Vaziyatga huquqiy baho bering.
Javob
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASINING REGLAMENTI TO‘G‘RISIDA
32-modda. Parlament so‘rovi
Qonunchilik palatasi davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif palata qo‘mitalari, fraksiyalar, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
Qonunchilik palatasi parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.
Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim. Parlament so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘roviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |