2- kurs III semestr


Palpatsiya: Perkussiya



Download 15,84 Mb.
bet47/192
Sana23.04.2022
Hajmi15,84 Mb.
#575619
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192
Bog'liq
2 kurs kattalarda HP amaliy mashg\'ulotlar

Palpatsiya:

Perkussiya:

  • yurak uchi turtkisi;

  • puls (soni, ritmi, to’lishi, kuchlanishi, ekstrasistolik);

  • qon bosimini o’lchash.

Auskultatsiya:

  • yurak ritmi;

  • yurak tonlari;

  • yurakda eshitilidigan qo’shimcha tonlar;

  • yurak shovqinlar.

Klinik holat va simptomlar. So`rab-surishtirish. Yurak tomirlar tizimi kasallangan bemorlar yurak sohasi va to’sh orqasida og’riq borligi, yurak o’ynashi va yurak ishida to’xtalishlar bo’lib turishi, hansirash, shishlar kelib turishi, o’ng qovurg’alar ostida og’irlik sezilishi, dispeptik o’zgarishlar, bosh og’riqlaridan noliydi. Yurak sohasidagi og’riqlar jiddiy shikoyat bo’lib hisoblanadi. Yurak nevrozida odatda yurak uchi sohasida og’riqlar sezilib, uzoqroq davom etib boradi, odam hayajonlanganida zo’rayadi, tinchlantiruvchi dorilar (valokordin) bilan bosilib qoladi. Stenokardiya (ko’krak qisishi)da og’riqlar odam yurganida, jismonan zo’riqqanda, issiq xonadan sovuqqa chiqqanida paydo bo’ladi, ular odatda to’sh orqasidan joy oladi, atigi bir necha minut davom etib, volidol yoki nitrogliserin ichilganida tez o’tib ketadi. Miokard infarktidagi og’riqlar stenokardiyada bo’ladigan og’riqlardan tabiatan farq qiladi. Bular ancha zo’rroq bo’lib, bir necha soat va hatto kun davom etib boradi, validol va nitrogliserin ichilganidan keyin o’tib ketmaydigan bo’ladi.
Hansirash qon aylanishi yetishmasligida ko’p uchraydigan shikoyatlardan biridir. Yurak kasalliklari bor bemorlarda hansirash avvaliga jismoniy zo’riqish vaqtida, zinadan chiqilayotganida paydo bo’ladi va bir necha vaqtdan keyin o’tib ketadi.Yurak kasalliklarida hansirash paydo bo`lishining sababi gazlar almashinuvining buzilib, chala oksidlangan maxsulotlarning qonda to’planib qolishi, ya’ni karbonat kislota to’planib qolishi nafas markazini ta’sirlantirib, nafasning tezlashib va chuqurlashib qolishiga olib keladi. Hansirash keyinchalik tinch turgan mahalda ham yuzaga keladi.
Bo’g’ilish hurujlari odatda to’satdan, aksari kechasi tutib qoladi. Bo’g’ilish huruji tutgan mahalda bemor birdan havo yetishmay qolganini sezadi, ko’kragida g’arg’araga o’xshagan xirillashlar paydo bo’ladi, qon aralash balg`am tushadi. Ana shunday xuruj yurak astmasi deyiladi.
Yurak o’ynashi bemorga yurak qisqarishlari tezlashib ketgandek bo’ladi. Normada yurak qisqarishlari bir minutda 60-80 marotabaga teng.
Taxikardiya – yurak urishining tezlashishi, bir daqiqada 80 marotabadan ko’p.
Bradikardiya – yurak urishining sekinlashuvi, bir daqiqada 60 marotabadan kam.
Sog`lom odamlarda yurak o`ynashi jismonan ko`p zo`r berilganidan keyin kuzatiladi. Gohida bemorlar yurak ishining to`xtab-to`xtab qolishidan noliydi, bu-yurak ekstrasistolasining oqibatidir.
Yurak kasalliklarida shish paydo bo’lishi, ya’ni to’qimalar orasidagi suyuqlik miqdorining patologik o’shishi kuzatiladi. Avvaliga shishlar kechga yaqin borib paydo bo`ladi, tuni bilan esa yo`qolib ketadi. Shishlarning paydo bo`lishi birinchi galda venalar va kapillyarlarda bosim ortib ketishiga bog`liqdir. Qon yurishuvining sekinlashib qolishi va kapillyarlar o`tkazuvchanligining kuchayishi qondan to`qimalarga suyuqlik o`tishiga sabab bo`ladi.
Arterial bosimning oshishi gipertoniya kasalligining asosiy simptomidir. Arterial bosimning qisqa muddatga oshishi jismoniy va emosional zo’riqishlarda yuzaga keladi. Agar arterial bosim doimo va uzoq muddat oshsa, bu har xil a’zo va tizimlarda o’zgarishlarga olib keladi..
Sianoz – lablar, burun uchi, barmoqlar, tirnoqlar ko’karishi bo’lib, yurak yetishmovchiligining belgilari bo’ladi.
Hozir aytib o`tilgan asosiy simptomlardan tashqari bemorlar uyqusi buzilib ko`ngil aynishi, qayt qilishi, qorni dam bo`lib, ichi yaxshi yurishmasligiga shikoyat qilishi mumkin. Bemorlarda markaziy nerv tizimiga aloqador funksional o`zgarishlar kuzatiladi, bular darmonsizlik, tez charchash, uyqu buzilishi, bosh og`rig`i, bosh aylanishi ko`rinishida bo`ladi.

Download 15,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish