65
3-Bob. Banklararo hisob-kitoblar va uning tqlov tizimidagi qrni
1§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan
korxona va tashkilotlar soni oshib, ular o’rtasidagi iqtisodiy va boshqa munosabatlar
ham ko’payadi. Natijada ularga, xizmat ko’rsatuvchi muassasalar salmog’i ham o’sib
borishi tabiiy holdir. Korxona va tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarda vositachilik
xizmatlarini bajarish banklar zimmasiga yuklatilgan.
Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga
bir necha turdagi banklarni
oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo’shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat
banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot,
muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlar va jismoniy
shaxslarga xizmat ko’satadi. Banklar tomonidan halk xo’jaligiga xizmat ko’rsatish
jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi.
Banklararo munosabatlar
banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning
mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab
qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag’idan boshqa hisob varag’iga hujjatda ko’rsatilgan
summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi.
Demak, bir - birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisob
varaqalari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi
hisob - kitoblarni
yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank
xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul
o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari
deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi.
Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart.
Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish
tartibi
bir necha marta o’zgartirilgan.
O’tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar
davlat mulki bo’lib bir pog’onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni
olib borish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatlarini
jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga
oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan
hujjatlar asosida
«avizo», ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va
kredit avizolarga bo’linardi. Boshlang’ich oborotlar 830 hisob varaqada (joriy yilning
boshlangich avizolari) yakuniy oborotlar 840 hisob varaqada (joriy yilning yakuniy
avizolari) olib borilar edi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat
qilinar edi.
90-yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni
tashkil etish uchun hisob
markazlari (raschetniy tsentr) bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring
markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funktsiyalari bir xil
edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisob-kitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi
hisob-kitoblarni olib borish uchun 871-hisob raqami (Bir shahar ichidagi banklararo
o’zaro hisob-kitoblar) dan foydalanilar edi. Turli shaharlarda
joylashgan banklar bir-