2 Borliq tushunchasi mohiyati va mazmuni Borliq va uning shakllari



Download 95,08 Kb.
bet1/41
Sana01.02.2022
Hajmi95,08 Kb.
#422229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Falsafa to\'liq


1 Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni Falsafaning mohiyati - bu “olam-odam” tizimidagi umumiy muammolar ustida fikr-mulohaza yuritishdan iboratdir. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasi, ular qanday ilm bilan shug‘illanishidan qat’iy nazar filosofiya deb atalgan. Dastlabki falsafiy ta’limotlar Qadimgi Hindiston, Xitoy, Eron va Turon, Misrda paydo bo‘lib, qadimgi Gresiya – Yunonistonda o‘zining mumtoz shakliga erishgan.Falsafa ijtimoiy, tabiiy fanlar kabi mustaqil fan sifatida o‘z ob’ekt va predmetiga ega. Falsafaning predmetini «olam-odam» tizimi tashkil etadi
.2 Borliq tushunchasi mohiyati va mazmuni Borliq va uning shakllari. Faylasuflar qadim zamonlardan beri «borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishdi. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyat va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishdi. Borliq nima, degan savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan, biroq unga barchani birday qanoatlantiradigan javob hanuz topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar nazarida, borliq – moddiylik, moddiy jismlarni qamrab oluvchi ob’ektiv reallikdir. Unda inson tafakkuri, o‘y-xayollari borliq tushunchasidan tashqaridami, degan savolga, ular ob’ektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotiga oid bo‘limi – ontologiya deb ataladi (ilk bor X.Volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini shu soha o‘rganadi. Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik, mangulik bilan bir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo‘ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir. Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bo‘lgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni esa hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Borliq haqidagi konsepsiyalar. Markaziy Osiyo zaminida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, borliq quyosh va olovning hosilasi. Har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi, borliqqa mavjudlik baxsh etadi. Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi. Uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi. Demokrit fikricha, borliq atomlar majmuasidan iborat. Borliqning mohiyati uning mavjudligida. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir.Yevropalik olimlar David Yum va Jorj Berkli, borliqni sezgilarimiz majmuasi.Gegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bo‘lishi deb ta’riflaydi Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y-xayollarimiz barchasi birday mavjud, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo‘lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi. Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347 yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» bo‘lishi «ob’ektiv mavjud g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
3 Falsafaning baxs mavzular va asosiy muammolari Donolik” – hayotiy tajribaga tayanadigan teran aql-idrokni, haqiqat va yaxshilik birligini, oliy haqiqatni, sevgi va rostgo‘ylik mushtarakligini, aqliy va axloqiy kamolotning oliy darajaga yetgan holatini, qadriyatlarni qadrlash, his-tuyg‘ularning hayotga singib ketishini, har qanday narsaga va hodisaga mehr bilan qarash, har qanday masalaga, tashvishli murakkab holatlarda ham aql ko‘zi bilan qarash demakdir
Bu falsafaning predmeti va uning o‘zgaruvchan xarakteri bilan bog‘liq. Chunki, olam va odam, ularning ibtido va intihosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari umumbashariy fan sifatida falsafaning azaliy bahs mavzulari va asosiy muammolaridir. Shuningdek, muayyan davrda tug‘ilib, hal etiladigan o‘tkinchi muammolar abadiyatga dahldor bo‘lmasa-da, o‘z davri talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Diniy dunyoqarashda dunyoning maqsad va mazmuni – hammaning hammaga nisbatan umumiy muhabbatiga erishish, biroq bunga yo‘l erkinlik hamda yomonlik imkoniyati orqali o‘tadi. Xudo muhabbat va yaxshilikka majburlov yo‘li bilan erishishni xohlamaydi, U Ilohiy muhabbatni hayotning birdan-bir to‘g‘ri qonuni sifatida o‘zi anglab yetishi uchun dunyoga erkinlik bergan. Dunyo buni anglab yetgunga qadar maqsaddan ko‘p sonli chetga chiqishlar yuz berishi mumkin. Inson hayotining mazmuni – Xudoning xohish-irodasini erkin qabul qilish, o‘zidagi muhabbat bilan mushtarak bo‘lmagan ko‘r-ko‘rona erkinlikni yengish, erkinlik bilan Xudoning muhabbatini o‘zida birlashtirishdan iborat. Diniy dunyoqarash. Dinning asosiy funksiyalari. Dinning psixologik, gnoseologik, ijtimoiy va siyosiy ildizlari. Dinga nisbatan sotsiologik yondashuv. Diniy e’tiqodning tarixiy shakllari (feteshizm, animizm, totemizm, magiya).
4* Dialektika muqobilllari metofizika sofisstika elektika dogmatika Dialektika tushunchasi, mohiyati va uning muqobillari. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim sharti hisoblanadi.
Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mwavjud?
«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan Metafizika" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va boshqa) ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan.Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, qadimgi Yunonistonda mil. av. V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan. Sofistika namoyandalari Pratagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. Sofistikaning paydo bo‘lishi antik Yunonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan avval IV acp o‘rtalarida boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini qayta ishlashga intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi. Eklektika. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir. Dogmatika1 falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushuncha va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. U metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan so­fistikaga qarama-qarshi vujudga keldi.
5 Qadimgi sharqda falsafiy bilimlar rivoji Qadimgi sharqda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi va rivoji. Falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi qadimiy Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi. Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, badiiy-estetik, falsafiy tasavvurlari, bilimlari antiq davr mualliflari asarlarida, arxiologik manbalarda, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan.
Dastlabki falsafiy tasavvur va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan Bobilda er. av. IV ming yillikning boshlarida paydo bo‘ldi. Buni biz «Gelgamish haqida doston»da, Urik shahri hukmdori Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-uqibatlari, tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning inson turmushining abadiy manbai ekanligi, odamlar tabiiy qonunlar asosida yashashlari zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida bilib olamiz.

Download 95,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish