2- variant mavzuga oid masala


Xukumat maslahatchisi-xazina vakili vazifasi



Download 424 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2022
Hajmi424 Kb.
#642855
1   2   3
Bog'liq
bank huquqi ON

Xukumat maslahatchisi-xazina vakili vazifasi. Bu vazifa “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat banki sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi, Ana shu hisobvaraqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi, davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi, davlatga bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obliga tsiyalarini harid qilish tarzida kredit beradi, hukumati doralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi.
Markaziy bank hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati pul-kredit va soliq-budjet siyosati sohasida hamkorlik qiladi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xazina) agenti vazifasiga muvofiq hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan, hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni yuritadi, davlat Qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarini hal etishdaqatnashadi.
Rasmiy oltin -valyuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisob-kitoblarda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi va zifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit siyosatida va mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanishi mkonini beribginaqolmay, balkidunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin valyuta zaxiralarini qiymatini saqlabturishi mkoniyatini yaratadi. boshqa moliya muassasalari, korxonalar va xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqiborligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir, boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklarida likvidlilik muammosi bo‘lganda ular o‘z aktivlari garovi asosida Markaziy bankdan kredit olishi mumkin, banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisobvaraqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham ular Markaziy bankka murojaat qilishadi.



  1. Mijozlarga hisob va ssuda hisob varaqlarini ochish va yuritish bo’yicha me’yoriy talablar

Jismoiniy shaxslar hisob-kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.
* Milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi.
* Bankda hisobvaraq ochish uchun shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi.
* Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin bank 1 ish kuni ichida hisobvaraq ochib berishi lozim.
* Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

3.Bankka oid munosabatlar yuzasidan nizolar tushunchasi va kelib chiqish sabablarini so’zlab bering?


Qo‘pol qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:


- litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi;
- sodir etilishi uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatini olish talab etiladigan harakatlarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmay turib amalga oshirilganligi;
- bankning yoki banklar guruhining faoliyatidagi qo‘pol qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Markaziy bank ko‘rsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi;
- foydani taqsimlashda ushbu Qonunning 39-moddasida ko‘rsatilgan talablarning bajarilmaganligi;
- bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi;
- bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan ko‘proq muddat davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdordan sakson foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi;
- bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;
- litsenziyada nazarda tutilmagan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi;
- ushbu Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat amalga oshirilganligi;
- bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi;
- buxgalteriya hisobining hisobotga oid ma’lumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning yoki banklar guruhining haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;
- auditorlik tashkilotiga bankning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy axborotlar taqdim etilmaganligi;
- Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qilinganligi;
- bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
- Markaziy bankka axborotni taqdim etmaganlik, o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki bankning yoki banklar guruhining to‘lov layoqatini yoxud likvidligini baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi buzilgan yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi;
- oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotning oshkor etilmaganligi;
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida, ichki nazoratda, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish tizimida bankning to‘lov layoqatiga tahdid soluvchi yoki zarar ko‘rilishiga olib keluvchi nuqsonlarning mavjudligi;
tizimli ahamiyatga ega banklar tomonidan Markaziy bankning bufer kapitaliga oid talablariga rioya etilmaganligi;
- bank tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yoki filiallar ochishga doir cheklovlarga va (yoki) taqiqqa rioya etilmaganligi;
bank tomonidan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi taqdim etilmaganligi;
- bankning kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiq emasligi;
- bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi;

Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:


- prudensial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno;
- bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdordan sakson foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi;
- banklar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi;
- moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi;
- Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risida bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv a’zolari tomonidan bajarilmaganligi;
- bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv a’zolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi;
- buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi;
- xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi;

4.Bankka oid munosabatlarda huquqni buzilish ehtimoli mumkin bo’lgan holatlar tasnifini bering?


5.Bankka oid huquqbuzarliklar qanday ko’rib chiqiladi?

Markaziy bank ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan bankka, uning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolariga, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llashga haqli.


Qoidabuzarliklar qo‘pol, jiddiy va juz’iy qoidabuzarliklarga bo‘linadi.
Choralar va sanksiyalarni qo‘llash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Choralar va sanksiyalar qo‘llanilganda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi:
tavakkalchilikning darajasini, qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini;
qoidabuzarliklarning tizimliligini va davomiyligini;
yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarning moliyaviy holatga ta’sirini;
qo‘llaniladigan choralar va (yoki) sanksiyalar natijasida vaziyatni o‘zgartirish imkoniyatini;
aniqlangan qoidabuzarliklarning va (yoki) tavakkalchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni;
ilgari qo‘llanilgan choralar va sanksiyalarning samaradorligini (natijadorligini);
bank, bevosita va bilvosita aksiyador tomonidan, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor, kuzatuv kengashining va boshqaruvning a’zosi, bankning muhim ahamiyatga ega xodimi tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar ko‘rilishini.


6.«O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida»gi qonuni qachon qabul qilingan va uning tuzilishi qanday?
" O'zbekiston Respublikasining Markaziy bank to'g'risida" gi qonuni 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan. Ushbu qonun 9 ta bo'lim va 60 ta moddadan iborat. Qonunning yangi tahriri 2019-yil 11-noyabrda qabul qilinngan. Qounun 11 ta bob va 72 ta moddadan iborat


2-Topshiriq.Bank strukturasini jadvalga kiriting.

Download 424 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish