Fan nomi: Iqtisodiyot ta’limotlar tarixi O’qituvchi: Farhod Holmatjonov Tayyorlovchi talaba: Lazizjon Usmonov Mavzu: AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodoy rivojlanishi.
Xulosa. Kirish Buyuk geografik kashfiyotlar sayyoramizning o’zlashtirilmagan kengliklariga qilingan qator dengiz ekspeditsiyalari natijasi edi. Ularda Yevropaning turli davlatlaridan ko'plab dengizchi va olimlari ishtirok etdilar. Amerikaning ochilishi va Afrikani aylanib o'tib, Hindistonga borish yo’lining kashf etilishiga olib kelgan ikki qator ekspeditsiyalar bu kashfiyotlarning ibtidosi bo'ldi.
Hindistonga dengiz yo'lini ochish uchun portugaliyaliklar bir necha bor ekspeditsiya uyushtirdilar va XV asr davomida Afrkaning G'arbiy sohili bo'ylab borgan sari janub tomon siljidilar. 1486 yili Bartolomeo Dias boshchiligidagi Portugaliya flotiliyasi, dovul oqibatida Afrika sohillaridan uzoqlashib ketganiliga qaramay, kutilmaganda Afrika materigining janubiy nuqtasi (Dobra-ya Nadejda buruni) aylanib o'tdi. O’n ikki yildan so'ng Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hind okeaniga o'tib, Hindiston qirg'oqlariga yetib bordi. Ispaniyada g'arb yo'nalishida ekspeditsiya uyushtirildi. 1492 yili Xristofor Kolumb tomonidan Amerika kashf qilindi.
Shu tariqa birgina xatolik va tasodif tufayli hozirda butun dunyo tan olgan va rivojlangan Amerika kashf qilindi.
Mustamlakachilik davri igtisodiyotiga keldigan bo’lsak. Yevropaliliklar tomonidan Amerikani o'zlashtirilishi Buyuk geografik kashfiyotlar davridan Boshlandi Shimoliy Amerikada birinchi koloniyalar XVII asrning boshida Angliya, Gollandiya va Fransiyadan kelgan ko 'chmanchilar tomonidan tashkil etilgan edi Angliya kolonizatsiya jarayonidan avval Gollandiyani, so'ng XVIlI asr 60-yy da Fransiyani siqib chiqardi Amerikaga birinchi bo'lib savdo kompaniyalari vakillari kelish gan.
Ingliz qiroli Yakov I 1606 y.da London va Plimut kompaniyalariga Atlantika qirg'og'ini egallashga xartiya (yozma ijozat) berdi. Keyinchalik bu yerlarga Londondan ishchilar, ustalar va tadbir korlar ko'chib kela boshladi. Diniy e'tiqodi nuqtai-nazaridan puritan jamoalari ko'chib kela boshladi.
Yerlarni chegaralash natijasida yersiz qolgan dehqonlar, kasbga ega bo'Imagan yoshlar, kambag'allar ham ko'chib keldi. Undan tashqari ingliz hukumati mustamlakalarga mehnatga layoqatli jinoyatchilarni jo'natar edi.
1775 yil 17 aprel sanasida ingliz va amerikalik mustaqillik kurashchilari o'rtasida ilk marta qonli jang yuz beradi. Smit qo'mondonligi ostida Bostonga yuborilgan ingliz qo'shinlari amerikaliklar qopqoniga tushib qoladi va chekinishga majbur bo'ladi. Xuddi shunday voqea yana Leksingtonga yuborilgan ingliz qo'shinlari bilan ham yuz beradi. 17 iyun sanasida Boston yaqinidagi Banker Xil tepaligida yuz bergan jangda amerikaliklar mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, inglizlar ham katta talafot beradi.
1776 yil bahorida Britaniya qiroli amerikalik ayirmachilar qarshiligini bostirish uchun gessenlik yollanma qo'shin yuboradi. Ingliz hukumati shu yilda ayirmachilar qo'liga o'tib ketgan Nyu-Yorkni, Filadelfiyani qaytarib olishga muvaffaq bo'ladi. Nizo kuchayib borayotgandi. Aynan shu paytda Amerikadagi 13 koloniya birlashib, 1776 yil 4 iyul sanasida AQSh mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinganini va mustaqil AQSh davlati tashkil topganini e'lon qiladi.
Fransiya azaliy raqibi Angliya imperiyasini zaiflashtirishdan manfaatdor holda AQShdagi ozodlik kurashi tarafdorlarini qo'llab-quvvatlashni boshlaydi. Urushda har ikki taraf ham katta talafot ko'rgan, butun-butun qishloqlar yoqib kulga aylangandi. Mustaqillik urushi to 1783 yilga qadar davom etadi. 1783 yilning 20 iyun sanasida so'nggi jang sifatida tarixda qoldi.
Britaniyada ham koloniyalar bilan urushga qarshi parlamentda turli noroziliklar yangray boshlaydi.
Britaniya bosh vaziri Frederik Nort ishonchsizlik bildirilishi oqibatida o'z vakolatini topshirishga majbur bo'ladi. Britaniya AQSh vakillari bilan muzokaralar olib borishga rozilik beradi. 1782 yilda AQSh va Buyuk Britaniya o'rtasida sulh bitimi imzolanadi. 1783 yilning 3 sentyabrida Buyuk Britaniya AQSh mustaqilligini tan oladi.
Endi shu taqa AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishini ko’rib chiqamiz.