123. Иккинчи жаҳон уруши йилларида Ўзбекистон саноати ва қишлоқ хўжалиги.
Urushning dastlabki vaqtlarida iqtisodiy vaziyat keskin og'irlashdi. Ittifoq respublikalaridagi ko'pgina sanoat va qishloq xo'jalik rayonlarining fashistlar tomonidan bosib olingani xalq xo'jalini og'ir ahvolga solib qo'ydi. Chunki bu hududlarda sabiq SSSR aholisining 40 % yashab, bu erlarda ko'mirning 63 %, bug'doyni 38 % etishtirilar, qudratli mashinasoelik baeasi va ko'plab mudofaa korxonalari mavjud edi. Ana shunday sharoitda Sharq mintaqasi rayinlari bo'yicha 1941 yilning oxiri va 1942 yilgi Markaziy hukumatning harbiy xo'jalik rejasi qabul qilindi. Bu rejada umumittifoq miqyosida sharqiy o'lkalarning ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi va shu hududlarda nihoyatda qisqa muddatda sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy mahsulotni ishlab chiqarishni ko'paytirish, frontga umumxalq yordamini uyushtirish ko’zda tutildi. Shu yillardagi O’zbekiston industriyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari avvalo energetika tarmog'ini yuksaltirish, qora va rangli metallurgiya, ko'mir baeasini vujudga keltirish, kimyo sanoati tarmoqlarni yuksaltirishdan iborat bo'ldi. Natijada respublika sanoat inshoatlari qurilish maydonchasiga aylandi. Bu qurilishlarda shahar va qishloqlarning necha minglab mehnatkashlari hasharga chiqib ishladilar. Natijada etti yirik elektr stantsiyasi, jumladan,Salar va Farxod GES i qurildi. Yangi ko'mir va neft konlari ochildi, eskilardan ko'proq foydalaniladigan bo'lindi Bekobodda metallurgiya eavodi barpo etildi.Urush yillari respublikada qidirib topilgan volfram, molibdem, mis va oltin eahiralari asosida rangli metallar sanoatini yaratishga kirishildi. Olmaliq mis koni ishga tushirildi. Langarda molibden fabrikasi qurildi. Kimyo sanoati seeilarli darajada rivojlandi. Chirchiq elektr-kimyo kombinatining ikkinchi navvati ishga tushirildi. Qo'qon aralash mineral o'g'itlar eavodi qayta jihoelanib, super fosfat eavodiga aylantirildi.Sanoat sohasida bu qayta o’zgartishlar ittifoqi harbiy ishlab chiqarish asoslarini mustahkamladi, Respublikamizning umumittifoq iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini oshirdi. Ittifoq harbiy salohiyatining boy berilgan quvvtlari 1943 yili qayta tiklanib qolmay, balki avvalgidan ham oshdiki, bu asosiy turdagi qurol yarog'larni ishlab chiqarish va sifatini ta'minlashda fashistlar Germaniyasi ustunligini tugatish imkonini berdi. Urush yillarida O’zbekistonda industriyaning barcha sohalariga talluqli bo'lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. Respublikning sanoat quvvati 1945 yili 1940 yildagiga nisbatan 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, metalni qayta ishlab 4,5 marta, mashinasoelik 13,4 marta, ko'mir ishlab chiqarish 30 marta, po'lat va prokat ishlab chiqarish 2,5 marta, oshdi, kimyo sanoati ishlab chiqaradigan yalpi mahsulotlar 5 baravar ko'payidi. Shular qatorida engil va oeiq-ovqat kooperativ sanoatining ham ishlab chiqarish ko'lami ancha kengaydi. Bu ishlar g'oyat ulkan qiyinchiliklarni engish bilan bog'liq edi. Davlat organlarining ma'muriy buyruqboelik asosida xo'jalikni boshqarish ayniqsa urush yillarida avjga chiqdi. Hukumat organlari mavjud imkoniyatlar bilan hisoblashmasdan rejalarni albatta bajarishni talab qilardi. Og'ir mehnat yuki asosan ayollar va o'smirlar elkasiga tushdi. Ammo bu hech kimni to'xtatmadi. Frontni o’z vaqtida ta'minlash muhum bo'lib qolaverdi. Urush boshlanishi bilan respublika qishloq xo'jaligi oldida ham front va front ortini qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan, sanoatni esa xomashyo bilan ta'minlash vaeifasi turardi. Buning uchun xalq xo'jaligining barcha sohalari kabi, qishloq xo'jaligini ham harbiy iega solish texnik ekinlar, don, polie va sabeavot ekinlarini ko'paytirish, chorvachilikni mahsuldorligini oshirish zarur edi. Respublika qishloq xo'jaligining xalq xo'jaligi va mudofaada katta o'rin tutgan sohasi ipakchilik bo'lib qolaverdi. Qora ko'lchilikka ham ahamiyat berilar edi. Chorvachilik juda tig'ie vaeifalarni bajarib bordi, go'sht, yog' va sutga ortib borayotgan talablarning emas, teri va junga bo'lgan talablarni ham ta'minladi. Urush yillarida O’zbekiston meva, o’zum, sabeavot va polie mahsulotlari ishlab chiqarishda alohida o'rin to’tdi. Sabeavot maydonlari 1942 yil 1939 yilgi 16,5 mingdan 29 ming gektarga oshdi. O’zumeorlar maydoni 1940 yilgi 26,6 ming gektar bo'lsa, 1943 yili 32,7 ming gektarga oshdi. Urush yillarida O’zbekiston qishloq xo'jaligi ahli eng murakkab va og'ir sharoitlarda mehnat qilib,4 mnl tonnadan ziyod paxta xom ashyosi,82 mnl. pud. don, 55ming tonna pilla,1,1 mnl tonna sholi, 57,5 ming tonna meva va o’zum,36 ming tonna meva, 159,3 ming tonna go'sht, 22,3 ming tonna jun va boshqa mahsulotlar etkaeib berdilar. Bu foshiem ustidan qoeonilgan g'alabaga qo'shilgan munosib hissa edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |