2- kurs III semestr



Download 15,84 Mb.
bet19/192
Sana23.04.2022
Hajmi15,84 Mb.
#575619
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   192
Bog'liq
2 kurs kattalarda HP amaliy mashg\'ulotlar

Ko’zdan kechirish: bemorning o’rindagi xolati; yuzdagi zianoz; hansirash; bo’g’ilish; barmoqlar tirnoqdagi holati; ko’krak qafasi shakli.

Pal’patsiya: tovush tebranishlarini aniqlash; og’riqlarni aniqlash.

Perkussiya: o’pka chegaralarini aniqlash; o’pka pastki chegaralarini xarakati; perkutor tovushning o’zgarishi.

Auskul’tatsiya: nafas olish xarakteri; bronxofoniya; xirillashlar; krepitatsiya;plevraning tebranishi; shovqinlar.

Bemorni ob’ektiv tekshirganda teri, yuz ifodasi, labidagi uchuqlar (herpes), ko’krak qafasi shakli, nafas qisilishining mavjudligi ko’krak kafasining nafas olishda qatnashmayotganligi, auskultatsiyada xirillashlarning mavjudligiga aloxida e'tibor berib, o’quvchilar diqqatini tortish kerak. Bunda o’quvchilarni faollashtirib mustaqil ravishda kasallik belgilarini aniqlashlariga imkon berish kerak. Agar bemor balqam ajratsa uni ko’zdan kechirib baholashni ham o’rgatish kerak. Ob'ektiv tekshiruvdan so’ng qo’shimcha tekshiruvlar natijalarini o’quvchilarga o’qib eshittiriladi va harorat varaqasini o’quvchilar e'tiboriga havola qilinadi. O’quvchi isitma xarakterini aniqlashi lozim. Shuni unutmaslik kerakki, keksa yoshdagi insonlarda zotiljam kasalligining kechishi og’ir va yurak kasalligi bilan chalkashib ketadi. Bunday xollarda hamshira yurak qon tomir va nafas olish tizimlari kasalliklariga xos bo’lgan belgilar asosida ularni kuzatib borishi kerakligini uqtirish kerak. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarning kuzatuvchanlik faoliyatini oshirib borish kerak. Namoyish qilingan bemor muhokama (taxlil) qilinganda o’quvchi bemor xolatidagi o’zgarishlarni aniqlay bilishi kerak. Nafas a'zolari kasallangan bemorlarda nafas qisilishi “bo’g’ilish” gacha borishi mumkin, ayniqsa zotiljam kasalligida keksa yoshdagi insonlarda yurak, qon tomir, buyrak, ichak faoliyatining buzilishi xam kuzatiladi. Ayrim xollarda asorat ko’rinishida abtsess, plevrit ham rivojlanishi mumkin. Shu kabi asoratlarni oldini olish va davo maqsadida bemorlarni parvarish qilish rejasini ishlab chiqib, parvarish qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ya'ni yotoq rejimga amal qilish, ko’p miqdorda suyuqliklar ichish, oqilona ovqatlanish, terini parvarish qilish, og’iz bo’shlig’ini parvarish qilish, banka va xantalma qo’llash qoidalariga amal qilish hamda balg’amni tekshirish uchun yig’ish muolajalarini muximliligini aytib o’tish kerak. Sul’fanil’amid va antibiotiklar qo’llaganda undan kelib chiqadigan asoratlar haqida tushuncha berish kerak.
Bemor muhokamasi yakunida o’qituvchi raxbarligida bemor xaqidagi ma'lumotlar jamlanib taxlil qilinadi. Muammolari aniqlab, muximlilik darajasiga qarab ketma-ketligi yaratiladi. Shu asosda bemor uchun xar bir muammosiga parvarish rejasi tuziladi.
Bemorlarga hamshira yordamini tashkil qilishda tashxls qo’yish va bu tashxis asosida maqsadga yo’naltirilgan parvarish - shifoxonada hamshiralik ishi jarayonining moxiyatini belgilab berishni o’qituvchi ta'kidlab o’tadi. Demak hamshira tomonidan ko’rsatilayotgan parvarish hamshiralarga tayangan xolda amalga oshirilishi zarur.
"Hamshira tashxisi"ni qo’yish jarayonida o’quvchilar bemorning axvoliga tog’ri baxo berish uchun bemor bilan to’g’ri suxbatlashib, uning shikoyatlarini tinglashadi, sub'ektiv va ob'ektiv ma'lumot to’plashadi. Barcha to’plangan ma'lumotlar o’quvchilar tomonidan yuritilayotgan kundalik daftarlariga qayd etib boriladi. O’quvchilar bemor muammosiga asoslanib "Hamshira tashxisi"ni qo’yishadi, tashxis asosida hamshiralik parvarishi rejasini tuzishadi. Bunda hamshira bemorni parvarish qilish natijasida kutiladigan maqsadni belgilaydi va bunga erishish maqsadida qilinishi kerak bo’lgan ishlar rejasini ishlab chiqadi. - Rejada maqsadlar aniqlab olinishi shart, chunki shu maqsadlarga erishish uchun qilinadigan xarakatlar ish rejasining asosiy mazmuni xisoblanadi.

Download 15,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish