67. Хива хонлигида давлат бошқаруви, солиқ ва мажбуриятлар (XIX-XX аср бошлари).
XIX asrning II yarmida O'rta Osiyoda Buxoro amirligi, Qo'qon xonligi va Xiva xonliklari mavjud edi. Ular agrar xo'jalikka asoslangan bo'lib, tipik feodal, mustaqil musulmon davlatlar edi. Xonliklar aholisini asosan o'zbeklar, qirg'izlar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar va qoraqalpoqlar tashkil qilgan bo'lib, ular dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdogarlik bilan shug'ullanar edilar.
Xonliklardagi erlar davlat, jamoat va xususiy shakllarda bo'lgan amlok, mulki hur yoki mulki holis va vaqf erlaridir. Ammo ulardan amalda foydalanish xonliklarda turlicha bo'lib, farq qilgan.
Mehnatkash ommaning turmush hayoti ancha og'ir edi, chunki erning asosiy qismi boy va amaldorlarning qo'lida to'plangan. Ersiz aholi ko'p edi, ishsizlar soni ham oz emasdi. Buning ustiga turli xil soliqlar mavjud edi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat tepasida amir va xonlar turgan. Ular mamlakatni oliy toifadagi ishonchli amaldorlarga tayanib idora qilardilar.
Xonliklarning mudofaa qobiliyati Evropa mamlakatlariga nisbatan zaif bo'lib, qurollanish darajasi past ahvolda edi. Ularni zamonaviy qurollar bilan ta'minlash uchun mutaxassislar va mablag' ham etishmas edi. Shu bilan birga o'zaro feodal urushlar uchala xonliklarni ancha zaiflashtirib, fan va madaniyatga ham salbiy ta'sir etgan edi.
Ammo bular yuksalishga qancha to'siq bo'lmasin, boy madaniyat tarixiga ega bo'lgan avlodlarimizning ma'naviy hayotini tamoman to'xtatib qololmadi. Diniy-ahloqiy kitoblardan tashqari til, adabiyot, matematika, mantiq, tarix, geografiya, falakiyot kabi fanlar madrasa va maktablarda o'qitilar edi.
XIX asrning yarmida O'rta Osiyo xonliklarida soliqlarning o'tgan asrdagi turlari saqlanib, ular qatoriga yana qo'shimcha soliqlar joriy etilgan edi. Bu esa xalq uchun oqir yuk bo'ldi. Turli soliqlar va hasharlar orqali xalq zkspluatatsiya qilinar edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib Rossiya va Angliya manfatlari O'rta Osiyoda to'qnashdi va shavqatsiz raqobatchilikka aylandi. Angliya uchala xonliklarni Rossiyaga qarshi harbiy bitim tuedirishga intildi, ammo buni uddalay olmadi.
Rossiya o'z josuslarini xonliklarga yuborib turdi, ko'plab amaldorlar va savdogarlarni o'z tarafdoriga aylantirib, diplomatiyani ishga solib o'z maqsadiga asta-sekin erisha bordi. Xulosa qilib aytganda, Angliya-Rossiya raqobatchiligida Rossiya qolib chiqdi va O'rta Osiyo xonliklarini bosib olishga kirishdi.
O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo bazasiga arzon ish kuchiga va savdo bozoriga aylantirildi. Uning xalqi esa kamsitilib, huquqlari keskin darajada chegaralinib qo'yildi.
Chor xukumati Turkiston boyligidan unumli foydalanishi uchun o'lkaga temir yo'l o'tkazildi, zavod va fabrikalar qurdi, shifoxonalar va yangi maktablar ochdi. Mahalliy burjuaziya va ishchilar sinfi paydo bo'ldi, inqilobiy qoyalar tarqaldi. Bulardan tashqari o'lkaga ba'zi bir yomon illatlar ham kirib keldi. Bularning oqibatida xalq qashshoqlanadi, din toptaldi, milliy madaniyat kamsitildi., ziyolilarning ko'pchiligi Sibirga surgun qilindi, vatanparvarlar esa qatl etildi. Ammo mahalliy xalq butunlay zgilmadi, o'z ozodligi va mustaqilligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. Bu borada ko'plab qurbonlar bo'ldi, ammo milliy qadriyatlarni, dinni, urf-odatlarni, madaniyatni saqlab qolishga erishildi, yangi vatanparvar ziyolilar etishib chiqdi.
Podsho Rossiyasi Turkiston o'lkasini bosib olgach milliy davlatchilik tuyqularini so'ndirishni asosiy vazifa deb hisobladi. Buni amalga oshirmay turib, o'lkada uzoq yillar o'z hukumronligini osongina saqlab bo'lmasligini bosqinchilar yaxshi bilar
Do'stlaringiz bilan baham: |