2. Aholisi. Qishloq xo’jaligini rivojlanishi. Xulosa. Kirish



Download 35,91 Kb.
bet2/4
Sana23.06.2022
Hajmi35,91 Kb.
#694209
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
AQSH 5

1.Hududlarini kengayishi.
Kolonial qaramlikdan endigina ozod likka erishgan AQSh hukumati keng qamrovli hududiar ekspansiyasi siyosatini amalga oshira boshladi.
Yangi hududlar tengsiz shartnomalar, savdo bitimlari, bosib olish asosida qo'shilar edi.
AQSh tarkibiga Luiziana (1803 y.), Florida (1819 y.) shtatlari kirdi.
1823 y.da AQSh "Monro doktrinasi'’ni e'lon qildi, unga binoan Yevropa mamlakatlarining Amerika ishlariga aralashuvi AQShga tahdid deb qaraldi. Shu bilan AQSh Meksikaga nisbatan bosqin chilik urushlarini amalga oshirish imkoniga ega bo'ldi.
Qo'shib olish va bosib olishlar:
Texas (1845),
Yangi Meksika (1849),
Yuqori Kaliforniya (1848),
Oregon (1846).
XIX asrning birinchi yarmida AQSh hududi 3,5-4 barobar kengaydi.
Yevropadagi doimiy ravishdagi urushlar amerika kapitalizmini
jadal o'sishiga sababchi bo'ldi. AQSh okean ortida bo'lganligi sababli ushbu urushlarda qatnashmasdi, shu sababdan yirik harbiy xarajatiardan holi edi.
Lekin barcha urush qatnashchilari bilan savdo-sotiq qilib daromad oldi.
Endi biz Alyaska qanday qo’lga kiritilganligi haqida ma’lumot olamiz.
Amerika qo‘shma shtatlari safiga 49-shtat bo‘lib kirgan Alyaskaning Rossiya tomonidan sotib yuborilishi tarixdagi eng yirik va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kelishuvlardan biridir. 1867-yildagi davlatlararo shartnomaga ko‘ra AQSh 7 200 000 dollar evaziga umumiy maydoni 1 518 800 km² bo‘lgan Alyaska yarimorolini atrofdagi kichik orollar va qirg‘oqdan naridagi 10 milya masofagacha qo‘shib sotib oladi. Eng qizig‘i bu kelishuv ko‘pchilik o‘ylaganidek Amerikaning o‘ta ayyorligi tufayli emas, Rossiya tarafining bu hududdan qanday qilib bo‘lsa-da qutulish, har qanday summaga bo‘lsa-da pullash ishtiyoqi kuchliligi tufayli amalga oshgandi.
Alyaska 1732-yilda Mixail Gvozdev va Ivan Fyodorovlar boshliq rus ekpeditsiyasi tomonidan kashf etilgan va Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilingandi. Uzoq yillar bu o‘lkaning imperiya uchun biror-bir nafi tegmadi. Alyaskadan davlat emas, jismoniy shaxslar foydalanib yurishdi. 1799-yilda Alyaskada «Rus-Amerika kompaniyasi» deb nomlangan maxsus monopolistik tashkilot tuzildi va aynan shu tashkilot deyarli 70 yil, Alyaska sotilgunga qadar bu hududni boshqarib keldi.
Alyaskani biz oltin, neft va beqiyos tabiatga ega boy o‘lka sifatida bilamiz. Lekin u davrlarda oltin va neft hali topilmagan, go‘zal tabiat esa hech kimni qiziqtirmasdi. Rus-Amerika kompaniyasi tashkil bo‘lib shuncha yil ishladi hamki davlatga biror rubl foyda keltirmadi. Boz ustiga bu kompaniya davlat xazinasidan yiliga 200 000 rubl dotatsiya (yordam puli) ham olardi. Cheksiz-chegarasiz bu hududda bor-yo‘g‘i ikki ming nafarga yaqin ruslar, undan ham oz boshqa millat vakillari va oltmish mingga yaqin mahalliy hindular hamda eskimoslar bir-birlari bilan adovatda yashashardi. Alyaskada mustamlakachilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan tuzukroq daromad manbai yo‘q, mahalliy aholi hayvonlar mo‘ynasini pullab amal-taqal kun kechirardi. Aksiga olib bu hayvonlar soni ham ruslar yashaydigan joylarda yildan-yilga kamayib borar, ov qilish uchun mahalliy aholi yashaydigan ichki hududlarga kirib borishga esa hech kimda yurak yo‘q edi.
Yana Alyaskadan San-Fransiskoga muz olib borib sotishar, hali muzlatkichlar ixtiro qilinmagan bu davrda muz ham ozmi-ko‘pmi pul bo‘lardi.
Amerika Alyaskani sotib olganidan keyingi o‘ttiz yil davomida ham ahvol deyarli o‘zgarmadi. Mana shu yillar ichida bu yerlarni sotib olgan siyosatchilar pulni shamolga sovurganlar sifatida deyarli xalq dushmaniga aylanishdi.
Alyaskani sotib yuborish fikri Sharqiy Sibir gubernatori graf Nikolay Muravyov-Amurskiydan chiqqandi. 1853-yilda u imperatorga yozgan xatida Rossiya bunchalar uzoqda bo‘lgan bu o‘lkani saqlay olmasligini, imkon bo‘ldi deguncha Alyaskani pullab, bu mablag‘ni ichki muammolarni hal qilish hamda Sibir, Amurbo‘yi yerlarini o‘zlashtirishga, Osiyodagi ta’sirlarni kuchaytirishga sarflash lozimligini batafsil tushuntiradi. Turli xil urushlarga aralashib qolgan, iqtisodi ancha nochor ahvolga tushib qolgan Rossiya bordi-yu Alyaskaga birorta davlat hujum qilsa himoya qilolmasligi aniq edi. U davrlarda biror-bir hududni bosib olish va o‘z mulki deb e’lon qilish butunlay qonuniy bo‘lish bilan birga odatiy bir hol bo‘lgan. Ya’ni Alyaska sotilmasa yo borgan sari qudrati oshib borayotgan AQSh, yo Rossiya bilan yovlashib yurgan Angliya ertami-kechmi bu hududga ko‘z tikishi va egallab olishi aniq edi. Texasni Amerika Meksikadan tortib olgani va kamiga Kaliforniyani ham sotishga majbur qilgani bu fikrning isboti edi.
Bu vaziyat imperator Aleksandr IIning kichik ukasi, buyuk knyaz Konstantin Nikolayevichni qattiq o‘yga cho‘mdiradi va u Vashingtondagi Rossiya vakili, baron Eduard Steklga Alyaskani sotish lozimligi uqtiradi. 1857-yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu taklifni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi. Lekin bu masala AQShda boshlangan fuqarolar urushi tufayli keyinga qoldiriladi.
1866-yilda Aleksandr II ning o‘zi ham ishtirok etgan maxsus kengashda Alyaskani kamida 5 mln dollarga sotishga qaror qilinadi. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor edi. Hali asosiy va yagona xaridor bo‘lgan AQShdan biror-bir taklif tushmagan, xaridorga sotib olishni taklif etish imperiya uchun dunyo hamjamiyati oldida past ketishdan o‘zga narsa emasdi. Shuning uchun ishni imi-jimida hal qilish bunaqa ishlarga usta bo‘lib ketgan baron Eduard Steklga yuklanadi.
1867-yilda Vashingtonga kelgan Stekl AQSh davlat kotibi Uilyam Syuard bilan uchrashadi. AQSh Alyaskani sotib olishi uchun qulay imkoniyat borligini tagdor gaplar bilan pisanda qilib qo‘yadi hamda birinchi taklif AQSh tomonidan chiqishiga erishadi. Prezident Jonson bu fikrni ma’qullaydi va bu masala yuzasidan Uilyam Syuardni AQSh vakili etib tayinlaydi. 1867-yil 30-martda Alyaska sotilishi bo‘yicha ikkitomonlama shartnoma imzolanadi. Alyaska 7 200 000 dollarga shu pulga yarasha oltin berish sharti bilan sotiladi.
Bu ko‘pmi-kammi?! Narx borasidagi tortishuvlar hanuz davom etmoqda. Umumiy maydoni 1 518 800 km² bo‘lgan Alyaska yarimoroli har bir kvadrat kilometri uchun 4 dollaru 73 sentga yoki bir gektari 5 sent atrofida pullanadi. Tekin berib yuborilgan ekan-da dersiz? Lekin o‘sha davrlarda bu juda katta pul edi. Qiyoslash uchun shuni aytib o‘tish lozimki, deyarli 15 shtat hududini qamrab olgan, Alyaskadan ham kattaroq 2 100 000 km² bo‘lgan va yaxshi o‘zlashtirilgan tarixiy Luiziana fransuzlar tomonidan AQShga 10 mln dollar evaziga sotilgandi. Arzon sotilgan degan fikr yurituvchilar ham qaysidir ma’noda haqdirlar. Boylik tushunchalari anchagina boshqacharoq bo‘lgan u davrlarda Nyu-Yorkdagi o‘sha davrda yagona bo‘lgan 3 qavatli sud binosi AQSh hukumatiga butun Alyaskaga nisbatan qimmatroqqa tushgandi.
1867-yilning 18-oktyabrida Alyaska rasman AQShga topshirildi va katta tantanada Rossiya bayrog‘i tushirilib, miltiq o‘qlari sadolari ostida AQSh bayrog‘i ko‘tariladi. Mahalliy aholiga tanlash imkoniyati beriladi. Ular AQSh fuqaroligini qabul qilishlari yoki Rossiyaga qaytishlari mumkin edi. Shundoq ham Alyaskadan bezor bo‘lib yurgan ruslarning ko‘pchiligi kemalarga o‘tirib jo‘nab qolishadi. Hozir ham 18-oktyabr har yili Alyaska kuni sifatida nishonlanadi.
Shartnomada kelishilgan mablag‘ oradan deyarli bir yil o‘tgandan so‘ng, 1868-yilning 1-avgustida Steklga topshiriladi. Bu mablag‘dan 21 000 dollari Steklga mukofot sifatida, 10 000 dollar (!) kelishuv to‘g‘risida Peterburgga xabar berish uchun telegrammaga, 134 000 dollari AQSh hukumatini bu kelishuvga ko‘ndirgan turli xil amaldorlarga pora sifatida beriladi.
Qiziq fakt, Rossiya Alyaska sotilishi uchun shuncha pul pora berishga ham rozi bo‘lgan. Alyaska uchun olingan mablag‘ asosan Rossiya temir yo‘llari tizimini rivojlantirishga sarflangan.
Endi Alyaska sotilganidan keyingi faktlarga e’tibor bering:
Alyaska AQSh tasarrufiga o‘tganidan so‘ng 30 yil o‘tib bu hududdagi Klondayk degan joyda oltin konlari topiladi va «Oltin talvasasi» butun dunyodagi oltintoparlarni Alyaskaga chorlaydi.
XX asrda ochilgan neft va gaz konlarining o‘zidan 200 milliard dollarga yaqin daromad olinadi.
1988-yilda hisoblanishicha, Alyaskadagi baliqchilikning o‘zidan 1 kunda Alyaska sotib olinganidan ko‘ra ko‘proq daromad olinarkan.
Alyaskani sotib olish orqali AQSh tarixdagi eng foydali bitimni amalga oshirgan. Bu o‘lkadan topilgan pullardan tashqari Alyaska AQShning bu sarhadlardagi harbiy salohiyatini ham oshirib yuborgandi.
7 200 000 dollarlik chek
Alyaska sotilishi bilan bog‘liq mish-mishlar va noto‘g‘ri fikrlar:
«Kelishuv puli to‘lanmagan va Amerika Rossiyani aldagan. Shuning uchun Rossiya Alyaskani qaytarib olishi mumkin». Buning aslo iloji yo‘q. Chunki yuqoridagi fikrlar o‘z isbotini topgan taqdirda ham har ikki davlat qonunlarida ko‘rsatilgan da’vo muddati allaqachon o‘tib ketgan.

«Alyaska sotilmagan. Balki 99 yilga ijaraga berilgan. AQShning Alyaskani ХХ asrga kelibgina o‘z safiga 49-shtat sifatida qo‘shib olganining sababi shu». Bu ham isbotini topmagan mish-mish. Alyaska sotilayotgan davrda imperatorning obro‘sini to‘kmaslik maqsadida o‘ylab topilgan va qog‘ozga tushirilgan uydirma.


«Alyaska evaziga olingan oltinlar Rossiyaga yetib kelmagan. Yo‘lda qaroqchilar talab ketishgan, qolgan-qutganini ortgan kema okeanga cho‘kib ketgan». Buyam bir mish-mish. Pullar banklargacha yetib borgan va imperator xohishiga ko‘ra sarflangan.
«Alyaskani uzoqni ko‘ra bilmaydigan Yekaterina II sotib yuborgan». Bunisi endi hech qanday qolipga sig‘maydi. Yekaterina II 1796-yilda, Alyaska sotilishidan 71 yil oldin o‘lib ketgandi.

https://uz-wikipedia-org.turbopages.org/uz.wikipedia.org




Download 35,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish