Маvzuga doir masala va topshiriqlarning namunaviy yechimlari
1. Mol go‘shti bozorida go‘shtga bo‘lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha:
QD=20000-2P
QS=2000+P
Tovuq go‘shti bozorida esa talab va taklif funksiya lar:
QD=24000-2P
QS=4000+3P
Mol go‘shti bozorida taklif qisqarishi oqibatida muvozanat narx 6200 so‘mga ko‘tarildi.
Aniqlanishi lozim: 1. Mol go‘shti taklifi va uning chizig‘i qanday o‘zgarishini izohlang hamda mol go‘shti bozorida o‘zgargan vaziyat tovuq go‘shti bozoriga qanday ta’sir ko‘rsatishini, ya’ni tovuq go‘shtiga talab qanday o‘zgarishini aniqlang.
Yechimi: Mol go‘shti bozorida muvozanat holatni aniqlaymiz. Buning uchun taklif va talab funksiyalarini tenglashtirib muvozanat narxni topib olamiz:
Qe=QS=QD Qe=20000-2P=2000+P
18000=3P
Pe=6000 so‘m Demak muvozant narx 6000 so‘mni, muvozanat hajm esa Qe=2000+6000=8000 kg . Mol go‘shti taklifi qisqarishi natijasida muvozanat narx 6200 so‘mni tashkil qilganligi bois o‘zgargan taklif hajmini quyidagi amalni bajarib aniqlaymiz:
20000-2×6200=2000+6200-X
7600=8200-X
X=600
YAngi taklif funksiyasi
QS’=2000+P-600=1400+P
QD=20000-2×6200=7600 kg.
Ko‘rinib turibdiki iste’molchilar tomonidan bildirilayotgan talab hajmi 400 kg ga qisqarmoqda.
QD=8000-7600=400. Ushbu iste’molchilar o‘z ehtiyojlarini o‘rinbosar tovar orqali ta’min etishga harakat qilib tovuq go‘shtiga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladilar. Tovuq go‘shtiga bo‘lgan talab quyidagicha o‘zgaradi:
Iste’molchilar soni o‘zgarmasdan oldin tovuq go‘shti bozoridagi muvozanat holatni aniqlaydigan bo‘lsak, taklif va talab funksiyalarini o‘zaro tenglashtirib muvozanatlik parametrlarini topamiz:
Qe=QS=QD 24000-2P=4000+3P
20000=5P
Pe= 4000 so‘m
Qe= 4000+3×4000 =16 000 kg
O‘zgargangan talab funksiya Q’D=24000- 2P+ 400= 24400-2P
Q’D=Qs
24400-2P=4000+3P
20400=5P
P=4080 so‘m Qe=4000+3×4080=16240 kg
Q=240 kg.
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar 1. Mandaringa bo‘lgan talab va taklif funksiya largi quyidagicha berilgan
QD=5000-5P; QS=-500+5P
Bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.
2. Maksimal talab hajmi 5000 birlikga teng. Tovar narxi 1000 so‘m bo‘lganda, talab nolga teng. CHiziqli talab funksiyasi aniqlansin.
3. Jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.