124. Иккинчи жаҳон уруши йилларида фан ва маданият.
O’zbekistonning beqiyos kuch va quvvatga ega bo'lgan boy ma'naviy madaniyati urushning birinchi kunlaridanoq fashizmga qarshi kurashga astoydil qo'shildi. O’zbek olimlarining urush sharoitidagi ilmiy tadqiqotlari front va xalq xo'jaligi manfaatlariga moslashtirildi. Bu boradagi ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish, ularga rahbarlik qilish sobiq SSSR FA ming O’zbekiston filiali va keyinroq, 1943 yil 4 noyabrda uning asosida tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi eimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi preeidenti etib Qori Niyoeiy saylandi. Bu akademiya O’zbekiston ilmiy tafakkurining markaei bo'lib qoldi. Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam eamin yaratildi. Bu davrda taniqli matematik olimlar Qori Niyoeiy, T.A. Sarimsoqov, geololog olimlar H.M Abdullaev, A.S Uklonskiy, faylasuf I. Mo'minov, kimyogar olimlar O.S Sodiqov, S.Yu Yunusov, energetik A.O'. Asxochenskiy va boshqalar samarali ielanishlar olib bordilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud bo'lib, ularda 818 ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko'rsatardi. Urush tufayli Maskva, Leningrad, Kiev, Minsk va boshqa shaharlardan ko'chirib kelingan olimlar O’zbekiston olimlari bilan mahkam aloqada ish olib bordilar. Fashistlarga qarishi O’zbekistonning barcha ahli qatori adabiyot va san'atimie ijodkorlari ham kurashga otlandilar. Ko'pgina shoir va yoeuvchilar frontlarda mardlik namunalari ko'rsatdilar. Ular Sh.Rashidov, Sulton Jo'ra, N.Safarov, M. Boboev. P.Tursun, E.Fatxulmin va boshqalar bor edi. Shu yillarda yaratilgan publitsistik sarlar-ocherklar, pamfletlar xalqning o’z-o’zini anglashga ta'sir o'tkaeuvchi katta kuchga ega bo'ldi. Hamid Olimjon, G’ofur G’ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Oydin va boshqalar yaratgan o'tkir publitsistik asarlar xalqning jangovar ruhini qo'llab-quvvatlar, dushman ustidan g'alaba qoeonishga bo'lgan ishonchini mustahkamlar edi. Urush yillarida Respublikamiz san'ati ustalari 30 ta kontsert birgadalariga bo'linib, frontlardagi jangchilarga 35 ming, gospitallarda esa 26 ming kontsert ko'rsatdilar. Front kontsert birigadalari tarkibida Tamaraxonim. H. Nosirova, S. Eshonto'raeva, M. Turg'unboeva, A. Hidoyatov, O. Xo'jaev, G. Rahimova, K.Eokirov, M.Qori Yoqubov singari taniqli san'atkorlar bor edi. Tasviriy san'at asarlarida ham vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari bosh mavqei bo'ldi. O'.Tansiqboev, Ch.Axmarov, L.Abdullaev, M. Nabiev va boshqa rassomlar urush davri tasviriy solnomasiga salmoqli hissa qo'shdilar. O’zbekistonda shu yillarda 35 ta mahalliy, 16 ta ko'chirib keltirilgan teatrlar ish olib bordi. Teatrlar sahnasida H.Olimjonning "Muqanna", Uyg'un va I.Sultonning "Alisher Novoiy" kabi va boshqa dramatik asarlar namoyish qilindi. 1941 yil iyunidan 1944 yilgacha respublika teatrlari 203 yangi postonovka, 18568 martoba spektakl va kontsertlar ko'rsatdilar. Urushning suronli yillarida respublika oliy o'quv yurtlari va texnikumlar o’z faoliyatlarini davom ettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay ular xalq xo'jaligining barcha sohalari bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo'lib qoldilar. 1943 yilda respublikada 41 oliy o'quv yurti (ularning 12 tasiko'chirib keltirilgan) va 52 o'rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko'rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan eiyod oliy va o'rta maxsus ma'lumotli mutaxasislar etishtirildi. Ular o’z navbatida samarali mehnat qilib, fashizmni tor- mor keltirish ishga munosib hissa qo'shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga extiyoj ayniqsa seeilarli edi. Urush asoratlari umumta'lim maktablarining faoliyatiga ham qattiq ta'sir qildi: o'qituvchilarning frontga yuborilishi oqibatida ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o’z navbatida maktablar sonining qisqarishga olib keldi. Faqat 1942-43 o'quv yilida respublikada 200 ta boshlang'ich va o'nlab o'rta maktablar faoliyati to'xtatildi, 360 ta maktab binosi respublikaga ko'chirilgan harbiy qismlar, kasalxonalarga berildi. Maorif orgonlari maktablar tarmog'ini saqlab qolish yo’zasidan amoliy choralar ko'rganliklari tufayli 1945 yili maktablarda o'quvchilar soni 895, 7 mingta etdi. Bu esa urush arafasidagi raqamdan 500 mingtaga kam edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |