Termometr turlari
Hozirgi kunda dorixonalarda, tana haroratini o‘lchash uchun har xil turdagi termometrlarni topsa bo‘ladi. ularning har birida o‘ziga xos yutuqlari va kamchiliklari bor:
Simobli (maksimal) termometr. Eng aniq ko‘rsatib beruvchi termometr va narxi ham hamyonbop. Bundan tashqari shifoxona, poliklinikalarda ham keng ko‘lamda foydalaniladi. Chunki uni dezinfeksiya qilish oson va ko‘pchilikka qo‘llasa bo‘ladi. Kamchiligi shundaki, bunday termometrlar yordamida tana haroratini o‘lchash uchun ko‘proq vaqt sarflanadi va ular sinuvchan bo‘lishadi. Singan termometr esa zaharli simob bilan xavf tug‘diradi. Shuning uchun bolalar tana haroratini o‘lchash uchun kam qo‘llaniladi, ayniqsa og‘iz orqali o‘lchashda juda xavfli.
Do'stlaringiz bilan baham: |