202-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini ko‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi taqdimnomalari kiritilgan kunidan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda esa kiritilgan kunidan e’tiboran yetti kun ichida Kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi.
203-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi dastlabki tarzda mas’ul qo‘mitada ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi, Kengash kiritilgan taqdimnoma yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroridan qo‘shimcha materiallar talab qilib olishi mumkin.
204-modda.
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va o‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Mas’ul qo‘mitaning raisi yoki uning topshirig‘iga binoan qo‘mita a’zolaridan biri Qonunchilik palatasining yoki Kengashning majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasini o‘qib eshittiradi va mas’ul qo‘mitaning ushbu taqdimnoma yuzasidan xulosasi haqida ma’lumot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga so‘zga chiqishi va deputatlarning savollariga javob berishi uchun so‘z navbati beriladi.
O‘ziga nisbatan daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ana shu masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida ko‘rib chiqilayotganda tushuntirishlar berishga haqlidir.
205-modda.
Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
206-modda.
Qonunchilik palatasiga jinoyat ishining tugatilgani haqida yoki ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan ish yuritish tugatilgani, shuningdek daxlsizlik huquqidan mahrum etilishiga rozilik berilgan deputatga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgani haqida xabar tushgan taqdirda Qonunchilik palatasi o‘zining eng yaqin majlisida rozilik berish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, shuningdek zarurat bo‘lganda, tegishli sudga yuboriladi.
19-kazus
O‘zbekiston Respublikasit Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga deputat so‘rovi yubordi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri so‘rovga 8 kun ichida yozma javob yubordi.
Yozma javobdan qoniqish hosil qilmagan deputat yozma javob bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga oydinlik kiritish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirini Qonunchilik palatasi fraksiya yig‘ilishiga kelishini so‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |