1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


Мўғуллар истилоси ва зулмига қарши кураш



Download 1,79 Mb.
bet27/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
Bog'liq
тарих янги

43. Мўғуллар истилоси ва зулмига қарши кураш.
«O’tror voqeasi» va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi Chingizxonning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bohona bo’ldi. Chingizxonning Xorazm ustiga yurish qilishining yana bir sababi Shayx Najmiddin Kubroning muruti shayx Majiddin Bog’dodiyning Xorazmshoxning onasi tomonidan qastdan o’ldirilishi bo’ldi1[1][1]. Bu hujum shunchaki tartibsiz bosqin bo’lmay, avvaldan rejalashtirilgan vaxshiyona hujum edi. Unga Chingizxon katta ahamiyat berib puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Urush boshlanishida Xorazmshox qo’shinlari Mo’ng’ullardikiga nisbatan ko’p sonli edi. Ammo armiyani bir joyda to’plashdan qo’rqqan Sulton Muhammad uni tarqoq holda jangga tayyorladi, jang boshlanganda esa mudofaa taktikasini qo’llaydi. Bu Muhammadning jangdagi eng katta xatosi edi. U xatto sarkarda Shohobudin Xivakiyning «dushmanni o’zini o’nglab olmasdan to’satdan zarba berish kerak» - degan fikrini ham inobatga olmadi. Oqibatda 615(1218 y) mung’ul jahongiri o’z o’g’illari Chig’atoy, O’qtoy va Jo’ji bilan birga 200 000 qo’shin bilan Xorazmshox ustiga yurish boshladi2[2][2]. Bu yurishda unga Uyg’ur xoni Edikut va Olmaliq hukumdori Sig’noq ham xamroh bo’ldi. Ular Farg’onadan o’tib O’tror ustiga yurish boshlaydi. Shu yerda Chingizxon armiyani to’rt qismga bo’ladi: 1. Chig’atoy va O’qtoy rahbarligidagi armiya O’trorni qamal qilib turish uchun qoldiriladi. 2. Jo’ji boshchiliq armiya Sirdaryo etagiga yuborilib Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olish buyuriladi. 3. Besh ming kishilik armiyaga Oloqno’yon va Sintubuqa nomlarida sarkardalar Sirdaryoning o’ng sohili va Binkentni bosib olish uchun yuborildi. 4. Chingizxonning o’zi muntazam askarlari bilan O’rta Osiyoning markazi – Buxoroga qarshi harakat boshlaydi. O’tror chegara qal’a bo’lib, uning noibi Inalxon qo’lida 50000 otliq qo’shin bor edi. Qal’ani mudofa qilish uchun Qoracha Hojib qo’mondonligida yana 10000 kishilik qo’shin keladi. Juvoyning ma’lumotlariga qaraganda shahardagi musulmonlar Mo’ng’ullar xujumidan sarosimaga tushadi. Shahar 5 oy davomida mudofaada bo’ladi. Ammo kuchlar nisbatan teng bo’lmaganligi sababli shahar taslim bo’ladi, Inalxon asir tushadi, O’qtoy uning quloqlariga kumush eritilib qo’yib Samarqanddagi Ko’ksaroy maydonida o’ldiriladi. Chingizxon o’zining asosiy kuchlarini Buxoroga tashlaydi. Ular Sirdaryoning janubida joylashgan Zarinuq va Nur qal’asini jangsiz ishg’ol qiladi. Shu sababli mo’ng’ullar bu shaharga «Qutlug’ baliq» deb nom beradi.
1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo’shin bo’lib, unga Sevinchxon, Qo’shlixon va Ko’kxon boshchilik qilardi. Ikki o’rtada qonli jang bo’lib o’tdi. Buxoro ahli taslim bo’lishga majbur bo’ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egallandi. Shahardan 30000 kishi mo’ng’ullar tomonidan o’ldirildi. Ilm va ma’rifat egalari, shayxlar qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi. Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug’ shaharni mudofaa qilish uchun 110000 qo’shin bor edi. Ularning 60000 turk va 50000 tojik edi. Ular qo’l ostida 20ta fil ham bor edi3[3][3].
Bu vaqtda shahar noibi To’g’ayxon edi. Ammo jangchilar o’rtasida birdamlik yo’q edi. Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O’trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang 3 kun davom etdi. Natijada To’g’ayxonning barcha qo’shinlari qirib tashlandi. Mo’ng’ullar Samarqandni suv bilan ta’minlovchi «Qo’rg’oshinnova»ni buzib tashladi, shahar suvsiz qoldi. 50000 ga yaqin sog’ qolgan shaharliklar tashqariga olib chiqildi. Lekin ular kun botishi bilan qatil etildi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish