5§. Noto’lovlar muammosi va uni bartaraf etish yo’llari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’lov majburiyatlarini o’z vaqtida va to’la hajmda
bajarish iqtisodiyotning turli sohalari faoliyatining zarur shartidir. Korxona, tashkilot,
banklar va davlat o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar muammosi doimo dolzarb shu
bilan birga hal etilishi qiyin bo’lgan muammolardan biri bo’lib qoladi. Chunki tovar
jo’natish yoki xizmat ko’rsatish bilan unga pulni to’lash vaqti bir-biriga to’g’ri
kelmaydi. Bu esa debetorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga keltirib chiqaradi.
Bunday qarzlar o’z vaqtida yopilmasa uzaytirilgan debetorlik yoki noqonuniy qarzlari
paydo bo’ladi.
Ma’lumki, noqonuniy kreditorlik, shu bilan birga muddati uzaytirilgan debetorlik
qarzlari hajmining ortishi, noto’lovlar holatining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu
esa shu mamlakat iqtisodining izchillik bilan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va
to’sqinlik qiladi.
Kreditorlik qarzlari - bu birlashma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan
vaqtincha jalb qilingan va muvofiq ravishda yuridik va jismoniy shaxslarga
qaytarilishi lozim bo’lgan pul mablag’laridir. Majburiyatlar va to’lov muddatlari
doirasidagi kreditorlik qarzlari qonuniy qarzlardir. Hisob-kitob va to’lov tartiblari
buzilganda noqonuniy kreditorlik qarzlari vujudga keladi. U aylanma mablag’lari
rejadan tashqari taqsimlanganligini bildiradi. Xaridor va buyurtmachilarning o’zaro
majburiyatlarga nisbatan befarqlik bilan qarashlari va ular tomonidan shartnoma
shartlariga rioya qilinmasligi debetorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelishining
asosiy sababidir. Korxona balansida muddati o’tgan qarzdorliklarning mavjudligi
salbiy alomat bo’lib hisoblanadi, chunki bu holda korxona balansining tarkibi
yomonlashadi. Bunda jalb etilgan mablag’larga ehtiyoj kuchayadi. Muayyan bir
xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot etkazib beruvchilar bilan o’z vaqtida hisob-
kitoblarni amalga oshirmasliklari noto’lovlar zanjirining paydo bo’lyshiga olib
keladi. Ushbu noto’lovlar zanjiriga nafaqat zaif, moliyaviy jihatdan layoqatsiz
korxonalar, shu bilan birga kuchli va to’lovlarga layoqatli, moliyaviy jihatdan
mustahkam bo’lgan korxona va tashkilotlar ham bog’lanib qolishlari mumkin.
Ehtiyoj kam bo’lgan, omborlarda me’yoridan ortiq to’planib qoladigan, raqobatga
bardosh bera olmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish ham debetorlik va kreditorlik
qarzlarining kelib chiqishiga olib keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
me’yoridan ortiq miqdorda omborlarda yig’ilib qolishi, korxona aylanma
mablag’larining muzlab qolishiga, ko’zlangan foyda miqdorining kamayishiga,
57
natijada, korxona moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Bu esa
noto’lovlar muammosini keltirib chiqaradi. Noto’lovlar muammosini keltirib
chiqaruvchi ko’plab omillarni keltirish mumkinki, ular qatoriga narx siyosati, soliq
siyosati, normadan ortiq bo’lgan inflyatsiya darajasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga o’zaro qarzdorliklarni keltiruvchi asosiy sabablar quyidagilar bo’lib
hisoblanadi:
1.Iqtisodiyotda to’lov vositalarining etarli emasligi;
2.Hisob-kitoblar uchun eng qulay to’lov vositalari sifatida hozirgi kunda amaliyotda
ishlatilayotganlariga qo’shimcha ravishda, mamlakatimizda ayrim sabablarga ko’ra
bekor qilingan chek va veksellarni ishlatilmasligi;
3.Korxona aylanma mablag’larining inflyatsiya sharoitida ma’lum miqdorda
qadrsizlanishi.
4.Mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsuloti doimo xaridorgir
bo’lmaganligi sababidan sotishning qiyinligi;
5.Marketingning etarli darajada rivojlanmaganligi;
6.Korxonalarni soliqqa tortish mexanizmi kamchiliklari mavjudligi oqibatida
aylanma mablag’larining yo’qotilishi.
Bu sabablarni davom ettirish mumkin. Lekin asosiy masala o’zaro qarzdorliklarni
to’liq yo’qotib bo’lmaydi. Ammo ularning umumiy summasini qisqartirish mumkin.
Respublikamizda hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ham aynan mana
shu qarzdorliklardir. Bu masala Respublika Vazirlar Mahkamasining majlislarida
hamda respublika iqtisodiyotini isloh qilish bilan bog’liq turli yig’ilishlari doimo
ko’rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazish va
qarzdorlik muammolari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. 1996 yil 24
yanvardagi "To’lov intizomini va o’zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash
chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni talablarini bajarish maqsadida, to’lovlarning
o’z vaqtida o’tkazilishi va vakillik hisobvarag’larining ahvoli ustidan doimiy nazorat
o’rnatishni ta’minlash xususidagi vazifalar belgilab berilgan. Tijorat banklariga
belgilab berilgan bir qator vazifalar bilan birgalikda Markaziy bankning bosh
boshqarmalariga tijorat banklarining joylardagi har bir boshqarmasi va bo’limlarida
yil davomida kamida 1 marta Davlat soliq boshqarmasi bilan kelishilgan,
muvofiqlashtirilgan tekshiruvlar rejasiga muvofiq debetor-kreditor qarzlar yuzasidan
tekshiruvlar o’tkazish topshirilgan.
Tijorat banklari mijozlar bilan “Bank-hisobvarag’ini yuritish bo’yicha shartnoma”
tuzishda bir qator nyuanslarni e’tiborga olishlari lozimligi belgilab berilgan:
1. Xo’jalik yurituvchi subektlar har oyning 6 kuniga ichki idoraviy o’zaro qarzlarning
summasini alohida qatorda ajratgan, barcha muddati o’tgan kreditorlik va debetorlik
qarzlarining yuzaga kelish sanasi va ularni undirib olish yuzasidan ko’rilayotgan
chora-tadbirlarni ko’rsatgan holda operativ ma’lumotlarni taqdim etish.
2. Har chorakda taqdim etilayotgan balans bilan birga 2-shakldagi “Debetorlik va
kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”ni taqdim etish to’g’risidagi band
mavjud bo’lishi shart.
Korxona va tashkilotlardan operativ, oylik va choraklik balans ma’lumotlarini,
muddati o’tgan debetorlik qarzlariga solishtirish dalolatnomalarini talab qilinishi,
58
ma’lumotlarni taqdim qilinayotgan mijozlarga nisbatan qanday choralar
ko’rilayotganini, olingan ma’lumotlarni tahlil qilib o’rganilishini ko’rib chiqish
lozim. To’lov hujjatlarida ya’ni to’lov talabnoma, topshiriqnomalarida xo’jalik
subektlari tomonidan yuborilayotgan mahsulot haqining oldindan to’lanayotgan
miqdori to’g’risidagi yozuv mavjudligi tekshirilishi kerak. Xo’jalik organlarida
debetorlik qarzlari holati bo’yicha o’tkazilgan tekshirish dalolatnomalarining sifatini
ko’rish va tekshirishda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo’yicha ko’rilgan
choralarni o’rganib chiqishlari lozim.
Hozirgi kunda banklar tomonidan noto’lovlarni qisqartirish bo’yicha bir qator
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari filiallari tomonidan 2-kartotekadagi
to’lov hujjatlari muntazam ravishda inventarizatsiya qilinib boriladi va uning
natijasida noto’g’ri qo’yilgan hisob-kitob hujjatlari aniqlanib, mijozlarga
qaytarilmoqda.
Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini
mustahkamlash bo’yicha hukumat komissiyasining 2000 yil 13 yanvardagi "Korxona
va tashkilotlarning muddati o’tgan debetorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish
chora-tadbirlari to’grisida"gi bayonnomasi talablarini bajarilishini ta’minlash
maqsadida xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar bilan hamkorlikda maqsadli to’lov
sxemalari ishlab chiqildi va shu sxemalar asosida bir kunlik kreditlar ajratiladi hamda
faktoring xizmatlari ko’rsatiladi. Sxema asosida kreditlar berish 23202-sonli maxsus
hisobraqam orqali amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlarning muddati o’tgan
debetor va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish uchun tijorat banklari tomonidan
aniq maqsadlar uchun kredit berish va faktoring xizmatini ko’rsatish quyidagi sxema
asosida amalga oshiriladi:
59
Do'stlaringiz bilan baham: |