1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


МустаҚиллик йилларида маънавий ва маърифий ҳаёт



Download 1,79 Mb.
bet114/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
Bog'liq
тарих янги

189. МустаҚиллик йилларида маънавий ва маърифий ҳаёт.
Узбекистон Республикасида иктисодий ислохотларни амалга ошириш билан бир вактда маънавий меросимизни, маданий кадриятларимизни тиклаш ва уларни халкимизга етказиш борасида кенг куламда фаолият олиб борилмокда.
Республика Президенти И.А. Каримов таъкидлаб утганидек, маънавиятнинг мохияти шунчалик кенгки, уни улчаб хам, поёнига етказиб хам булмайди. У инсон учун бутун бир оламдир.
Жамиятимиз хаётида маънавий камолотни тезлаштириш, миллий истиклол мафкурасини шакллантириш, миллий кадриятларни урганиш мустакилликни мустахкамлашнинг асосий вазифаларидан биридир.
Хаётимизда маънавий камолотни ривожлантириш, ёшларни ватанпарварлик рухида тарбиялашда-аждодларимизнинг бизгача етиб келган бой маданий меросларини урганиш хам катта урин эгаллайди. Шу сабабли Узбекистон Республикаси Президенти томонидан кадриятлар, урф-одатлар, буюк ота-боболаримизнинг бизга колдирган меросларини урганиш ва таркиб этиш учун кенг йуллар очилди. Бу борадаги тадбирлар мустакиллигимизнинг дастлабки кунлариданок амалга оширила бошлади.
Маданий-маърифий ишларнинг ривожланиши учун давлат томонидан катта маблаклар ажратилди. Узбекистондаги барча давлат театрлари, маданият уйлари, санъат олий укув юртлари, фольклор-этнографик гурухлар маданият учокларига айланиб колди. Театр сахналарида янги замонавий спектакллар куйила бошланди. МДХ даги давлатлар билан ижодий хамкорлик йулга куйилди, турли халкаро анжуманлар утказилди.
Бадиий адабиётда партиявийлик, синфийлик нуктаи назаридан ёндошишга чек куйилди. Баховуддин Накшбанд, Феруз, Хужа Ахрор, Чулпон, Фитрат каби алломаларнинг номлари тикланиб, асарлари чоп этилди.
Ислом оламининг алломалари Исо ат-Термизийнинг 1200 йиллиги, Махмуд аз Замахшарийнинг 920 йиллиги, Нажмиддин Куброниннг 850 йиллиги, Боховуддин Накшбандийнинг 675 йиллиги кенг куламда нишонланди. Уларнинг бой асарлари нашрдан чикарилди.


190.Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллик юбилейининг ўтказилиши ва унинг тарихий аҳамияти.
Pekinda nashr etiladigan «Xitoy va dunyo – madaniy almashuv» jurnalida ana shunday sarlavha ostida salmoqli maqola xitoy hamda ingliz tillarida bosilib chiqdi. U hademay o'zining 2750 yillik to'yini nishonlaydigan ko'hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga bag'ishlangan. «Samarqand jahondagi mashhur va qadimiy shaharlardan biridir, - deb yozadi nashr. – U o'zining yoshi jihatidan Rim, Afina, Vavilon shaharlari bilan tengdosh. Shahar «Er yuzining sayqali» va «Sharqning gavhari» nomiga munosibdir. Buyuk Ipak yo'li chorrahasida joylashgan bu shahar o'zida dunyodagi ko'hna sivilizasiyaning betakror me'morchiligini, san'ati va madaniyatini mujassam etgan va ularni hamon asrab kelmoqda. 2750 yillik tarixga ega Samarqandning me'moriy yodgorliklari Temuriylar sulolasi boshqaruvi davrida Misr, Xitoy, Hindiston, Gresiya, Italiyaning ko'hna osori-atiqalari kabi ahamiyat kasb etdi».Nashr Samarqandning bugungi hayoti haqida to'xtalar ekan, har ikki yilda shaharning mashhur yodgorliklari majmuidan biri – Registon maydonida o'tkaziladigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga alohida e'tibor qaratadi.«Ushbu musiqa anjumani – Markaziy Osiyodagi eng yirik festivallardan biridir, - deb yozadi mualliflar. – Undan ko'zlangan asosiy maqsad jahon xalqlarining milliy musiqa san'ati erishgan eng yaxshi yutuqlarni keng ommalashtirish, ularning an'analarini saqlash va rivojlantirish, iste'dodli musiqachilarni har tomonlama rag'batlantirish, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni yanada kengaytirish bilan izohlanadi».1997 yili ilk marotaba o'tkazilgan mazkur festivalda jahonning 31 mamlakati vakillari to'planganini ta'kidlagan holda jurnal uning ishtirokchilari soni yildan-yilga ortib borayotganini qayd etadi. Xususan, 2005 yili tashkil etilgan 5-festivalda 51 mamlakatdan san'at ahli ishtirok etganini ta'kidlaydi. «Bugun ushbu musiqa anjumani nafaqat Markaziy Osiyoda, balki mintaqadan uzoq-uzoqlarda ham ommabop va mashhur xalqaro madaniy tadbir hisoblanadi, deb yozadi nashr.Uning doirasida an'anaviy tarzda butun dunyodan kelgan olimlar ishtirokida musiqa masalalariga doir xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi. Har bir festival o'ziga xosligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. Yaqinda tashkil etilajak 6-festivalning o'ziga xos jihati shundaki, u Samarqandning 2750 yillik yubileyi tantanalariga to'g'ri kelmoqda. Binobarin, festivalning barcha ishtirokchi va mehmonlari yubiley sanasiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarning guvohi bo'lishadi».Mualliflarning fikr bildirishicha, Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda bunday beqiyos tadbirning tashkil etilgani xalqaro hamkorlik sohasidagi muhim voqeadir. Shuningdek, u nafaqat turli mamlakatlar ijrochilari, musiqashunos arbob va olimlar o'rtasida ijodiy aloqalarni yo'lga qo'yishga imkon beradi, balki turli qit'alarda kechayotgan musiqiy jarayonlarning uyg'unlashuviga ham xizmat qiladi.


191. 2010 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш-нинг энг муҳим устувор вазифалари ва йўналишлари (Президент И.А.Каримовнинг «Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш — устувор мақсадимиздир» номли маърузaси асосида).
2010 yilning birinchi choragida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish natijasida iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlar davom etayotganini ko‘rsatmoqda.2010 yilning birinchi choragida iqtisodiyotni isloh qilish, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishni davom ettirish va chuqurlashtirish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish hamda shu asosda iqtisodiyotning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlari, uning samaradorligi hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali erishilgan iqtisodiyotni izchil rivojlantirish tendensiyalari saqlanib qoldi.Natijada joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sish sur’atlari 7,6 foizni tashkil qildi, sanoat mahsulotlari hajmi 7 foizga, jumladan iste’mol tovarlari hajmi 8,9 foiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 6,1 foiz, qurilish ishlari 20,1 foiz, chakana savdo aylanmasi 8,3 foiz, xizmatlar 12,2 foiz, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 13,4 foiz, mahsulot eksporti 22,1 foizga o‘sdi.Inflatsiya darajasini nisbatan past – 3 foiz, davlat budjeti profitsitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz saqlash orqali makroiqtisodiy muvozanat ta’minlandi. Bank tizimining ustav kapitali joriy yil birinchi choragi oxirida 2009 yilning shu davriga nisbatan 46,4 foiz, mijozlarning bankdagi depozitlari qoldig‘i 56,7 foiz, aholining tijorat banklardagi mablag‘lari 68,7 foizga ko‘paydi. Kredit tashkilotlarida aholi depozitlari umumiy miqdoridagi muddatli va jamg‘arma omonatlari ulushi 32,4 foizni tashkil qildi. Natijada banklarning jami aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,29 trillion so‘mga yoki 33,3 foizga oshdi. Banklar resurs bazasining yanada ko‘paygani ularni iqtisodiyot real sektori korxonalariga kredit ajratishga yo‘naltirishni oshirish imkonini berdi. Banklarning real sektorga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari qoldiqlari 2010 yilning birinchi choragida 11,4 foizga o‘sdi. Bunda ushbu kredit qo‘yilmalarining 82,1 foizi uzoq muddatli investitsiya kreditlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun taqdim etilgan kredit resurslar ulushi kapital qo‘yilmalar umumiy hajmida 5,5 foizni tashkil qildi. O‘tgan yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 2,1 foiz bo‘lgan edi. Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash uchun tijorat banklarining 737,2 milliard so‘mga teng kreditlari yoki 2009 yilning shu davriga qaraganda 1,5 marta ko‘p mablag‘i yo‘naltirildi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 2009 yilning shu davriga qaraganda 1,74 million donaga ko‘paydi va 6,49 milliontaga yetdi, o‘rnatilgan terminallar soni esa 32,7 mingtaga ko‘paydi va 60,84 mingni tashkil qildi. Buning natijasida plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz to‘lovlar hajmi 2009 yilning birinchi choragidagiga nisbatan 2,9 baravar oshdi, tovarlar va pullik xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovlar ulushi 2009 yilning yanvar-martidagi 67 foiz o‘rniga 2010 yilning yanvar-martida 86 foizni tashkil etdi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish