16. Tanga ikki marta tashlangan. Hech bo‘lmaganda bir marta “ gerbli ” tomon tushish ehtimolini toping.
Javobi. 3/ 4.
17. Tangani uch marta tashlaganda hammasida “gerb” tushish ehtimoli topilsin.
Javobi. 1/8.
18. Qutida nomerlangan oltita bir xil kubik bor. Hamma kubiklar tavakkaliga bittalab olinadi. Olingan kubiklarning nomerlari ortib borish tartibida chiqish ehtimolini toping.
Javobi. 1/ 720.
19. Dastada 101, 102, … , 120 bilan nomerlangan ixtiyoriy taxlangan 20 ta perfokarta bor. Perfokartachi tavakkaliga ikkkita karta oladi. 101 va 120 nomerli kartalar chiqish ehtimolini toping.
Javobi. .
19. Yashikda 15 ta detal bo‘lib, ulardan 10 tasi bo‘yalgan. Yig‘uvchi tavakkaliga 3 ta detal oladi. Olingan detallarning bo‘yalgan bo‘lishi ehtimolini toping.
Javobi. .
20. Konvertdagi 100 ta fotokartochka orasida bitta izlanayotgan fotokar-tochka bor. Konvertdan tavakkaliga 10 ta kartochka olinadi. Bularning orasida kerakli kartochka ham bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. 21. Yashikda 100 ta detal bo‘lib, ulardan 10 tasi yaroqsiz. Tavakkaliga 4 ta detal olingan. Olingan detallar orasida: 1) yaroqsiz bo‘lmasligi; 2) yaroqli detallar bo‘lmasligi ehtimolini toping.
Javobi. 22. Qurilma 5 ta elementdan iborat bo‘lib, ularning 2 tasi eskirgan. Qurilma ishga tushirilganda tasodifiy ravishda 2 ta element ulanadi. Ishga tushirishda eskirmagan elementlar ulangan bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. .
23. Abonent, telefon nomerini terayotib nomerning oxirgi uch raqamini eslay olmadi va bu raqamlar turli ekanligini bilgani holda ularni tavakkaliga terdi. Kerakli raqamlar terilgan bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. .
24. Sexda 6 erkak va 4 ayol ishchi ishlaydi. Tabel nomerlari bo‘yicha tavakkaliga 7 kishi ajratilgan. Ajratilganlar orasida 3 ayol bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
25.Yashikda 15 ta mahsulot bo‘lib, ularning 10 tasi a’lo sifatli. Tavakkaliga olingan beshta mahsulot orasida 3 tasi a’lo sifatli bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
26. Guruhda 12 talaba bo‘lib, ulardan 8 tasi a’lochi. Ro‘yxat bo‘yicha tavakkaliga 9 talaba ajratilgan. Ajratilganlar orasida 5 ta a’lochi talaba bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
27.Qutida 5 ta bir xil buyum bo‘lib, ularning 3 tasi bo‘yalgan.
Tavakkaliga 2 ta buyum olingan. Olingan ikkita buyum orasida : 1) bitta bo‘yalgan buyum; 2) ikkita bo‘yalgan buyum; 3) hech bo‘lmaganda bitta bo‘yalgan buyum bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. 1) 2) 3)
28. “Maxfiy” qulfning umumiy o‘qida 4 ta disk bo‘lib, ularning har biri 5 ta sektorga bo‘lingan va sektorlarga turli raqamlar yozilgan. Disklarni ulardagi raqamlar aniq to‘rt xonali son tashkil qiladigan qilib o‘rnatilgan holdagina qulf ochiladi. Disklarni ixtiyoriy o‘rnatishda qulfning ochilish ehtimolini toping.
Javobi.