2 -modul. Kuch transformatorlari va avtotransformatorlar. 2- mavzu: kuch transformatorlari va avtotransformatorlar



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#810857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza. 3-kurs sirtqi



2 -MODUL. KUCH TRANSFORMATORLARI VA AVTOTRANSFORMATORLAR. 
 
 2- MAVZU: KUCH TRANSFORMATORLARI VA AVTOTRANSFORMATORLAR. 
Reja:
2.1.
Kuch trаnsformаtorlаri vа аvtotrаnsformаtorlаr. 
2.2.
Avtotransformatorlarning tuzilishi bilan ish rejimining xususiyati.
2.1. KUCH TRANSFORMATORLARI TUZILISHI
VA AVTOTRANSFORMATORLAR.
Yuqori kuchlanishdagi katta quvvatli transformator murakkab qurilma boʻlib, koʻp sonli 
konstruktiv elementlardan tashkil topadi, ulardan asosiylari quyidagilar: magnit tizimi (magnit 
oʻtkazgich), choʻlgʻamlar, izolyatsiya, chiqqichlar, bak, sovitish qurilmasi, kuchlanishni rostlash 
mexanizmi, himoyalash va oʻlchash qurilmalari hamda aravachalar. 
Magnit tizimida
transformatorning asosiy magnit oqimi oʻtadi («magnit oʻtkazgich» nomi 
shundan kelib chiqqan). Magnit oʻtkazgich transformatorning konstruktiv va mexanik asosi 
hisoblanadi. Magnit oʻtkazgich bir–biridan izolyatsiyalangan elektrotexnik poʻlatdan 
tayyorlangan alohida–alohida listlardan yigʻiladi. Elektrotexnik poʻlatning sifati magnit 
induktsiyasining ruxsat qilingan kattaligiga va magnit oʻtkazgichdagi isroflarga ta`sir etadi. 
Koʻp yillar davomida listning qalinligi 0,5–0,35 mm li, ruxsat etilgan induktsiyasi 1,4–1,45 
Tl, solishtirma quvvat isrofi 2,5–3,5 Vt/kg boʻlgan qizdirib prokatlangan ECH1, ECH2 poʻlat 
ishlatib kelindi. Hozir ruxsat etilgan induktsiyasi 1,7 Tl gacha, solishtirma quvvat isrofi 0,9–1,1 
Vt/kg boʻlgan, sovuqlayin prokatlangan teksturali, ya`ni donlari muayyan tartibda joylashgan 
E330,E330A poʻlat ishlatiladi. Bunday poʻlatdan foydalanish katta magnit induktsiyasiga yoʻl 
qoʻyish hisobiga magnit oʻtkazgich kesimini ancha kamaytirish, choʻlgʻam oʻrami diametrini 
kamaytirish, transformatorlarning massasi va o`lchamlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Poʻlatdagi solishtirma quvvat isrofni kamaytirish, magnit oʻtkazgichni puxta yigʻish, 
shpilkasiz konstruktsiyalardan foydalanish, oʻzaklarni yarmo bilan qiyshiq shixtovka yordamida 
biriktirish transformatorning salt ishlashidagi quvvat isrofini va magnitlash tokini kamaytirishga 
imkon beradi. Hozirgi katta quvvatli transformatorlarda magnitlanish toki 0,5–0,6% I
nom
ni tashkil 
qiladi, qizdirib prokatlangan poʻlatdan tayyorlangan transformatorlarda esa bu kattalik 3% ga 
yetar edi, salt ishlashdagi quvvat isrofi taxminan ikki marta kamaydi. 
Transformatorning poʻlat listlari bir–biridan puxta izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. 
Dastavval qogʻozli izolyatsiya qoʻllanilar edi. Listlarning bir tomoniga yupqa maxsus qogʻoz 
yopishtirilar edi. Qogʻoz listlarni bir–biridan elektrik jihatdan toʻliq izolyatsiyalaydi, ammo 
yigʻishda oson yirtiladi va magnit oʻtkazgichning oʻlchamlarini kattalashtiradi. Hozir 0,01 mm 
qalinlikda lok surkab listlarni izolyatsiyalash keng qoʻllanilmoqda. Lok pardasi listlar orasida 
yetarli darajada ishonchli izolyatsiya hosil qiladi, magnit 
oʻtkazgichning yaxshi sovishini ta`minlaydi, qizishga 
chidamliligi yuqori va yigʻish paytida buzilmaydi. 
Keyingi paytda metallurgiya zavodlarida prokatlashdan 
soʻng poʻlat taxtalarning ikki yuzasiga issiqqa chidamli 
qoplama surkash yana ham kengroq qoʻllanilmoqda, 
qoplama qalinligi 0,01 mm dan kam boʻlib, magnit 
tizimning xossasini yaxshilaydi. 
Magnit oʻtkazgich va uning konstruktiv detallari 
transformator asosini tashkil etadi. Asosga choʻlgʻam 
oʻrnatiladi va choʻlgʻam bilan kirish simlari 
oʻtkazgichlar yordamida ulanib, asosga mahkamlanadi 
va bu bilan transformatorning aktiv qismi hosil
qilinadi. 
Transformatorlarning choʻlgʻamlari 
kontsentrik 
yoki navbatma–navbat keluvchi boʻlishi mumkin. 
Birinchi holda NN va VN choʻlgʻamlari silindrlar 
6.1–rasm. Transformator 
choʻlgʻamlari: 
a–kontsentrik; b–almashinadigan 


koʻrinishida tayyorlanib, sterjenda bir–biriga nisbatan kontsentrik joylashtiriladi (6.1–rasm,a).
 
Koʻpchilik kuch transformatorlarida choʻlgʻamni shunday tayyorlash qabul qilingan. Ikkinchi 
holda VN va NN choʻlgʻamlari bir xil diametrli qisqa silindrlar koʻrinishida tayyorlanib, 
sterjenda biri ustiga ikkinchisi joylashtiriladi (6.1–rasm, b). Bunday choʻlgʻamda kavsharlash 
ishlari nihoyatda koʻp, ixcham emas va maxsus elektr pechi transformatorlari yoki quruq 
transformatorlar uchun qoʻllaniladi, chunki choʻlgʻamlarning sovish sharoitini yaxshilaydi. 
Transformatorning 
izolyatsiyasi
uning eng muhim qismidir, chunki transformatorning 
ishonchli ishlashi asosan uning izolyatsiyasining ishonchliligiga bog`liq.
Moyli transformatorlarda asosiy izolyatsiya boʻlib, qattiq dielektriklar: qogʻoz, elektr 
karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladigan moy hisoblanadi. 
Transformator bakiga moyning oksidlanish mahsulotlarini yutuvchi selikagel yoki boshqa 
modda bilan toʻldirilgan termosifon filtr mahkamlanadi. Moy filtr orqali sirkulyatsiyalanganida 
uzluksiz tozalanib turadi. 
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat–oʻlchash va himoya 
qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va termometr kiradi. Moy 
koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning qopqogʻiga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga 
moy sathining pasayish relesi va gaz relesi kiradi. 330–750 kV li quvvatli transformatorlarda 
qoʻshimcha ravishda kirish joylari izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (KIV) va yuqori 
kuchlanishli germetik kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish