O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan so’ng tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi. Tegishli budjetning ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi. Tegishli hisobot davri uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida ko’rib chiqilgandan so’ng O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib chiqiladi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi axborot O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb- saytiga joylashtiriladi. Nazorat uchun savollar Budj et jarayoni deb nimaga aytiladi?
Budjet jarayonining mazmuni nimalar bilan belgilanadi va unda nimalar muhim rol o’ynaydi?
Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining qanday bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi?
Budjet jarayonining oldiga qanday muhim vazifalar qo’yiladi?
Budjet jarayonining ishtirokchilari
kimlar (qanday sub’ektlar) hisoblanadi? Budjet jarayonini tashkil etishda qanday printsiplarga rioya qilinadi?
6Rodionova V.M. Finansi.-M.: «Finansi i statistika», 2011g., s.-251
7O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 52-I-son) 3-modda. 2013 yil 26-dekabrda qabul qilingan
8Understanding Government Budgets: A Practical Guide// R. Mark Musell (Author).- Routledge, 2008.- 108 pages
9Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-9th ed. 2013.- 656 pages
10O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 110-moddasiga ko’ra
11O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, VII bo’lim, 19-bob, 109-modda.
12O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining VII bo’lim, 19-bob, 109-moddasi asosida keltirildi.