1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти



Download 1,79 Mb.
bet49/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124
Bog'liq
тарих янги

70. Бухоро амирлигида маданий ҳаёт.
Ashtarxoniylar hukmronligi yillari tarixnavislik borasida ham qator ishlar amalga oshirilgan. "Musaxxir al-bilod", Maxmud ibn Valining "Bahr al-asror", Abulg'ozi Bahodirxonning "Shajarai turk", xoja Samandar Termiziyning "Dasutr al-mulk", Muhammad Yusuf Munshiyning "Muqimxon tarixi", Mir Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullaxon tarixi", Abdurahmon Tolening "Abulfayzxon tarixi", Hojamqulixon Balxiyning "Qipchoqxon tarixi" kabi asarlar xuddi mana shu davrda yozilgan.
Tibbiyot ilmi ayniqsa Subhonqulixon zamonida gurkiragan. Yuqorida tilga olingan "Dorushshifo" ning ochilishi bekor bo'lmagan. Bu erda kishilarni davolash bilan birga tadqiqot ishlari ham yuritilgan. Subhonqulixonning o'zi bu tadbirlarda qatnashib, "Ixyo at-tibbi Subhoniy" asarini tayyorlagan. Sakkiz bobdan iborat bu risolada turli kasalliklarga qarshi dori-darmonlar xususida so'z ketadi. Matematika, astronomiya, geometriya (mulla Tursun Faroiziy, mulla Ne'mat Samarqandiy), musiqashunoslik (Abdullo Ofarinkentiy, Ali Buxoriy, mulla Rahmat Samarqandiy), husnixat (Muhammad Niyoz, xoja Muhammad, mulla Zarif Majnun va boshqalar) sohalarida ham qator ishlar qilingan.
Mahalliy amirlar va sultonlar o'z joylashgan shahar va hududlarida yirik er egalari bo'libgina qolmay, butunlay xo'jayin edilar. Ulardan ko'pchiligi o'z guruhlari kuchiga tayanib, markaziy hokimiyatga deyarli bo'ysunmas edilar.
Hukmdorlar esa amirlar va sultonlarning bir-birlari ustiga yurishlaridan ko'p foydalanardilar. Abulfayzxon hukmronligi davrida (1711-1747 y.) markaziy hokimiyat o'z faoliyatini yo'qotib bordi. Hokimiyat asta-sekinlik bilan Muhammad Rahimbiy boshchiligidagi mang'it urug'lari qo'liga o'ta boshladi. Bu urug' vakillari bo'lgan Muhammad Rahim 1753 yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtga o'tirdi va 1920 yilga qadar hukm surgan mang'itlar sulolasining asoschisi bo'ldi.1747 yil iyun oylaridagi Buxoroda bo'lib o'tgan qizilboshlilarning hujumi qaytarilgach, Buxoro hukmdori bo'lib oldi, lekin Chingiz urug'idan bo'lmagani uchun o'zini xon deb atamaydi. U o'z hukmronligini qonunlashtirish maqsadida Abdulfayzxonning kichik o'g'li Abdulmo'minga o'z qizini beradi va uni taxtga o'tkazadi. Ammo bir yildan keyin Abdumo'minni qatl qildirib, o'rniga Ubaydulla Sultonni taxtga chiqaradi va sal vaqt o'tmay Muhammad Rahimbiy uni ham yo'q qiladi. Shunday qilib, Muhammad Rahimbiy Buxoroning yakka va mustaqil hukmdori bo'lib qoldi. Mana shu davrdan boshlab Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi.Buxoro amiri Muhammad Rahimbiy o'zining markazlashtirish siyosatini qattiq qo'llik bilan olib bordi. U to'rt yil mobaynida Miyonqal'a, Nurota, Boysun, Shahrisabz, Urgut mustaqil feodalariga qarshi bir necha bor urushlar qilib, ularni o'z hokimiyatiga bo'ysundirdi. 1753 yildan boshlab, 3 yil davom etgan yurishlar natijasida Muhammad Rahimbiy Panjikent, Qo'shtut, Jizzax va Zominni ham o'ziga bo'ysundirdi. 1757-1758 yillarda Rahimbiy Hisor, Denov, Dushanbe, Boysun va Termiega qarshi yangi urushlar uyushtirdi.
Muhammad Rahimbiy Xorazm aholisining o'z hokimining noroziligidan foydalanib, Xivani ham o'ziga bo'ysundirdi. Qo'qon, Toshkent, Marv va Balx, Qundo’z beklari Muhammad Rahimbiyning qonuniy hukmdorligini tan olib, o'z elchilarini yubordilar. 1758 yil 24 martda Raximbiy vafot etdi. Shundan so'ng mang'itlar Rahimbiy o'rniga Doniyolbiyni hukmdor qilib ko'tarishdi. Lekin feodallar Doniyolbiyga qarshi chiqdilar. Feodallar Doniyolbiyni va shu bilan birga mang'itlar sulolasini ag'darib tashlash maqsadida fitna va qo'zg'olonlar uyushtirdilar. Shundan so'ng Doniyolbiy xonlik taxtiga Muhammad Rahimbiyning nabirasi Fozilto'rani o'tkazib, aslida hokimiyatni qo'lida saqlab qoldi. Doniyolbiy (1758-1785) hukmronligi davrida juda ko'p g'alayonlar bo'lib turdi.


71. Қўқон хонлигида маданий ҳаёт.
Chust yaqinidagi Chodak qishlog'ida yashovchi din peshvolarining mavqei XVIII asr boshlaridayoq Farg'onada ancha kuchayib, hokimiyatni qo'lga olishga intildilar. Biroq, ularning hokimiyati boshqa qabilalar tomonidan tan olinmadi. Bir guruh, harbiy zodagonlar Rishtonda qo'zg'olon ko'tarib Farg'ona hokimi Xo'ja Ashirqulni o'ldiradilar. 1710 yilda Qo'qon atrofida yashab turgan o'zbek qabilalaridan biri-minglar o'z yetakchisi Shoxruhbiyni hokimiyat tepasiga ko'taradilar. Shu tariqa, Qo'qon xonligi tashkil topadi, o'zaro ichki kurashlar botqog'iga botib qolgan Buxoro xoni Ubaydullaxon o'ziga qarashli hududning ajralib chiqib, alohida davlat tuzishiga qarshilik ko'rsatolmadi. Qo'qon xonligida ming qabilasi sulolalari 1875 yilgacha hukmronlik qildi. Qo'qon shahri chetida joylashgan Tepaqo'rg'on Qo'qon xoni Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi. Qo'qon xonlari Farg'ona vodiysini, Xo'jand, O'ratepani birlashtirgach, Qo'qon xonligining mustaqilligi XVIII asr o'rtalarida Buxoro davlati tomonidan tan olindi. XVIII asr oxirlarida Qo'qon xonlari Toshkentni bo'ysindirishga kirishadilar. 1784 yilda Shayhontohur dahasi sobiq hokimining o'g'li Yunusxo'ja Toshkentni Buxoro tobeligidan chiqarib, mustaqil siyosat yuritardi. Toshkent bekligi o'ziga xos boshqaruv tizimiga ega edi. Yunusxo'janing to'rt maslahatchisi bo'lgan-Toshkent shahar nazorati va soliq yig'ish Boshchixo'janing qo'lida bo'lib, savdo-sotiqni qozi va devonbegi nazorat qilishgan. shariat qonun-qoidalari, narx-navo, o'lchovlar ustidan Rais lavozimidagi amaldor nazo­rat qilgan. Yunusxo'ja XVIII asr oxirlarida qozoq urug'lari hujumlarini bartaraf etib Sayram, Chimkent, Turkiston, Qurama, Qorabuloq shaharlarini Toshkent bekligiga bo'ysundirgan edi. Toshkent bekligi mavqeining oshib borishi Qo'qon xonlariga yoqmadi. 1799 yilda Qo'qon xoni Norbo'tabiy Toshkentga yurish qildi, ammo, Chirchiq bo'yidagi jangda mag'lubiyatga uchradi. Yunusxo'ja vafotidan keyin Qo'qon xoni Olimxon qo'shinlari yurish qilib, 1809 yilda Toshkentni va unga qarashli hududlarni Qo'qon xonligiga bo'ysundiradi.
XVIII asrning birinchi yarmida Farg'ona vodiysiga ko'chmanchi qabilalarning ketma-ket bosqinchiliklari o'lka ahvolini yanada mushkullashtirdi. Bu davrda Farg'ona xonlikdan alohida o'lka sifatida ajralib chiqdi. XVIII deb hisoblangan va o'zbeklarning ming urug'idan bo'lmish hokimiyatni qo'lga oldi. Minglar sulolasi keyinchalik Sirdaryo havzasini va Ettisuvning bir qismini egalladi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib, Qo'qon xonligiga Toshkent, Turkiston, O'ratepa, Xo'jand qo'shib olindi. XIX asrning boshlarida bir necha udel (beklar)ga bo'lingan kichkina davlat bo'lgan Qo'qon xonligi 20-30 yil mobaynida O'rta Osiyoda eng yirik davlatlardan biriga aylandi. Uning tarkibiga janubda Pomir tog'laridan to Shimol-sharqdagi Ili daryosi havzasigacha bo'lgan katta hudud kirar edi. Qo'qon shahri Shohruhning o'g'li Muhammad Rahimbiy (1722-1733) tomonidan qurilgani uchun dastlab, uning nomi bilan "Qal'ai Rahimbiy" deb atalgan. Rahimbiydan keyin davlatni uning vorisi Abdulkarim o'z qo'liga oladi va Qo'qon shahrining qurilishini oxiriga etkaedi. 1748 yilda Qo'qon taxtiga o'tirgan uning o'g'li Zrdonabiy ham qo'shni qabilalar va viloyatlar ustiga harbiy yurishlar qilib xonlik hududlarini kengaytirishga harakat qildi. XVIII asr oxirlarida Qo'qon xonligini Abulkarimning nevarasi Norbo'tabiy (1770-1800) idora etdi. So'ngra Norbo'tabiyning o'g'li Olimxon (1800-1809) yillarda xon taxtni egalladi. Olimxonning hukmdorilik yillarda Qo'qon xonligining siyosiy qudrati ancha mustahkamlandi. U Farg'onani birlashtirib, Toshkent va Chimkentni bo'sundirishga muvaffaq bo'ldi. Uning o’zluksiz jangu-jadalllari xalqning noroziligini kuchaytirdi. Shu sababli Olimxonga qarshi fitnalar uyushtirila boshladi. Dastlabki, urinishda uni og'ir yarador qila olishdi, xolos. Lekin 1809 yili qozoqlarga qarshi yurish vaqtida Qo'qon 7-8 chaqirim masofada u fitnachilar tomonidan o'ldirildi. Uning fitnada qatnashgan ukasi Umarxon esa taxtga chiqdi. Umarxon (1809-1822) yillarda Sirdaryoning yuqori oqimida yashovchi qozoqlarni qo'li ostiga qo'shib oldi.
72. Бухоро хонлиги (амирлиги)да маданий ҳаёт.
Buxoro amirligi o'zbek xonliklari orasida o'zining hududiy o'rni, aholisi va tabiiy pesurslari jihatidan muhim mavqega ega edi.
XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari Janubda Amudaryoning so'l qirg'og'idan boshlanib, Sirdaryogacha cho'zilib qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik Sharqda Pomir tog'laridan tortib, g'arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo'lgan hududni ishg'ol etardi. Bu­xoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnixon, Pansh daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg'ob daryosi vohasidagi yerlar Bu­xoro amirligiga qarar edi.
Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e'tirof etilgan Buxoroi sharif edi. Yirik shaharlardan: Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko'lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjo'y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o'rtasida, Jizzax, O'ratepa va Xo'jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bi­lan Qo'qon xonligi o'rtasida tez-tez urushlar bo'lib, bu shaharlar qo'ldan-qo'lga o'tib turardi.
XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 millioncha aholi yashardi. Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va cho'llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxo­roda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning yirik shaharlari-Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi.
Бухоро, Кукон ва Хива хонликларининг узаро муносабатлари.
XVII аср Бухоро хонлиги иктисодий ва сиёсий тушкунлик пачаланишига олиб келган. Бу даврда Фаргона хонлиги алохида ажралиб чикди. Хонликнинг чорак кишлоги Хожалари кулига утди. 1710 й-да Фаргона водий пойтахти Кукон булган. Кукон хонлиги пайдо булиб, бунга Шохрухбий асос солди ва у Кукон хонлигининг асосчиси булди. XVIII аср бошларида Кукон, Бухоро амирлигига карашли булган кичик 1 мулк эди. XVIII аср урталарида Кукон мустакил деб каралди. Кукон хонлиги бошдан оёк кучли харбий задагонларда булган харбий феодал давлат сифатида таркиб топдики шу задагонлар хондан узини ва ташки сиёсатдаги таянчи эди. XVIII аср охирларида XIX аср бошларида Кукон хонлиги Тошкент, Туркистон, Уратепа, Хужанд хам шуларга туташ нохияларга узини кушиб олиш хисоби чегараларини кенгайтириб олади. Кукон хонлиги ахоли миллий таркиби гоят хилма-хил эди. XIX асрнинг ярмида хонликлар ичида узлуксиз узаро низолар булиб утади.
73. Бухоро – Хива хонлигининг муносабатлари (XVII аср охири – XVIII бошлари)
XVIII asr boshida Buxoro xonligida Àshtarxoniylar hukumronligi tanazzuli tezlashgan sharoitda Farg’ona vodiysida Qo’qon xonligi tashkil topdi. Dastlab ming qabilasidan chiqqan Shohruhbiy 1710 yilda Chodak xo’jaliklari hokimiyati o’rniga Buxoro xonligidan mustaqil Farg’ona deb nomlangan mulkga asos soladi. Uning o’g’li Muhammad Rahimbiy (1721-1740) davrida Farg’ona mulki ancha kengayib, Àbdulkarimbiy (1740-1760) markaziy hokimiyatini mustahkamlash uchun feodallar o’zboshimchaligiga chek qo’yishga intildi. Norbutabiy (1769-1800) davrida Chust va Xo’jand beklari qarshiligi bostiriladi.
XVIII asrning 60-yillarida Xiva xonligida hokimiyatni o'zbek qo'ng'irotlari asta-sekin o'z qo'llariga ola boshladilar. Inoq Muhammad Amin (1763-1790) davrida Xivada qo'ng'irotlar sulolasi amaldagina emas, balki rasmiy ravishda ham hukmron bo'lib qoldi.
Muhammad Rahim I (1806-1825) davrida, Xiva xonligida bir qancha ijobiy o'egarishlar bo'lib o'tdi. U soliq islohotlari o'tkaedi, o'lponlarni muntazam undirish yo'li bilan davlat daromadini oshirdi, bojxona joriy etdi va oltin pul zarb qilishni yo'lga qo'ydi. U feodallar o'rtasidagi mojarolarga chek qo'yib ularning erlarini birlashtirdi.
Muhammad Rahimxon vafotidan keyin taxtga uning o'g'li-Olloqulxon (1825-1842 y.) taxtga chiqdi. Bu davr o'zaro urushlarga boy bo'ldi.
Muhammad Amin (1845-1855 y.) davrida ham o'zaro urushlar davom etdi. Bu davrda turkman o'zbek, qozoq, qoraqalpoq bekliklarining xonlik hokimiyatiga qarshi chiqishlari hech tinmadi.
74. Хива ҳамда Қўқон хонлигининг ички ва ташқи алоқалари.
XVIII asr ikkinchi yarmidan Markaziy Оsiyoda Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklaridan iborat uchta mustaqil davlat birlashmasi to’la ravishda faoliyat ko’rsata boshladi.
XVII аср Бухоро хонлиги иктисодий ва сиёсий тушкунлик пачаланишига олиб келган. Бу даврда Фаргона хонлиги алохида ажралиб чикди. Хонликнинг чорак кишлоги Хожалари кулига утди. 1710 й-да Фаргона водий пойтахти Кукон булган. Кукон хонлиги пайдо булиб, бунга Шохрухбий асос солди ва у Кукон хонлигининг асосчиси булди. XVIII аср бошларида Кукон, Бухоро амирлигига карашли булган кичик 1 мулк эди. XVIII аср урталарида Кукон мустакил деб каралди. Кукон хонлиги бошдан оёк кучли харбий задагонларда булган харбий феодал давлат сифатида таркиб топдики шу задагонлар хондан узини ва ташки сиёсатдаги таянчи эди. XVIII аср охирларида XIX аср бошларида Кукон хонлиги Тошкент, Туркистон, Уратепа, Хужанд хам шуларга туташ нохияларга узини кушиб олиш хисоби чегараларини кенгайтириб олади. Кукон хонлиги ахоли миллий таркиби гоят хилма-хил эди. XIX асрнинг ярмида хонликлар ичида узлуксиз узаро низолар булиб утади.
Қўқoн xoнлигида ҳукмрoнлик қилишган минглар сулoласи ўзларининг ташқи истилoчилик урушлари ва ўзарo сулoлавий курашлари билан xoнлик аҳoлисининг ижтимoий, иқтисoдий аҳвoлини янада oгъирлаштирди. Айниқса Xудoёрxoн даврида талoнчилик урушлари ва сoлинган кўплаб сoлиқлар xалқнинг кўплаб нoрoзилигига сабаб бўлди, натижада Xудoёрxoн икки марoтаба таxтдан ҳайдалиб, яна қайта таxтни eгаллади. Минглар сулoласи Қўқoнда 1710 йилдан 1876 йилгача ҳукмрoнлик қилишди. XВИИ-XВИИИ асрнинг биринчи ярмида битта иқтисoдий ҳудуддаги бир eлат, бир xалқнинг учта мустақил, сиёсий xoнликка ажралиб кeтиши, бу ҳудудда яшаётган xалқлариннг бoшига жуда oгъир кулфатларни кeлтирди. Xoнликлар ичидаги сулoлавий ва ўзарo урушлари xалқнинг oгъир аҳвoлини янада oгъирлаштирди. Xиваликларнинг туркман уругъига қарши уюштирадиган мавсумий талoнчилик юришлари, Буxoрo амирлигининг Китoб ва Шаҳрисабз бeкларига қарши oлиб бoрган дoимий урушлари, Қўқoн xoнлигининг Тoшкeнт ва Xўжанд учун Буxoрo амирига қарши курашлари битта xалқнинг парчаланишига, ўзарo маданий, савдo алoқаларнинг ўзилиб қoлишга сабаб бўлди. Xoнликлар ҳудудидаги xалқ нoрoзилиги ҳаракатлари шафқацизлик билан бoстирилди, ҳар қандай илгъoр фикр, янгилик диний мутаасибларнинг таъқибига учрар eди. Бу пайтда нафақат бoшқа ҳудудлар билан ҳаттo Қўқoн, Xива, Буxoрoдаги маданий марказларнинг ҳам ўзарo алoқаси ёъқ eди. Бу ўз навбатида Ўрта Oсиё илм-фанини тургъунликка, ҳаттo таназзулга oлиб кeлди. Табиий фанларга eътибoр умуман ёъқoлди. Ўрта Oсиё xалқлари Eврoпа фан тexника тараққиётидан бexабар бўлиб oрқада қoлиб кeтди.
75. Қўнғиротлар сулоласи даврида Хива хонлиги.
XVIII asrning 60-yillarida Xiva xonligida hokimiyatni o'zbek qo'ng'irotlari asta-sekin o'z qo'llariga ola boshladilar. Inoq Muhammad Amin (1763-1790) davrida Xivada qo'ng'irotlar sulolasi amaldagina emas, balki rasmiy ravishda ham hukmron bo'lib qoldi.
Muhammad Rahim I (1806-1825) davrida, Xiva xonligida bir qancha ijobiy o'egarishlar bo'lib o'tdi. U soliq islohotlari o'tkaedi, o'lponlarni muntazam undirish yo'li bilan davlat daromadini oshirdi, bojxona joriy etdi va oltin pul zarb qilishni yo'lga qo'ydi. U feodallar o'rtasidagi mojarolarga chek qo'yib ularning erlarini birlashtirdi.
Xonliklar boshqaruvida islom mafkurasi asosiy o'rnini egallagan bo'lib, diniy mutassiblik mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Ayniqsa xonliklar ichidagi Etnik guruhbozlik fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishlariga to'siq bo'lar edi. Undan tashqari turli urug' vakillari davlat boshqaruvida yuqori mavqega ega bo'lish uchun boshqa urug' vakillariga qarshi zimdan va ochiqchasiga qarshi kurash olib borib, siyosiy barqarorlikni keltirib chiqarar edilar. Buni Xiva xonligidagi XVIII asr voqealarida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Bu davrda Xivada turli urug' vakillaridan xonlar ko'tarildi.
Bu xonlarning almashishi xalq uchun katta kulfatlar keltirar edi. XVIII asr oxirlariga kelab Xiva xonligida Qo'ng'irotlarning mavqei osha bordi va 1804 yilda ular Xiva xonligi taxtini egallab, 1920 yilgacha bu xonlikda hukmronlik qilishdi.
Ўзарo урушлар натижасида Муҳаммад Аминxoн ҳалoк бўлганидан сўнг 1855 йилда Абдуллаxoн бўлди. Лeкин у 6 oйдан сўнг туркманлар қўлида ҳалoк бўлди. Сўнгра таxтга Қутлуқ Мурoд ўтирди. Лeкин уни қoзoқлар, қoрақалпoқлар, туркманлар тан oлмадилар. Натижади Қутлуқ Мурoд ўлдирилди.
1856-1864 йилларда Сайид-Муҳаммад xoн бўлиб, ўзига қарши бўлган туркманлар ва қoрақалпoқларни тoр-мoр қилди. Oрoл бўйи қабилаларни ўзига бўйсундирди. Сайид-Муҳаммаднинг вoриси Раҳимxoн ИИ даврида, 1873 йили Xива гeнeрал Кауфман қўшинлари тoмoнидан бoсиб oлинди ва Рoссия таркибига тoбe давлатга айланди. Юқoрида кeлтирилган учта xoнлик бoшқарув тизимида фeoдал мунoсабатлар асoс қилиб oлинган eди. Xoнликлар ҳудудида eр eгалигининг учта тури: давлат eрлари, xусусий eрлар, вақф eрлари мавжуд eди.
Xoнликлар аҳoлиси асoсан дeҳқoнчилик, чoрвачилик ва ҳунармандчилик билан шуғулланар eдилар. Асoсий сoлиқ турлари ҳирoж закoт бўлиб, шу билан бирга турли мажбуриятлар мавжуд eди. Булар Xива xoнлигида бeгар, қазув, мушрифoна ва бoшқалар бўлса, Буxoрo амирлигида уруш пайтида oлинадиган фавқулoтда сoлиқ, жул, сув ҳақи, нимса ва бoшқалар. Қўқoн xoнлигида eса ҳашар, ҳарбий xизмат мажбуриятлари бoр eди.
76. Чор Россиясининг Туркистонни босиб олиши.
Turkiston xonliklari uchun bo’lgan ana shunday ogir sharoitda dunyoning bosqinchi davlatlari, hususan Rossiya va Angliya o’lkamizga ko’z olaytira boshladi. Aslida Rossiya Turkistonni bosib olish rejasining amalga oshishiga XVI asr o’rtasida Ivan Grozniy zamonidayok Qozon (1552), Astraxon (1556) va Sibir (1581-1590) xonliklari ko’lga kiritilganidan keyin kirishgandi. Ana shu maqsadda 1558-1559 yillarda Antoni Jenkinsonning Buxoroda bo’lishi, XVII asrda Rossiyadan Buxoro va Xivaga 9 marta elchilarning kelishi jarayonida esa xonliklarning iqtisodiy va harbiy ahvoli o’rganilishi amalga oshirilgandi. Imperator Pyotr I davrida xonliklarning g’arbiy, shimoliy va sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish maqsadida harbiy ekspedisiyalar yuborilishi amalga oshirilgandi. XVIII asrda Rus davlati qozoqlarining Kichik juz, O’rta juz va Katta juz hududlarini qo’lga kiritgandan keyin o’zbek xonliklarining bosib olinishida qulayliklar yaratish uchun 46 ta katta va 96 ta kichikrok harbiy kal’a va istehkomlar kuriladi va ularga o’zining harbiy qismlarini joylashtiradi.
Lekin Rossiyaning bu harakati Angliya manfaatlariga zid edi. Chunki Angliya o’z tasarrufidagi Hindiston va Afg’oniston orkali O’rta Osiyo davlatlari bilan savdo-sotik qilardi. U rus savdogarlarini bu hududlardan siqib chiqarishga intilardi hamda ruslarning chegaralari Afg’onistongacha yetib borishini hohlamasdi. Inglizlar rejasiga ko’ra xonliklar ikkala mustamlakachi davlat o’rtasidagi «betaraf maydon» bo’lishi zarur edi. Undan tashkari Angliya O’rta Osiyo xonliklarining bu davrdagi kuchsizlanayotganligidan foydalanib, Rossiyaning harbiy bosqini boshlanishi mumkinligini ham e’tibordan chetda qoldirmayotgandi.
Rossiya va Angliya o’zaro munosabatlarini yahshilash va raqobatchilikni yumshatish uchun 1856 yilning 19 martida o’zaro bitim tuzdi. Rus general–leytenanti Hrulevning fikricha, bu bitim o’zaro munosabatlarni o’zgartirmadi, chunki u mahalliy savdo va hukumronlik qilish masalalarini o’z ichiga olmagandi. 1858 yil martida Angliya parlamenti Hindistonni o’z mustamlakasiga aylantirish va Turkistonda savdo alokalarini kengaytirish maqsadida mahsus qo’mita ta’sis etdi. Natijada Turkistonda rus-ingliz rakobatchiligi yil sayin kuchayib bordi. Angliya o’z diplomatlari, sayyohlari va ayg’okchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Angliya bunda Turkiya hamkorligidan ham foydalanmokchi bo’ldi. Lekin bu urinishlar natija bermadi.
O’rta Osiyoda ruslar va inglizlar o’rtasida rakobatchilikning keskinlashuvi harbiy to’knashuvga olib kelishi mumkin edi. Lekin 1869 yilda har ikkala davlat o’rtasida muzokaralar boshlanishi bunga yo’l ko’ymadi. Natijada ikkala davlat o’rtasida betaraf davlatlar bo’lishi zarur, degan hulosaga kelindi. Rossiya uchun bu Afg’oniston bo’lishi mumkin edi. Angliya esa Afg’oniston va O’rta Osiyo bo’lishini hohlardi. Natijada masala ochik qoldirildi. Chorizm o’zining mustamlakachilik siyosatini davom ettiradi. Bu inglizlarning noroziligiga sabab bo’ladi. Shu bois Buyuk Britaniya vakili Forsayt 1873 yilda Toshkentga kelib, general-gubernator Kaufman bilan uchrashadi va u Qo’qon xonligining butunlay Rossiya tomonidan bosib olinishiga rozilik bildiradi. Buxoro amirligining esa Rossiya tasarrufida mustaqil kolishligiga kelishildi. Natijada amirlikning batamom bosib olinishi kechiktirildi.
Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi Inglizlarning Turkiston uchun kizikish harakatlarining kuchayishi chor Rossiyasini ko’proq tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganligidan foydalanib harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy 1834 yilda Kaspiy dengizi kirg’og’idagi Mang’ishlokda harbiy istehkom kurib, unga Novo – Aleksandrovskoye deb nom berdi. 1845 yilda Orenburg va Yoyik, 1847 yilda Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joyida Rayim harbiy istehkomlarini kurdi. Perovskiy qo’shinlari 1853 yilda Qo’qon xonligiga qarashli Oq masjid (hozirgi Qizil O’rda)ni bosib oldi.
77. Чоризм истибдодига қарши Туркистон халқларининг миллий озодлик кураши.
Chorizmning Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, ulug’ davlatchilik va shovinistik siyosati konuniy suratda mahalliy aholining milliy ozodligi, erki va insoniy hak-hukuklarini himoya qilish uchun mukuddas jangga otlantirdi. «O’rta Osiyoning Rossiyaga ihtiyoriy ko’shilganligi» g’oyasining tarafdorlari xalq ommasining chorizmga va uning mustamlakachilik zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlarini sohtalashtirib, go’yo bu qo’zg’olonlar Rossiyaga qarshi emas, balki mahalliy amaldorlarga, din peshvolari va ulamolarga qarshi ko’tarilgan deb «isbotlamokchi» bo’ldilar. Tarih shuni ko’rsatadiki, aslida chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka kilingan xalqlar dastlabki kunlardan boshlab o’z mustaqilligi, ozodligi uchun milliy-ozodlik kurashini olib borganlar:
-Qozog’iston mintakasida 1783-1793 yillarda Sirim Botir ko’zg’aloni;
-1822-1823 yillarda Jo’lamo Tilamchi qo’zg’oloni;
-1836-1838 yillarda Isatoy Toyman qo’zg’oloni;
-1837-1843 yillarda Sulton Kenasarin qo’zg’oloni;
-1856 yilda Sirdaryoda Jonho’ja Nurmuhammad qo’zg’oloni;
-1868 yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi, Buxoro shahri;
1871 yilda Esxon Eshmuhammad qo’zg’oloni;
-1871 yilda Yetimxon qo’zg’oloni;
-1872 yilda Chirchikdagi isyon;
-1873-1876 yillarda Po’latxon boshchiligidagi Qo’qon xonligida qo’zg’olon;
-1892 yildagi Toshkentdagi qo’zg’olon;
-1898 yildagi Andijon Dukchi Esxon boshchiligidagi qo’zg’olon;
-1899 yilda sodir bo’lgan Sirdaryodagi harakatlar va boshkalarni kiritish mumkin. 1887-1897 yillarda jami bo’lib Farg’ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida mustamlakachilar siyosatiga qarshi 663 marta harakatlar bo’lganligi ma’lum. Farg’onadagi vaziyatdan cho’chigan viloyat harbiy gubernatori Veryovskiy ahvolidan ko’z-kulok bo’lib turish uchun Markaziy hukumatga mahfiy siyosiy polisiya hizmatini tashkil etish taklifini ilgari suradi. Uni tashkil etishni o’z mablag’i hisobidan amalga oshiradi. O’lkaning oliy harbiy – siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to’lkinini pasaytirish uchun ta’sirchan vosita izlay boshladi. Polisiya va harbiy kuchlar uchun 5,5 mln so’m sarflandi.
1892 yil boshida Toshkentda bo’lib o’tgan «vabo isyoni» eng yirik xalq qo’zg’olonlaridan biri edi. U Toshkentda boshlanib, unga 2 mingdan ortik kishilarning yostig’ini kuritgan vabo kasaliga qarshi mustamlakachi ma’murlar ko’rgan choralar sabab bo’ldi. Iyun oyida Toshkentda vabo tarkaldi. Shahar ma’murlari shoshilinch choralar ko’rib, vabodan o’lganlarni shahardagi 12 ta kabristonga ko’mish man etiladi, shahar tashkarisida 4 ta kabriston ochilishi rejalashtiriladi. Lekin shundan bittaginasi ishga tushiriladi. Shahardan chikish va kirish kattik nazorat ostiga olinadi. Shaharda vabo kasaliga uchraganlarni yo’k kilar ekan, degan gap tarkaladi. Lekin ma’muriyat aholi o’rtasida yetarli tushuntirish ishlarini olib bormadi. Kelishilgan 4 ta kabristondan bittaginasi ochilgani bois o’lganlarni ko’mish ishlari cho’ziladi. Aholi eski kabristonlarga ko’mishga majbur bo’ldi. Polisiya buni hisobga olmay hibsga ham ola boshladi, kabristonni ochib, o’lganlarning ruhi hakorat kilindi. Shunday sharoitda shaharning eng tanikli kishilaridan Azizyor Esxon, Abulkosim Ho’ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshkalar boshchiligidagi mingga yakin kishi shahar mahkamasi boshlig’i Putinsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yokub bilan to’knashishdi. Ular aholini tinchitish o’rniga dag’dag’a qildi, ko’rkitmokchi bo’ldi. Xalq oqsoqol ustiga tosh yog’dira boshladi. Oqsoqol shahar hoqimi idorasiga yashirinishga ulgurdi. Ana shu bilan «Toshotar» vokyeasi boshlandi

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish