2- kurs “farmakologiya” fanidan oraliq nazorat biletlari. 1-bilet


Dori moddalarining biologik transformasiyasi



Download 173,39 Kb.
bet13/57
Sana14.07.2022
Hajmi173,39 Kb.
#795251
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Bog'liq
oraliq javoblari farma. 2022-retseptlarsiz

3.Dori moddalarining biologik transformasiyasi.
Javob: Moddalar jigarda, buyraklarda, o’pkada, suyaklarda va boshqa to’qimalarda to’planishi Mumkin. Odatda dori moddalarining qo’shilish, to‗planish, o’z holiga qaytish Xususiyatlari bor. Dorilaming uzoq muddatga qo’shilish, to’planishi ulamingOrganizmdagi ta‘sir muddatini uzaytiradi. Soch, tirnoq, tishlarda to’plangan moddalar bu To’qimalardan deyarli chiqib ketmaydi. Masalan, tetratsiklin tishdagi kalsiy ortofosfat Bilan qo’shilib, tishning o’sishiga va rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun yosh Bolalarga tetratsiklinni qo’llash man etiladi.Ko’pchilik dori moddalari organizmdaO‗zgarish (biotransformatsiya)ga uchraydi. Biotransfonnatsiya jarayonida jigarning Mikrosomal fermentlari qatnashadi, yog‗da eriydigan moddalar suvda eriydigan Metabolitlarga aylanishi ham mumkin. Dori moddalari ikki yo’l bilan: metabolik Transformatsiya va konyugatsiya yo’li bilan o’zgaradi. Metabolik transformatsiyada Moddalar asosan qaytarilish, gidrolizlanish va oksidlanish hisobiga o’zgarishgauchraydi. Konyugatsiya jarayonida dori modda yoki uning metabolitlari boshqa Kimyoviy guruhlar (metil, atsetil, sulfat, glyukuron kislota) bilan birikadi, natijada Organizmdan oson chiqadigan .moddalar hosil bo’ladi.Metabolik transformatsiya va Konyugatsiya jarayonlari jigarda o’tgani uchun ko’pchilik moddalarning ta‘sir kuchi, Muddati, shuningdek, zaharli bo’lish-bo’lmasligi jigar holatiga bog’liq. Jigarkasalliklari Ko’pchilik moddalami qo’llash uchun to‗sqinlik qiladi, chunki uning zararsizlantiruvchi Faoliyati keskin kamayib ketgan bo’ladi.
4.Kanakunjut moyi (oleum Ricinum) emulsiyasi.
5.Galantamin gidrobromid (Galanthamini hydrobromidum)-0,1 % 1ml eritma teri ostiga .
6.”Ferropleks” 100 dragega resept yozing.

6- bilet
1.b-adrenomimetiklarning farmakologik xossalari.
Javob: Izadrin, salbutamol, alupent
Moddalar tanlab Pj va P2— adrenoretseptorlami qo’zg’atib, asosan yurakka, bronxlarga Va qon tomirlarga ta‘sir ko’rsatadi. Yurak va yurakning o’tkazuvchan sistemasidagi p - adrenoretseptorlami qo’zg’atib yurak kuchini, urish tezligini, atrioventrikulyar o’tkazuvchanligini, avtomatizmini, sistolik bosimni oshiradi. Qon tomirlarda Joylashgan P 2 — adrenoretseptorlami qo’zg’atib, ulami kengaytiradi, diastolik bosim Pasayadi. Chetda joylashgan qon tomirlaming umumiy qarshiligini pasaytiradi, venalar Qisqaradi. Izadrin yurak mushaklarining kislorodga bo’lgan ehtiyojini oshirishi tufayli Gipoksiya yuz berishi mumkin. Izadrin bronxlardagi P2 — adrenoretseptorlam I Qo’zg’atib, ularni kengaytiradi. M oddalar almashinuviga adrenalinga o’xshab ta‘sir Ko’rsatadi, qand va erkin yog’ kislotalar miqdorini oshiradi, giperglikemiya adrenalinga Nisbatan kamroq bo’ladi. Yurak mushaklarining hujayralarida kreatinfosfat, ATF, Kaliy m iqdori kamayadi. Yosh bolalarda izadrinning moddalar almashinuviga ta‘siri Kattalarga, ayniqsa, qariyalarga nisbatan kamroq bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda Va emizikli bolalarda katexolammlaming qaytadan neyronlar bilan qamrab olinishi, MAO va KOMT fermentlarining faoliyati kamroq bo’lishi tufayli izadrin ta‘siri ularda Davomliroq bo’ladi. Izadrin boshqa a‘zolarda joylashgan P2-adrenoretseptorlami ham Qo’zg’atib, me‘da-ichak, bachadon tonusini susaytiradi, skelet mushaklarini Bo’shashtiradi, markaziy nerv sistemasini qo’zg’atadi.Izadrin bronxial astma xurujlari, Astmoid bronxitlarni, atrioventrikulyar bloklami davolash uchun asosan aerozol Hamda til osti tabletkalari shaklida qo’llaniladi.Izadrin ta‘sirida quyidagi noxush asoratlar ro’y beradi: yurak tez uradi, aritmiyalar paydo Bo’ladi, bemor qaltiraydi, boshi og’riydi. Ingalyatsiyani, ayniqsa, bolalarda ehtiyotlik Bilan o’tkazish lozim, chunki bolalarga izadrin nazoratsiz tez-tez qo’llanilsa, yurak Tomirlarida og’ir asoratlar, o’pkada havo almashinuvining o’zgarishi, hatto hayot Uchun xatarli holatlar ro’y berishi mumkin.Bronxial astma astmoid holatlarda Qoilanilganda noxush asoratlar kelib chiqadi, masalan, taxikardiya, taxiaritmiya paydo Bo’lishi mumkin. Shuning uchun ushbu kasalliklami davolashda tanlab, asosan bronxlarda Joylashgan P — adrenoretseptorlarga ta‘sir etuvchi moddalami izlash zarur bo’ladi. Salbutamol, alupent moddalari shu talablarga qisman javob berishi mumkin. Bular Kimyoviy tuzilishidan izadringa o’xshaydi.Salbutamol asosan bronxlaming P2 — adrenoretseptorlami qo’zg’atib, ulami Kengaytiradi. Davo miqdorlari taxikardiya paydo qilmaydi, qon bosimini O’zgartirmaydi. Alupent aerozol sifatida hamda parenteral bronxial astma xurujlarida, Surunkali astmoid bronxitlarida,o’pka emfizemasida qo’llaniladi. Alupentning Aerozollari 4-5 soat davomida bronx mushaklarini kengaytirishi mumkin.Salbutamol Aerozol hamda tabletkalarda qo’llaniladi, bolalarda qonning gaz tarkibini, nafas Ko’rsatkichlarini yaxshilaydi. Og’iz orqali qo’llanilganda bolalarga nisbatan yuqoriroq Miqdorda yuboriladi, chunki salbutamol ichak va jigardan boshlab eliminatsiyaga Uchraydi. Og’iz orqali qo’llanish bronxial astma xurujlarining oldini oladi.Salbutamol Bolalarda ko’k yo’talni davolashda ham qo’llaniladi. K o’k yo’talni paydo qiladigan Mikroorganizmning toksini P —adrenoretseptorlar faolligini kamaytiradi, shuning Uchun nafas yo‗llarining silliq mushaklari qisqaradi. Salbutamol esa p2—Adrenoretseptorlami qo’zg’atib, yo’tal xurujlarini, bolaning ko’karib Ketishini kamaytiradi.Salbutamol homiladorlarda qo’llanilgan da bachadon qisqarishini Susaytirishi mumkin, shunga ko’ra bu modda vaqtidan oldin boshlangan tug’ruqni To’xtatish, homilani saqlash uchun qo’llanadi, bunda onada va tug’ilgan chaqaloqdarda Taxikardiya va gipoglikemiya yuz berishi mumkin.Fenoterol asosan P2 — Adrenoretseptorlami adenilatsiklaza mexanizmi tufayli qo’zg’atadi, bronxlarni, qon tomirlami kengaytiradi, bronxial astmaning xurujlarida aerozol sifatida qo’llaniladi, Shifobaxsh miqdori yurak, qon-tomirlarga salbiy ta‘sir ko’rsatmaydi

Download 173,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish