Tana haroratining pasayishi sabablari
Tana harorati pasayishiga olib keluvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Hayot tarzi va sharoit tufayli organizmning umumiy kuchsizligi;
Ovqatlanishning yetarlicha bo‘lmasligi, to‘yib uxlamaslik, stress va emotsional zo‘riqishlar termoregulyatsiyani buzishi mumkin;
Endokrin tizimi tomonidan kamchiliklar, gormonlarning yetarlicha sintezlanmasligi;
Sovuq qotish. Bunday sharoitda organizmning immun tizimi susyadi va infeksiyalar rivojlanishi bilan kurasha olmay qoladi;
Immun tizimining sustligi;
Nur va radio terapiyalaridan keyin;
Bundan tashqari past tana harorati OITS kasalligiga duchor bo‘lgan insonlarda ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |