Tana harorati qanday o‘lchanadi?
Tana haroratini o‘lchashning bir necha usuli bor va har biri uchun o‘zining normal ko‘rsatkichlari belgilangan. Eng ko‘p tarqalgan usullarga quyidagilar kiradi:
Aksilyar (qo‘ltiq ostida). Tana haroratining aniq ko‘rsatkichda o‘lchash uchun teri quruq, termometr tanaga zich birikkan bo‘lishi kerak. Bunday o‘lchash usulida ko‘proq vaqt sarflanadi – 7-10 daqiqa. Qo‘ltiq ostidagi normal ko‘rsatkich 36,2-36,9 °C dir.
Rektal (to‘g‘ri ichakda). Bolalar uchun eng ko‘p tarqalgan usul to‘g‘ri ichak sohasida tana haroratini o‘lchashdir. Buning uchun elektron termometrdan foydalangan yaxshiroq, uning yumshoq uchini to‘g‘ri ichak sohasiga 1-1,5 daqiqa davomida ushlab turish kifoya. Normal ko‘rsatkich – 36,8-37,6 °C (qo‘ltiq ostidan o‘rtacha 1 °C ga farq qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |