2.Aholisi. XIX asr o'rtasiga kelib hududlar ekspansiyasi natijasida shtatlar soni 13 tadan 30 gacha ko'paydi.
Hududiarning kengayishi quyidagi muhim demografik o'zgarishlarga olib keldi: aholining tez o'sishi, aholini G'arbga faol migratsiyasi va asta-sekin urbanizatsiyasi.
1790 y.da AQSh aholisi 3,9 mln.kishi edi. 1860 y.da esa 314 mln.kishi.
Aholi sonini o'sishi ichki omillar (tabiiy o'sish) hamda tashqi omillar (immigrantlar oqimi va qullarni olib kelish) hisobiga amalga oshdi.
AQShda katta yerlarning mavjudligi Yevropadan ko'chib keluvchilarni o'ziga jalb qilar edi.
Demografik holatning o'zgarishi urbanizatsiyada o'z aksini topdi. Mehnat taqsimoti shahar aholisini o'sishiga olib keldi
AQSHning yirik shaharlari : Nyu-York, Sinsinnati, Filadelfiya, Chikago, Klivlend, Sent-Luis.
Oq tanli kopgina kishilar - ishchilar, fermerlar, ziyolilarning ilgor qatlamlari qulchilikning bekor qilinishi uchun kurash olib bordilar. Shu tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi.
AQSHda qulchilikka nafrat bilan qarovchi kishilar soni tobora ortib bordi. 50- yillarning oxirlarida atoqli abolitsionist, oq tanli fermer Jon Braun Virginiyada qullar qozgolonini kotarishga urinib kordi. U Allegan togida mustahkamlanib olib, bu yerdan qozgolonni plantatsiyalarga yoyishni umid qilgandi. Braun otryadi uning ozini, uch ogli va ikki kuyovini qoshib hisoblaganda 22 kishidan iborat bolgan. Otryadda 5 nafar qora tanli kishi ham bor edi. Yomgirli tunda u qurol-yaroglar saqlanadigan kichik omborni bosib olishga muyaffaq boldi. Songra Braun qoshni
plantatsiyalardagi qullarni ozod qilish va quldorlarni garov sifatida qolga olish uchun oz odamlarini yubordi. Ammo Braun umumiy qozgolon kotarishga muvaffaq bololmadi. Vashingtondan kelgan qoshin Braunning deyarli butun otryadini qirib tashladi. Ogir yarador bolgan Braun qamoqqa olindi va osib oldirishga hukm qilindi.
Quldorlar isyoni.Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim ham tola shakllanib bolgan edi. Respublikachilar partiyasining xalq orasida eng obroli arbobi Avraam Linkoln (1809-1865) edi.
Linkolnning qulchilikka qarshi chiqishlarini ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilgor qismi qollab-quvvatladi. Respublikachilar partiyasi Linkolnni prezidentlikka nomzod qilib korsatdi va u 1860yilgi saylovda galaba qozondi. Uning Prezident qilib saylanishi bilan hukumatda quldorlar hukmronligiga barham berildi. Bu esa qulchilik dushmanlarining juda katta va ayni vaqtda tinch yo'1 bilan erishgan siyosiy galabasi edi. Ular birinchi marta hukumatda hokimiyatni oz qollariga oldilar. Janub plantatorlari saylovda maglubiyatga uchragan Demokratlar partiyasining asosiy tayanchi edi. Ular endi qonuniy yollar bilan qulchilikni saqlab qolishga muvaffaq bololmasliklariga ishonch hosil qildilar.
Shuning uchun ozlarining alohida qulchilik davlatlarini tuzishga kirishdilar. Qulchilik shtatlari AQSH tarkibidan chiqqanliklarini, janubiy shtatlarning oz prezidentiga ega bolgan konfederatsiyasi tuzilganligini e'lon qildilar. ozlarining alohida qoshinini ham tuzdilar. Shu tarzda janub plantatorlari qulchilikni saqlab qolish yolida milliy manfaatlarga xiyonat qildilar. Endi AQSHda fuqarolar urushi boshlanishi muqarrar bolib qoldi.
Fuqarolar urushi (1861-1865).1861- yilning aprel oyida Shimol bilan Janub ortasida fuqarolar urushi boshlan- di. Kuchlar nisbati jihatidan Shimol ustun edi. Fuqarolar urushi 1865- yilning aprelida Shimolnung galabasi bilan tugadi. Biroq reaksion kuchlar A. Linkolnni yollanma qotil qoli bilan otib oldirishga muvaffaq boldilar. Biroq bu qotillik qulchilikni bekor qilishga tos- qinlik qila olmadi. 1866- yilda AQSH Kongressi tomonidan konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. Unga muvofiq qora tanlilar oq tanlilar qanday fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bobalar, ular ham bu huquqlarni oldilar.
Fuqarolar urushining natijalari.Urashda Shimolning erishgan galabasi katta tarixiy ahamiyatga ega boldi. galaba mamlakat yaxlitligini saqlab qoldi. Qulchilik bekor qilindi va gomstedlar togrisida qonun qabul qilindi. AQSHda garbiy yerlardagi qishloq xojaligida kapitalizm rivojlanishining amerikacha yolini kengaytirish uchun imkoniyat ochildi. galaba garbiy yerlarning quldorlar tomonidan bosib olinishi xavfiga barham berdi. Janubda ham fermerlar soni kopayib, bu yerda burjuaziya sobiq quldorlarning yerlarini sotib oldi va bu yerlarni qisman mayda uchastkalarga bolib sota boshladi. Tarixiy galaba sanoat ozgarishini tezroq tugallash va Amerika sanoatining o`sishi uchun sharoit yaratdi.
Abolitsionistlar (inglizcha - bekor qilish) -Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari.
Gomstedlar haqidagi qonun - G 'arbdagi bo 'sh yotgan katta yer jamg 'armasini fermer xo 'jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo 'lib berish to 'g 'risidagi qonun.
Fermer - xususiy yoki uzoq muddat ijaraga olingan yerda qishloq xo 'jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug 'ullanuvchi qishloq xo 'jaligi tadbirkori, fermer xo 'jaligi egasi.