Mifologik dunyoqarash inson va jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlariga xos bo‘lib, ma’naviy madaniyatning alohida shakli sifatidagi mifologiya bilan bog‘liq, uning vositasida qurshab turgan dunyoni va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish amalga oshiriladi. Mifologik ong o‘zining sinkretikligi11 – qorishiqligi, birlashganligi, qism va bo‘laklarga ajralganligi bilan farqlanadi. Afsonalarda diniy ishonch, ilmiy bilimlar kurtaklari, falsafa, san’at, siyosiy va ijtimoiy qarashlar murakkab tarzda o‘ylab topilib, talqin qilinadi. Afsonalarning ifodalanish shakllari ko‘pincha sezgi-shoirona tarzda bo‘lib, ularda aql-idrok tushunchasi ham shakllanmagan bo‘ladi. Afsonalarda taqqoslash, kinoya, o‘xshatish, ishoralardan tez-tez foydalaniladi.
Ijtimoiy hayotda faqat ijtimoiy voqelikni anglash va maqsadli takomillashtirish, shunchaki an’analarga, marosimlarga, qaror topgan xulq-atvor me’yorlari va qadriyatlarga tayanish mifologik ongga xosdir. Shu bilan ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va tartibga solish amalga oshiriladi.
Insonning madaniy yutuqlari, dunyo va insonning kelib chiqish masalalari, tarixiy voqealar, hayot va o‘lim masalasi, yaxshilik va yomonlik, shuningdek abadiy falsafiy muammolar, inson va dunyoning kelajagini bilishga intilish mifologiyaning predmeti hisoblanadi.
Ilk mifologiya xayoliy (bolalarcha) yarim xayoliy dunyoqarash sifatida baholandi, unda tarqalgan fikrlarga binoan, real voqelik g‘alati qiyshiq oynadagiday buzib ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirgi tadqiqotchilar bunday bir tomonlama baholashdan chekinib, miflarni ilk, ba’zan xayoliy sifatida, lekin borliqni bilishda unumli va chuqur urinish sifatida qaramoqda.
Hozirgi davrda mifologik dunyoqarash qoloq xalqlar o‘rtasida hukmronlik qilmoqda. Bir shakldan boshqa shaklga o‘tgan mifologik qoldiqlarning turlari ijtimoiy ongda va rivojlangan millatlarda saqlanmoqda. Masalan, ijtimoiy-siyosiy mif turlarida («xalq dahosi», «kuchli qo‘l», bir millatning ikkinchi millatdan ustunligi, «tanlangan millat» to‘g‘risida va boshqalar).
Shunday qilib, mifologik dunyoqarash (grekcha «mifos» - afsona, ertak va «logos» - tushuncha,ta’limot) - bu ibtidoiy odamlarning tevarak-atrofini qurshab turgan voqelikni naql, rivoyat, afsonalar shaklida jonlantirilgan obrazlar vositasi orqali tasavvur qilishi va shu asosda tushuntirilishidir. Bunday holat, birinchidan, ibtidoiy odamning o‘zini hali o‘rab turgan tabiiy muhitdan ajratmaganligi, ikkinchidan esa, ibtidoiy odam tafakkurining emotsional-ruhiy holatlardan aqliy bilish tomon aniq ajralmaganligi bilan ifodalanadi.

Download 50,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish