4. Muqumiy nomidagi teatrda spektakl chiptasiga bo‘lgan talab P=5220-0.05671*Q ko‘rinishida. Bu erda, P-chipta narxi so‘mda, Q-chiptalar soni. Kassada chipta necha so‘mdan sotilsa pul tushumi maksimal bo‘ladi?
5. Talab funksiyasi QD=P2-70P+400, taklif funksiyasi esa QS=30P-600 ga teng bo‘lsin.
A) Bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.
B) Talab va taklif funksiyalarini grafikda aks ettiring.
6. Biror tovarga bo‘lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
QD=200-2P QS=100+3P
Jahon bozorida ushbu tovar narxi 20 dollar.
Aniqlansin:
A) Davlatga import qilinadigan tovar miqdori.
B) Davlat har bir ishlab chiqarilgan tovar uchun 10 dollar subsidiya belgiladi. Bu holda import hajmi qanday o‘zgaradi?
V) Davlat importni to‘xtatish bilan birga 20 dona mahsulotni eksport qilish uchun har bir tovar uchun qancha subsidiya berishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |