Q=19000-2P ko‘rinishida edi. So‘ngra esa reklama tufayli 11000-2P ga ortdi. Bozorning oldingi va hozirgi muvozanat parametrlarini toping.
Testlar Texnologiyaning takomillashuvi nimaning siljishiga olib keladi:
egri talab chizig‘ini yuqori va o‘ngga;
egri talab chizig‘ini chapga va pastga;
egri taklif chizig‘ini yuqori va o‘ngga;
egri taklif chizig‘ini chapga va pastga;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:
talab taklifga teng bo‘lsa;
narx xarajatlar qo‘shilgan foydaga teng bo‘lsa;
texnologiya darajasi bosqichma-bosqich o‘zgarib tursa;
taklif hajmi talab hajmiga teng bo‘lsa;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Talab qonuni deyiladi, agar:
taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi narxni tushushiga olib keladi;
iste’molchilarning daromadi ko‘paysa, u holda ular tovarlarni ko‘proq sotib oladilar;
talab egri chizig‘i musbat qiyalikka ega;
mahsulotning narxi pasaysa, uni olish hajmi ko‘payadi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
X mahsulotga bo‘lgan talab chizig‘i siljishini nima bilan izohlash mumkin:
X mahsulotning taklifi turli sabablarga ko‘ra pasaydi;
X mahsulotning narxi o‘sganligi uchun iste’molchilar ushbu tovarni kamroq sotib olishga qaror qabul qilishdilar;
iste’molchilar didlarining o‘zgarganligi munosabati bilan X tovarni har qanday narxda ham oldingisiga nisbatan ko‘proq sotib olishni xohlaydilar;
X tovarning narxi pasayganligi uchun iste’molchilar uni ko‘proq sotib olishga harakat qildilar;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan materiallar narxi oshganligi uchun:
egri talab chizig‘i yuqoriga (o‘ngga siljiydi);
egri taklif chizig‘i (chapga siljiydi);
egri talab va taklif chiziqlari yuqoriga siljiydi;
egri taklif chizig‘i pastga (o‘ngga siljiydi);
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Qaysi ibora insonlarning biror bir tovarni sotib olish uchun imkoniyat va xohish borligini anglatadi.
ehtiyoj;
talab;
zaruriyat;
xohish;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Tovar mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif ko‘paysa, u holda:
narx ko‘tariladi;
tovarning umumiy hajmi oshadi;
narx mo‘tadil qoladi;
jamiyatning farovonligi oshadi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Agar tovar bahosi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan past bo‘lsa, u holda:
tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;
taqchillik yuzaga keladi;
ishsizlik ko‘payadi;
muvozanat holat ta’minlanadi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Talab hajmiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatmaydi?
iste’molchilar daromadi;
to‘ldiruvchi tovarlar narxining o‘zgarishi;
resurslarning narxi;
iste’molchilar soni;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Taklif qonuniga ko‘ra, boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda tovar narxining ko‘tarilishi:
taklifning oshishiga;
taklifning pasayishiga;
taklif hajmining oshishiga;
taklif hajmining pasayishiga olib keladi;
to‘g‘ri javob yo‘q.
Tovar mahsuloti bahosining pasayish sabablariga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatgan?
xususiy tadbirkorlik uchun soliqlarning ko‘tarilganligi;
iste’molchilar daromadining ko‘tarilganligi;
ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;
to‘ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi;
to‘g‘ri javob yo‘q.
Bozor narxi muvozanat narxdan past bo‘lganda qanday holat yuz beradi?
tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;
tovar tanqisligi yuz beradi;
istemolchilar bozori shakllanadi;
resurslar narxi arzonlashadi;
to‘g‘ri javob yo‘q.
Quyidagi qayd etilganlardan qaysi biri mehnatga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatmaydi?
yakunlangan mahsulotga bo‘lgan talab;
ishlab chiqarish texnologiyasi;
inflyasiya natijasida sodir bo‘lgan nominal ish haqining o‘zgarishi;
mehnatning chekli mahsuloti bilan boshqa resurslarning chekli mahsuloti o‘rtasidagi munosabat;