Ochiqlik printsipi:
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini;
tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
Byudjet jarayoni - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosi ustidan nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonidir.
Budjet tizimi budjetlarining tarkibi
Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:
Budjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish);
Budjetni ko’rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash;
Budjetni ijro etish;
Budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va
uni tasdiqlash.
Budjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini budjet loyihasini ishlab chiqish, uni muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)ga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) budjetni ijro etishga (budjet davri) va sakkiz oyga yaqini budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.
Budjet jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo’yiladi:
iqtisodiy va moliyaviy taraqqiyotga erishish maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni maksimal qidirib topish;
soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha, shuningdek ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning prognozlari va maqsadli dasturlariga muvofiq budjet daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash;
maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha, shuningdek budjetda ko’zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda budjet xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o’rnatish);
iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-krediti tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan moliyaviy barqarorlashtirishning umumiy dasturini budjet bilan muvofiqlashtirish;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan budjet taqchilligiga barham berish yoki uni qisqartirish;
hududlar, xo’jalik sohalari va budjet tizimi budjetlari o’rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi budjetlarni balanslashtirishmaqsadida budjetli tartibga solishni amalga oshirish;
zamonaviy axborot tizimi texnologiyalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali budjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Budjet jarayonini tashkil etishning ishtirokchilari mavjud bo’lib ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilardan iborat.
3-BOB. BUDJET JARAYONI
Do'stlaringiz bilan baham: |