Strategiyani joriy etish va amalga oshirish. Strategiyani joriy etish asosiy ma’muriy vazifadir, u o‘z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil tashkilot tuzish;
- strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bo‘lgan resurslarni yo‘naltiruvchi moliyaviy rejani ishlab chiqish;
- ko‘zlangan maqsadga jadal erishishga yo‘naltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;
- mukofotlash tizimini qo‘yilgan maqsadyaarga erishish natijalari bilan boglash;
- tashkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tug‘diruvchi muhit va ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish;
- tashkilotning har bir azosiga kunma-kun o‘z vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qo‘llab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;
- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tatbietish;
- strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur bo‘lgan ichki etakchilik tizimini joriy etish.
Ma’muriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir.
Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qo‘llab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar shaklida namoyon bo‘luvchi) o‘rtasida mutanosibiblik qancha yuqori bo‘lsa, strategiya shuncha muvaffao‘iyatli amalga oshiriladi.
Ishlarni baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va to‘g‘rilovchi harakatlarni amalga oshirish.Boshqaruv strategiyasining yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib bo‘lmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar o‘zgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu to‘plangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bog‘liq. Tashkilot strategiyasini amalga oshirish yo‘llarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yo‘llarni izlash amalga oshiriladi.
Yuqorida berilganlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni boshqaruv strategiyasi 5 o‘zaro bog‘liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik ko‘ra bilish va tashkilot vazifasini shakllantirish; maqsadlarni belgilash; maqsadlarga erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va amalga oshirish; ishlarni baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va to‘grilovchi harakatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar bir yo‘la va abadiy hal bo‘lmaydi, chunki tez-tez yangi vaziyatlar yuzaga kelishi natijasida to‘grilovchi harakatlar o‘tkazish zarurati yuzaga chiqadi.