Q=19000-2P ko‘rinishida edi. So‘ngra esa reklama tufayli 11000-2P ga ortdi. Bozorning oldingi va hozirgi muvozanat parametrlarini toping.
Testlar Texnologiyaning takomillashuvi nimaning siljishiga olib keladi:
egri talab chizig‘ini yuqori va o‘ngga;
egri talab chizig‘ini chapga va pastga;
egri taklif chizig‘ini yuqori va o‘ngga;
egri taklif chizig‘ini chapga va pastga;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:
talab taklifga teng bo‘lsa;
narx xarajatlar qo‘shilgan foydaga teng bo‘lsa;
texnologiya darajasi bosqichma-bosqich o‘zgarib tursa;
taklif hajmi talab hajmiga teng bo‘lsa;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Talab qonuni deyiladi, agar:
taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi narxni tushushiga olib keladi;
iste’molchilarning daromadi ko‘paysa, u holda ular tovarlarni ko‘proq sotib oladilar;
talab egri chizig‘i musbat qiyalikka ega;
mahsulotning narxi pasaysa, uni olish hajmi ko‘payadi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
X mahsulotga bo‘lgan talab chizig‘i siljishini nima bilan izohlash mumkin:
X mahsulotning taklifi turli sabablarga ko‘ra pasaydi;
X mahsulotning narxi o‘sganligi uchun iste’molchilar ushbu tovarni kamroq sotib olishga qaror qabul qilishdilar;
iste’molchilar didlarining o‘zgarganligi munosabati bilan X tovarni har qanday narxda ham oldingisiga nisbatan ko‘proq sotib olishni xohlaydilar;
X tovarning narxi pasayganligi uchun iste’molchilar uni ko‘proq sotib olishga harakat qildilar;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan materiallar narxi oshganligi uchun:
egri talab chizig‘i yuqoriga (o‘ngga siljiydi);
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Qaysi ibora insonlarning biror bir tovarni sotib olish uchun imkoniyat va xohish borligini anglatadi.
ehtiyoj;
talab;
zaruriyat;
xohish;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Tovar mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif ko‘paysa, u holda:
narx ko‘tariladi;
tovarning umumiy hajmi oshadi;
narx mo‘tadil qoladi;
jamiyatning farovonligi oshadi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Agar tovar bahosi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan past bo‘lsa, u holda:
tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;
to‘g‘ri javob yo‘q.
Tovar mahsuloti bahosining pasayish sabablariga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatgan?
xususiy tadbirkorlik uchun soliqlarning ko‘tarilganligi;