2. Dunyoqarashning tarixiy shakllari Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli


Falsafaning inson va jamiyat hayotda tutgan o‘rni



Download 50,23 Kb.
bet8/11
Sana06.04.2023
Hajmi50,23 Kb.
#925623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2. Dunyoqarashning tarixiy shakllari Dunyoqarash olamni diniy, f (1)

Falsafaning inson va jamiyat hayotda tutgan o‘rni. Falsafaning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni - bu uning inson va jamiyat rivoji uchun qo‘shgan hissasi va kelgusida nimalarni bajarishga qodir ekanligi bilan belgilanadi.
Falsafaning inson va jamiyat hayotidagi amaliy ahamiyati:

  1. Olamning eng umumiy qonunlari va prinsiplarini bilish.

  2. Olamda o‘zining tutgan o‘rnini va umrining mazmunini anglash.

  3. Haqiqiy hayotiy qadriyatlarni ajrata bilish va shunga qarab o‘z hayotini tashkillashtirish.

  4. Dialektik tafakkur tarzini egallash, ya’ni hayotning barcha qarama-qarshiliklarini anglash va ular orasidan to‘g‘ri yo‘lni tanlash.

  5. O‘zining barkamolligini ta’minlash yo‘lida falsafiy aql-zakovatni ishga solish.

  6. O‘zining ichki ma’naviy dunyosini har xil hayotiy «taqdirzarba» lariga bardoshli qilib chiniqtirishni mustahkamlash.

  7. Hozirgi zamon bilimlari puxta o‘zlashtirgan holda, uningkelgusidagi istiqbollarini ko‘ra bilish bilan belgilanadi.

Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam muno-sabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolar-ing barchasi avval boshda xususiy, milliy mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar, albatta, aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlikdegani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor "Milliy falsafa bo’li-shi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umu-minsoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?"- degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o’ziga xos milliy taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan savollar-dir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfa-atlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikr-lar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o’zi etnik maxdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsa-fa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsa-fani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud, degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning bar-chasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Naza-rimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizasiyaga uzviy qo’shilish ja-rayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhi-mi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish eva-ziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib bora-di.



Download 50,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish