15. Materiya kategoriyasi. Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jism, hodisa, jarayon, tafakkur, olamda mavjud aloqadorlik va munosabatlar hamda ularning xususiyatlarini qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni izlash substansiyani aniqlash yo‘lidir. Boshqa yo‘l – moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish elementlarini» – substratni qidirish. Uchinchisi – hamma narsani vujudga keltiruvchi bosh sababchi yoki ota modda, ya’ni pramateriyani axtarish yo‘li.
Bu mulohazalar materiya haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsur, atom, pramateriyaga nisbatan umumiyroq, barcha moddiy ob’ektlar, butun ob’ektiv reallikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyadir. Faylasuflar «Tom ma’nodagi materiya faqat fikrning maxsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi.
XX asrning o‘rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob’ektiv olam hakidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Olamning klassik mexanika nuqtai nazaridan nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar to‘g‘risidagi ilmiy manzarasi o‘rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit tug‘dirdi. Marksist-faylasuflar bu ta’rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (turli asbob, qurilmalar vositasida) ta’sir etuvchi, degan qo‘shimcha kiritishdi. Ular nazdida, materiya ob’ektiv reallik, ya’ni inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelik yoki butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Ob’ektiv reallikning mavjudligi qay namoyon bo‘lishi borliqning ajralmas xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so‘zi bilan ataladi.
16. . Kategoriya tushunchasi va uning turlari. Kategoriya sozi qadimgi yunon tilidan olingan: «izohlash», «tushuntirish», «korsatish», degan manolarni anglatadi.
Falsafa tarixida ilk bor kategoriyalarni Arastu tariflagan. Uning «Kategoriyalar» asarida ularni turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «orin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohladi.Falsafa fanining kategoriyalarini ularga oid turli qarashlar asosida quyidagicha tavsiflash mumkin: 1) obektiv voqelikning inikosi; 2) narsa-hodisalarning ozaro boglanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa-hodisalarning rivojlanishi bilan ozgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy mantiqiy bilish darajalaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |