1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


Иккинчи жаҳон урушидан кейинги йилларда Ўзбекистоннинг иқтисодий ва ижтимоий - сиёсий ҳаёти



Download 1,79 Mb.
bet86/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
тарих янги

125.Иккинчи жаҳон урушидан кейинги йилларда Ўзбекистоннинг иқтисодий ва ижтимоий - сиёсий ҳаёти.
Ikkinchi jahon urushi tamom bo'lgandan keyin oradan ko'p o'tmay O'zbekiston bo'ylab yana bir yalpi teror to'lqini bo'lib o'tdi. 30-yillardagi qatag'onlar asosan partiya, sovet, xo'jalik va harbiy kadrlar xususida bo'lgan bo'lsa, 40 yillardagi qatag'on esa asosan madaniyat va ilmiy fan arboblariga taalluqli bo'ldi. Shu vaqtdan boshlab adabiyot va san'atning ijodiy, demokratik taraqqiyoti uzoq yillargacha susayib qoldi, joylarda o`zgacha fikr qilishga barham berila boshladi.
Respublikaning partiya organlari markazning yo'l-yo'riqlariga tayanib, dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasiga to'g'ri kelmaydigan ijodiy ziyolilar vakillariga hujum qila boshladilar. Ularning asarlariga go'yo millatchilik g'oyalari "olib kirganligi" ayblash uchun bahona bo'ldi. O'z ijodida o'rta asrlar davridagi xalq tarixini va inqilobdan oldingi tarixni yoritib bergan yozuvchi va shoirlar o'tmishni ideallashtirishda ayblanib, ularga "millatchilar" degan yorliqlar yopishtirildi.
Partiya organlari ba'zi yozuvchilar, shoirlarning ijodiy ishida jiddiy g'oyaviy xatolarni topadigan, ularni milliy jihatdan cheklanganlikda, feodal o'tmishni zararli tarzda ideallashtirishda va eski feodal madaniyati oldida qullarcha tiz cho'kishda ayblaydigan bo'lib qoldilar. Masalan, M.T.Oybek, Abdulla Qahhor, M.Boboev, U.Rashidov, Mirtemir, Shayxzoda va boshqalar singari o'zbek yozuvchilari badnom qilindi. Milliy cheklanganlik uchun "Sharq yo’ldo’zi", "Zvezda Vostoka" jurnallarining tahririyatlariga jiddiy ayblar qo'yildi.Yozuvchilardan Maqsud Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, G’ulom Alimov va ba'zi boshqa adiblar 1951 yili "sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib, qamoqqa olindilar, keyin esa 25 yil muddat bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindilar.Ammo 80-yilning o'rtalarida respublikada o'zboshimchalik va qatag'onlarning yangi davri aniq-ravshan belgi berib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo'lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo'g'ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi.Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy xokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O'zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o'egartirish va respublikaning milliy mustaqilligni qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo'li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog'dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o'rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. "Paxta ishi" degan ish to'qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish vaqtli, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi "o'zbek ishi" degan nom bilan ataldi. Yuqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan. Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yo’z minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. Chunonchi, o'zbek xalqining baxti-saodati yo'lida samarali faoliyat ko'rsatgan, o'sha yillarda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo'lgan Sh.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha'ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. Markazda g'ayri tabiiy ravishda tug'ilgan fikr respublikada uning itoatkor ijrochilari bo'lgan Sh.R.Rashidovdan "ranjigan" kishilar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo'lib, ko'pgina halol va vijdonli kishilarni "fosh qilish" bilan shug'ullandilar va ularning qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi bukildi. "Paxta ishi"ning chindan ham mavjud bo'lgan kamchiliklar va xatto jinoyatlarni ochib tashlashga yordam berganligini aytib o'tmaslik adolatdan bo'lmaydi, lekin bu narsaning o'zbek xalqiga hech bir aloqasi yo'q edi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan "paxta ishi"ning tamomila sharmandasi chiqdi, gunohsiz ozor chekkan necha minglab kishilar oqlandi va haq-xuquqlari tiklandi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish