oshirmaydigan ishsizlik» (ingl. Non-accelerating-Inflation Rate of Unemployment
- NAIRU), deb ham nomlanadi. Ishsizlikning tabiiy normasi esa iqtisodiyotdagi ish kuchiga talab va uning
taklifi real ish haqining darajasini barqaror ushlab turishini hamda mehnat
unumdorligi o‘sishi nol darajada bo‘lganda, narxlar darajasi o ‘zgarmasligini
ta’minlaydigan ish kuchining normasidir. Rivojlangan davlatlar uchun ushbu
ko‘rsatkich 4-5 % ni tashkil etadi. Ishsizlikning ana shu tabiiy normasiga,
odatda, ish bilan to‘la bandlik sifatida ham qaraladi. U o‘zgarishi mumkin. Bu
ko‘rsatkichga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
- davlatning ijtimoiy siyosati (ijtimoiy nafaqalarning yuqori darajasi friksiyali
(ixtiyoriy) ishsizlik ko‘payishi tufayli ishsizlik tabiiy darajasini oshiradi: bunday
holatda mehnatga layoqatli aholining bir qismi uzoqroq davr ishsiz maqomida
bo‘lishni maqbulroq topadi);
- ish kuchi demografik tarkibining o‘zgarishi (ish kuchi tarkibida ayollar,
yoshlar miqdorining ortishi. Mehnatga layoqatli aholining ushbu toifalari o‘rtasida
friksiyali ishsizlik homiladorlik va farzand ko‘rish hamda ta’lim olish davri
hisobiga ortadi).
Amerikalik iqtisodchi E. Felps tomonidan ishsizlikning tabiiy darajasining
tadqiq etilishi natijasida muhim xulosalar chiqarildi. U ishsizlikning tabiiy
darajasini mehnat bozoridagi qisqa muddatli vaziyatlar va quyidagi tarkibiy omillar
belgilashini asoslab berdi:
- ish kuchining mehnat bozoridagi taklifi;
- ish qidirishning xarajatlari;
- mehnat bozoridagi axborotning shaffofligi;
- ishsizlik nafaqalarining darajasi va boshqalar.
E. Felps uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish ma’nosida ishsizlikning tabiiy darajasi
iqtisodiyot rivojlanishining salohiyatini ko‘rsatishini quyidagicha izohlab bergan:
yangi ish joylarini yaratish to‘g‘risidagi qaror ishlab chiqarishning samaradorligi
va foyda olishni ko‘paytirish asosida qabul qilinadi.
Ishsizlik ko‘rsatkichlari va uni aniqlash usullari
Ishcizlik darajasi - mehnat bozorining ayni paytdagi ahvoli haqida va unda
muayyan vaqt mobaynida ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g ‘risida tasawur beradigan
asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ishsizilik darajasi, tahlil etilayotgan davming boshi
(yoki oxiri)dagi ahvolga ko‘ra, tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan
kishilar sonining It ana shu sanadagi iqtisodiy faol aholi soniga Fat nisbati sifatida
aniqlanadi.
Idt = I t : Fat • 100,0 % ,
bu yerda: Idt - ishsizlik darajasi.
Mehnat potensialidan foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining oshishi
ko‘proq ishsizlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu xorijiy va mahalliy iqtisodiy
adabiyotlarda turlicha talqin qilingan. Masalan, yapon statistikasida ishsizlik
darajasi (I) ikki usulda aniqlanadi:
ishsizlar soni
Id = ----------------------------------------------------
yollanma ishchilar + ishsizlar
Bunday yondashuvning asosiy kamchiligi shundaki, ishsizlik normasining
bo‘linuvchisi sifatida barcha ish kuchining miqdori emas, balki ish bilan band
ishlovchilar soni tanlangan:
ishsizlar soni
Id = ----------------------------------------------------
ish bilan bandlar + ishsizlar
Ikkinchi usulda ishsizlik normasini aniqlashda mehnatga layoqatli aholi sonidan
foydalanilgan. Lekin mehnatga layoqatli aholining hammasi ham ish joylariga ega
bo‘lavermaydi.
Fikrimizcha, ishsizlik darajasini ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga
boiish orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir:
ishsizlar soni
Id = ---------------------------------------------------- x 100 %.
iqtisodiy faol aholi soni
1. Ishsizlik darajasining asosiy ко ‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
a) ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi (Rid):
Rid = Ris / Ifas x 100 = Ris / (Bs+Ris) x 100;
b) umumiy ishsizlik darajasi (Uid):
Uid = lus / Ifas x 100 = Ius / (Bs+Ius) * 100;
v) to'liq ishsizlik darajasi (Tid):
Tid = Shbs / Ifas x 100,
bu yerda: Ris - ro‘yxatga olingan ishsizlar soni (kishi); Ifas - iqtisodiy faol aholi
soni (kishi); Ius - ishsizlar umumiy soni [(kishi) mehnatga layoqatli aholi orasida
tanlama tarzda o‘tkaziladigan so‘rovlar natijasida aniqlanadi]; Shbbs - shartli
ma’nodagi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar soni (kishi).
Shbbs = (ETf- SAf) : Xf),
bu yerda: STf - mintaqa iqtisodiy faol aholisining tadqiq qilinadigan davrdagi ish
vaqti (kishi-soatlar, kishi-kunlar)ning to‘liq jamlanma fondi; S A f - amalda ishlab
berilgan vaqtning jamlanma fondi; Xf - bir nafar xodimning tadqiq qilinayotgan
davrdagi ish vaqti (soatlar, kunlar)ning to‘liq fondi.
2. Ishsizlikning davomiyligi (oy) - tahlil etilayotgan davming oxiriga
kelib ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxslaming, shuningdek, ushbu davrda
ishga joylashgan ishsizlaming ish izlashlarining o‘rta hisobdagi davomliligini
tavsiflaydigan miqdor.
3. Mehnat bozoridagi tig ‘izlik koeffitsiyenti (Tk) bir bo‘sh o‘ringa to‘g‘ri
keladigan, ro‘yxatga olingan ishsizlar soni (Ris) bilan aniqlanadi:
Tk = Ris : EBs,
bu yerda: EBs - mazkur davrdagi bo‘sh ish o‘rinlarining jamlanma soni.
Ishsizlik tarkibini, ya’ni uning turli shakllari o‘rtasidagi nisbatni tahlil etganda,
ishsizlik darajasi bilan umuman mamlakat iqtisodiyotida, shu jumladan, alohida
(tarmoq va hududiy) mehnat bozorlaridagi bo‘sh ish joylari o‘rtasidagi nisbat
va o‘zaro bog‘liqlikni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu bog‘liqlikni